«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Bu ikki g ‘amnok,23
Har shoyibai24 fasoddin25 pok,
Kim umrlarida ishqi qotil,
Qilmay nafase alami xushdil.
Hajr ichra to‘yub ramida26 jondin,
Armon bila bordilar jahondin.
Chun ruhlarig‘a dur nihoniy,
Jannatda visoli jovidoniy27.
Netgay qo‘shulub iki badan ham,
Go‘r o'lsa alarg‘a bir, kafan ham.
Vasl o‘ldi chu ruhlarg'a hosil,
Tufroqqa tufroq o'lsa vositi28.
Bu fikr barchaga ma’qul tushdi. Lay lining vasi- 
yati ham shunday ekanligi ularga ayon edi. So'ng
23 G'amnok - g'amgin.
24 Shoyiba - kamchilik, nuqson.
25 Fasod - buzuqlik.
26 Ramida - hurkkan.
27 Jovidoniy - abadiy.
28 Vosil - yetishgan


kerakli hamma narsani tayyorlab, marhumlarni 
mashhur kishilardekyasatishib, ikkovlarini - j on­
siz kelin-u olik kuyovni bir tobutga solishdi. Ikki 
jism bir kafanga, yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badan- 
ga kirdi. Bir tobut ichidagi ikki dilorom dugona 
bodom kabi, yo‘q, yo‘q, ikki dona emas, bitta dona 
kabi edi. Dugona ikki badan bolsa, har birining kafani 
boshqa-boshqa bolsa, bu dona ikki bolakdan ibo- 
rat bolgan, shunday bir a’zo ediki, donadek ikki 
badan dona qobigl kabi bir kafanga o ‘ralgan edi.
Shundan so‘ng tobutni qimmatbaho chiroyli 
guldor matolar bilan bezatishib, mozorgacha bosh- 
lari ustida ko'tarib borishdi, so‘ng tobut bilan ikki 
dilraboni qabr ichiga olib kirib, tuproqqa qoydilar- 
da, qorongl uydan chiqdilar. Oy bilan kun yuzini 
bulut yashirdi, go‘r bitta edi, shuning uchun bitta 
qabr yasashdi. Ishq ahliga umid shami o'chdi, 
chunki oy bilan xurshid yer ichiga kirishdi. Ishq 
eliga shoh ham qolmadi, husn koldda oy ham 
qolmadi. Laylining ota-onasi qabila ahli va qarin- 
doshlari bilan har kuni ikki mahal yigllishib bu 
qabr boshida yig‘i-sig‘i qilishardi. Yillar o‘tib, ular 
ham birin-ketin tuproqdan orom topishdi.



Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin