«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ko‘ngul оЧтакка qo‘ymisham billoh!»



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ko‘ngul оЧтакка qo‘ymisham billoh!»
Dashtda tinimsiz kezib, shu xilda fig'on chekar 
ekan, taxt-u mamlakatini butunlay unutgan shoh 
biyobonni o'ziga manzilgoh qilib oldi. Buni ko‘rgan 
shahar ahli ham dashtni o'zlariga vatan qildilar. 
Oqshom tushgach, tun Bahrom diliga yanada 
kuchliroq iztirob solib, uning ko'ziga olam go'rga 
o'xshab ko'rindi. U tun zulmat emas, hajr o'tidan 
jahonni tutun tutgandek edi. Shoh ahvolini ku- 
zatayotgan mulozimlar saropardali oq uy tikib 
uni uy ichiga olib kirdilar-da, odamlarni bu uy- 
dan uzoqroqqa surdilar. Kishilar o‘z hukmdorlari 
ahvoli haqida turli rivoyatlar to'qishar, biri: «Uni 
dev chalg‘itgan!» - desa, boshqasi: «Bu o‘sha pari­
vashning ishi», - deb afsona aytardi.
XVII
Shoh Bahrom o'sha tunda hajr o'tida o'rtanar 
ekan, bir xilvat uyga kirib, ichkaridan eshikni 
mahkam berkitdi-da, shunday fig‘on-u oh-voh 
chekdiki, go Vo jahon ichra shovqin-suron kotarilib, 
balo tushgandek boldi. Awal yoqasini chok qilib, 
o'zining barcha a’zolariga zulm ko'rsatib tishlab 
tashladi, boshini yerlarga urib yordi. Yarim ke- 
chaga qadar badanini tishlab, nola-yu faiyod qildi.


0 ‘ziga shunchalik ko‘p ozor yetkazdiki, oxiri jismi 
holsizlanib qoli toldi va madori ketib yiqildi. Lekin 
yana yori yodiga tushib, uning qop-qora sochi-yu 
qoshlari, ko‘zi-yu kipriklarini eslar ekan, oh-u nola 
qilganida kolcdagi quyosh ham, oy ham o‘rtandi. 
Xoli-yu lablari, og‘zi-yu tishlari, dilrabo changi-yu, 
jonbaxsh navolarini xotirlar ekan, fig‘oni kolcdan 
oshdi. O'zining oldingi savlati-yu qudratini xotirga 
olar ekan, hozirgi zaifligi-yu beqarorligidan nola 
qilib, sarkarda-yu mulozimlariga qarab:
Tig‘ ila ko‘kragimni chok aylang,
Bir-iki zarb ila halok aylang.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin