«Kim jahongardlig‘ erur havasim,
Yo‘q ani man’ etarga dastrasim.
Xiradim qildi bu havas bexud,
Chun havas g ‘olib o4di, ketdi xirad.
Bu azimatda ixtiyorim y o ‘q,
Azm to qilmog'um qarorim y o ‘q.
Bo‘yla ishJdm manga tavallodur,
Shohdin ruxsat о ‘Isa avlodur.
Bo'lmasa ruxsat oflgucha ogah,
Ketgudekman boshim olib nogah».
Otasi bu so'zlami eshitgach, yurak bag‘ri kuyib,
har qancha iltijo qilmasin, o'glini safardan voz
kechdira olmadi. Ko‘z yoshlarini toTondek oqizsa
ham, orzusi ushalmadi. Oxiri shahzodaning ishq
o ‘tiga mubtalo bolganiga ishonch hosil qilib,
qo'shinining yarmini ajratib, xazinasining yarmini
ham berdi-da, o ‘gliga ruxsat qilib, shod etdi va u
bilan xayrlashdi.
Farrux y o ‘lga ravona b o lib , hech yerda
dam olishga to‘xtamay, tun-u kun yurib, sha-
harma-shahar kezib borardi. U zamonda odamlar
КаЪа o'miga Quddusni tavof qilishardi. Farrux
u shaharga yetib borganida yuz minglab ibo-
datchilarning tavof qilish uchun yig‘ilishayot-
ganini ko‘rdi. U ham pok ko'ngli bilan tavof etib,
tufroqqa bosh qo'ydi-yu, sham kabi yiglar ekan,
Yaratgandan o‘z murodigayetkazishini iltijo qildi.
U o ‘zi izlayotgan go'zal mahbubasini uchratib,
visolidan murod hosil qilishga shoshilardi. Bir
necha kun hamma yoqni aylanib chiqsa ham
sohibjamol dilbardan xabar topolmadi. Bir necha
kundan so'ng tavof uchun bu yerga kelgan odam
lar o‘z vatanlariga qayta boshlashdi. U g'amgin
holda uyquga ketgan edi, tushida bir kishining:
«Murodingga yetmoqchi bolsang, bu yerda tur-
may, erta tongda Halab tomon y o l ol», - degan
ovozini eshitdi. Uyg‘ongach, toqati toq bolib,
Halab sari yolga tushdi.
Halab tomon borayotgan yolovchilar g'oyatda
ko‘p bolib, yolda suv juda oz edi. Shuning uchun
o‘zi bilan ikki-uch yuz kishini olib qoldi-da, qolgan
sipohlarga Hindistonga qaytishni buyurdi. Ular
istar-istamas vatanlari tomon yolga tushdilar.
Shahzoda Halab tomon ketayotgan odamlarga
hamroh bolib borarkan, sirdoshi dardi, do'sti
oh edi. Yolda bir necha bor dam olib, ancha y ol
yurib, nihoyat, shaharga yaqinlashdilar. Halab ya-
qinidagi dasht-u shahar ko'chalari odamlar bilan
tola bolib, hamma yoqdan shovqin-suron eshitilar-
di. Farrux ular orasida o‘zi tushida ko‘rgan qora
pardali kajavani izlardi. Bir mahal ko‘zi shahar
darvozasi tomon yurib borayotgan tuya ustidagi
qora rangli kajavaga tushdi. Shu dam shamol
esdi-yu, kajava pardasini ko‘tarib
5
rubordi-da,
uning ichida quyosh misol go‘zal bir parivash
ko'rindi. Tushda ko'rgan sohibjamolni topganidan
shodlikka tolgan Farrux uni qayta ko'rmoq uchun
boqqan edi, parda yopiqligini ко‘rib, jahon uning
ko'ziga qorong'i bolib ketdi. Ko'zida nur qolmay,
hushini yo‘qotgan shahzoda o'ziga kelganida
dashtni barcha tark etgan bolib, safar ahli o‘z
vatanlari bolm ish Halab ichiga kirib ketgandilar.
Farrux iztirobga tushib, yana hijron alamini torta
boshladi. Buni sipohlarga sezdirmaslikka intil-
sa ham, uning holatidagi o'zgarishni kuzatgan
odamlari hayron bolib, shivirlasha boshlashdi.
Ular shahar tashqarisidagi bir manzilga tushdi-
lar. Xayolga botgan Farrux o‘z sipohlari so‘zlarini
ham, o‘z so‘zlarini ham anglamasdi. Shahzoda
holidan tashvishlanayotgan xodimlari uni o ‘rab
olishdi, u esa o ‘zini uyquga solib yotaverdi. Buni
ko‘rgan sipohlar xotiijam bolib uyquga yotish-
di. Odamlarining qattiq uyquda ekanliklariga
ishonch hosil qilgan Farrux o ‘rnidan turdi-da,
qoliga qog‘oz-u qalam olib, shunday maktub
yozdi: «Bu olam turli hodisalarga tola, taqdirda
yozilganni ko‘rmaslikning iloji yo‘q. Mening taqdi-
rimga ovoralik, ishq-u bechoralik yozilgan ekan,
bu dardlami tortish men uchun zaruratdir. Sizlar
esa bu gtirbatda turmay, meni ham izlab yurmay,
vatanga qayting, tirik bolsam , sizlar bilan o‘sha
yerda uchrashamiz». Bu xatni o'z o‘rniga qo У di-
da, shohona kiyimlarini yechib, ustiga qora rangli
bir matoni tashladi va uydan ohista chiqib, sha-
harda ko‘chama-ko‘cha keza boshladi. Telbasifat
har tomon yugurar ekan, bir gulxanni topdi-da,
ustiga qora palosni yopganicha yana ishq o‘tida
iztirob cheka boshladi.
Ertalab tong otgach, shahzodaning odamlari
uni topisholmay, har tomonga yugurib uni izlay
boshladilar. Ikki kecha-kunduz qidirsalar ham,
harakatlari bekor ketdi. Nihoyat, u yozgan mak-
tubni topib olishdi-da, yiglab-siqtab vatanlari
tomon yolga tushdilar.
Farrux shohlikdan gado holiga tushgani, yuz
baloga giriftor bolayotganini, o‘z ishiga chora to-
polmayotganini o^lab g‘am chekar ekan, bir necha
kun suv ham ichmadi, ovqat ham yemadi, oxiri:
«Bu ahvolda yuraversam, ishim bitmaydi, yaxshisi,
oyoqqa turib, yotib qolguncha yorimni izlay», - deb
shahar ichiga qarab yol oldi. Bir-ikki kun ko‘cha-
ma-ko‘cha sevgilisini izladi-yu, undan darak ham
topolmay, behol bolib, bir vayrona ichiga kirib yotib
qoldi, hayotdan to^ib, olar holatga yetishdi.
Halabda bir boy xoja bolib, mehmondorchilik
uning odati edi. El orasida obro-e’tibori yuksak
bu odamning mol-u davlati hisobsiz bolib, uyi
mehmonxonaga o'xshar, oshna-yu begonalar
uchun bu uy doim ochiq edi. Rahmdil va saxiy
bu xojaning ismi Axiy bolib, ba’zi-ba’zida ot surib,
y o l boshlari-yu vayronalami ko‘zdan kechirib yu-
rarkan, mazlum va xastalami ко‘rib qolsa, darhol
uning ko'ngli zaxmiga malham bolardi, shu tu
fayli ham shahar ahli uni g'oyatda hurmat qilardi.
Bir kuni shu odatiga ko‘ra shaharni kezib
yurgan Axiy Farrux behol b olib yotgan vay-
ronaga nazar tashlar ekan, uni ко‘rib qoldi-da,
otidan tushib, xastaning oldiga kelib: «Ey rahm-u
shafqatga muhtoj odam, kimsan, ahvolingni
menga malum qilgin», - deb murojaat qildi. Far
rux yuzini ochib, salom berdi va o tirib: «Ey xoja,
yolingdan qolma, mendan hol-ahvol ham so‘ra
ma, toki ko'nglingga g‘amim asari yuqib, joningga
o'tim uchqunlari tushmasin», - deb javob qildi.
Uning pokiza yuzini ko‘rib, ta’sirchan so'zlarini
eshitgan Axiyni:
Dostları ilə paylaş: |