«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

mulozimlari
olampa- 
noh sogligini so‘rashga yigllgandilar. Tabiblarning


maslahatlaridan so‘ng ularning har biri bittadan 
qasr qurib, bezatishga kirishishdi. Ular tun-u kun 
ishlashib, imoratlami mumkin qadar tezroq qurib 
tugatishga harakat qilishardi.
Shoh taxtidan o'ziga tobe’ bolgan yetti iqlim 
tomon olib boradigan keng ko'chalar - shohrohlar 
yaratilgan bolib, ulardan odamlar yurardi. Yetti 
iqlim xon-u xoqonlari o‘z diyorlari tomon olib boradi­
gan yollarda yetti ulkan qasr bunyod etdilar. Ular­
ning har biri bir jannatga o‘xshardi. Ushbu xilma-xil 
shakldagi binolami qiziqib tomosha qilarkan, shoh 
Bahromning sogligl kun sari yaxshilanib borardi.
Muhandislar ishlarini tugallab, binolami bitka- 
zishdi. Qurilish choglda ustalaming mahorati-yu, 
binolaming salobatini tomosha qilib, o‘z dardiga 
shifo topayotgan Bahrom bunyodkorlik ishlari 
tugallangach, tom osha qilish imkoniyatidan 
mahrum bolib qoldi. Tabiblar bu holatdan ogohlik 
topgach: «Endi tezda mohir naqshband-u san’at- 
pardozlami topib, qasrlami xilma-xil ranglarda 
bezatishga kirishish lozim. Har bir qasrning ichi 
bilan tashqarisi bir xil rangda bolishiga alohida 
diqqat qilish zarur. Shunda ularni tomosha qilar 
ekan, shahanshoh tuzala boradi», - deb maslahat 
berdilar. A’yonlar Moniyni chaqirtirdilar-da: «Ey 
mohir ustoz, sen oldingi ishlaring bilan shohni 
xursand qilgan eding, endi bu qasrlarni ziynat- 
lashga kirishib, yetti qasmi yetti rangga boyagin- 
da, shohni shodmon aylab sihatiga madad qilgin. 
Naqshlarni o ‘zing tanla, ko'ngling tilaganicha 
bezat. Senga «Unday qil, bunday qil», deb aytmay- 
miz», - dedilar.
Naqqosh bu so'zlarni eshitgach, barmoqla- 
rini ko'ziga qo^ib «Unday bolsa, sizlar kerakli


narsalami keltirib bersangiz bas», - dedi-yu, ishni 
boshlab yubordi. Mamlakatdagi bor naqqoshlar- 
ni chaqirtirib, har qaysisiga bir ishni topshirdi. 
Ustalarni naqshbandlik, zarkorlik kabi sohalar 
boyicha yetti guruhga ajratib, ularga ishboshilar 
tayinladi. O'zi esa ishlar rejasini tuzib, naqqoshlar 
ishini kuzatib turardi.
Shoh Bahrom ertadan kechgacha imoratlami 
sayr etar ekan, har qaysi timsolni koYganda, unga 
maftun bolarkan, xayol ogtishiga cho'mar ekan, 
ko'nglidagi tashvishlar ham unutilib borardi. Ko“p 
fursat otmay, qasrlami bezash ishlari nihoyasi- 
ga yetdi. Yetti qasr yetti rangda ziynatlangan edi. 
Ulami tomosha qilgan shohning ko“nglida ishq opi­
ning ba’zi uchqunlarigina qolgan edi. Tabiblar ko“p 
maslahat qilishib: «Endi bu yetti qasming har biri 
ichiga bittadan hurdek go'zal qizni keltirib qo^sak, 
shoh butunlay tuzalib ketishi, quw at topishi 
mumkin. Qaysi shohning hurvash qizi bolsa, uni 
shahanshohga nikohlab bersin», - degan qarorga 
kelishdi. Shohlar fikr yuritishib, bu muammoni ham 
hal qilishdi. Yetti shohning yettita parimisol qizlari 
bor edi. Har biri ham go'zal, ham oqila bolib, pok- 
lik pardasida olam quyoshi, husn burjida ravshan 
yulduz, lutf duijida pok gavhar bolib, shahanshoh 
nikohiga munosib edi. Shohona bazm uyushtirib, 
yetti go'zal shoh Bahromga nikohlandi-da, to^dan 
so tig kelinlaming har biri o‘z otasi tomonidan qurdi- 
rilgan qasmi manzil qildi.
Tabiblar shoh Bahromning qasrlarga borib 
orom olish vaqtini belgilashib, haramlarga tashrif 
buyurishni yulduzlar amriga ko'ra shanba kuni- 
dan, mushkin (qora) rangli qasrdan boshlashga 
maslahat berishdi.


Shanba kuni erta tongda Bahrom mushkbo' 
go‘zal bilan may ichish uchun qora qasrga y o l 
oldi. Bu yerdagi hamma narsa mushk rangida 
bolib, qop-qora, mushkin taxtda Chin g‘azoli 
o'tirar, qora rangdan zulmat tusini olgan uyda oy 
yuzli go'zal zulmat ichidagi hayot suvi kabi ko‘ri- 
nardi. Qora kiyimlar kiyib olgan Bahrom qasrga 
kirgach, mahvash tomon yurdi. U taxtga chiqib 
o'tirgach, yonidan quyosh rashkini keltiradigan 
sohibjamol mahbuba joy oldi. Soqiylar ikkovlariga 
mushk rangi qadahlarga mushk hidi anqib tur­
gan may tutishdi. Shorn mushk sochib, olam 
yuzini mushk rangiga bo‘yaganiga qadar qasrdagi 
a’yonlar ishrat qilishar ekan, bu shanba Bahrom 
uchun azali kun boldi. Hakimlar shohga bo'sadan 
boshqa ishlardan uzoq bolishni buyurishgan 
edi. Buni mahbuba ham bilar, shuning Uchun 
o‘zini shohdan yiroqroq tutardi. Shoh kunduzlari 
ishrat bilan band bolishi, kechalari esa ko'proq 
uxlashi zarur edi. Lekin ko'nglidagi alam-qayg4i 
ko‘zidan uyquni o'chirgandi. Mahvash o‘z par- 
dasi ichiga kirib yotdi, lekin hijron shoh ko'ziga 
jahonni qorongti qildi. U o‘z Diloromining uzun 
sochlari xayoli bilan tolg'anardi. G‘am tuni azob 
berayotgani, uyqusizlik o‘zini xarob qilayotgani- 
ni sezgan shoh: «Bir-ikki xodimni qasr oldidagi 
yoldan borib, biron odam yoliqsa, uni huzurim- 
ga olib kelishga buyuringlar, toki u odam o ‘zi 
ko'rgan-bilgan voqealam i yoki afsonalardan 
menga so'zlab bersa, shoyad ko'zimga uyqu kelib 
osojdsh topsam», - deb amr qildi. Yolga tushgan 
xodimlar ko‘p o‘tmay shoh oldiga bir sayyohni olib 
keldilar. Parda oldiga kelib, yer o'pib ko‘rpachaga 
otirgan musofir shohning biron qissa aytib berishi


haqidagi hukmini eshitdi va uni duo qilgach o'zi 
bilgan afsonani so'zlashga kirishdi.
Birinchi iqlim yo‘lidan kelgan 
musofirning afsonasi
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Hindis ton mam- 
lakatida bir shoh bolgan ekan. Uning askarlari 
cheksiz, xazinasi behisob b o lib , Xitoy ham, 
Kashmir ham unga tobe’ ekan. Sarandib shahri 
uning poytaxti bolib, ismi Jasrat, laqabi esa Xon 
ekan. Hashamatni sevuvchi bu shohni jahon 
eli Jasratxon deb atasharkan. Uning donishda 
yagona, husnda nodiri zamona bir o‘gli bolib, 
otasi ko'nglining sururi, hind xalqining ko‘z nuri 
ekan. Uning lutf-u xulqi g'oyatsiz, fahm-u idroki 
nihoyatsiz bolib, ilm-u kamolda ham mohir ekan. 
Hech kimga ozor bermaydigan bu shahzodaning 
ismi Farrux bolib, olam eli unga banda ekan. Qirq 
yil sultonlik qilib, yoshi saksonga yaqinlashgan 
shoh o'gliga mulk-u tojini, Hindistonning bor 
mol-u dunyosini ham, Xitoy mamlakatining xiro- 
jini ham berishni o'ziga faxr deb hisoblar, lekin 
Farrux saltanatni emas, faqirlikni xush ko‘rar, 
shu tufayli otasining taklifini rad etib kelar ekan.
Bir kecha ibodat paytida sajdadan so‘ng ko‘zi- 
ga uyqu kelib, bir tush ko‘rdi: shahzoda bir bi- 
yobonda behisob odamlar orasida yurganmish. 
Kishilaming barchasi bir tarafga qarab ketishardi. 
O'sha orada ustiga qora mato yopilgan bir mah- 
mil - kajava ham bolib, bir mahal tong shamoli 
esdi-yu, kajava pardasini ko'tarib yuborgan edi, 
uning ichida bir pari, parigina emas, balki sharq 
quyoshi otirgani ko'rindi. U quyoshning alangasi


shahzoda jismini kuydirdi. Bundan behol bolgan 
Farrux kajava tomonga boqqan edi, dilini o'rtagan 
parivash boshqa ko'rinmadi: parda uning chehrasi- 
ni to‘sib turardi. Quloglga odamlarning: «Bu Quds 
yeri», - degan ovozlarigina eshitildi, xolos.
Farrux cho'chib uyg‘ondi-yu, ko‘zidan uyqusi 
o'chdi. Borgan sari harorati kuchayib, ko‘nglida- 
gi iztirobi ortar ekan, biron chora topmasa, ishq 
zulmidan o'zining halok bolishi muqarrarligini 
anglab yetdi. So‘ng Quddus dashti tomon safar 
qilishga bel boglab, tong otgach otasi huzuriga 
y o l oldi-da, yer o‘pib, o‘z muddaosini bayon qildi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin