«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Ikki guhar1 o ‘mi bo'ldi bir durf



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Ikki guhar1 o ‘mi bo'ldi bir durf,
Ikki quyosh avji3 bo‘ldi bir burj4.
Bir sog'ar5 aro tushub iki mul6,
Bir g'uncha aro butub iki gul.
Bir jismda ikki ruh o ‘lub gum,
Bir ko‘z arosida ikki mardum7.
...Bu qand edi, ul zulol8 monand,
Jazb ayladi9 ul zulolni qand.
Bir suv edi ul hubob10 hosil,
Bir oh ila bo(ldi anga vosil11.
Falak bir lahza ularga mehribonlik ko'rsatib, ik- 
kovlari vasl bilan shod bolishlari uchun zarur sha- 
roitlami yaratib berdi. Barcha hayvonlaru qush-
1 Guhar - gavhar.
2 Durj - quticha.
3 Ayj - eng yuqori nuqta.
4 Buij - quyoshning yillik doirasidagi o‘n ikki nuqtaning biri.
5 Sog'ar - may qadahi, may piyolasi.
6 Mul - may, sharob.
7 Mardum - qorachig'.
8 Zulol - tip-tiniq suv.
9 Jazb aylamoq - tortib, shimib olmoq.
10 Hubob - suv yuzidagi pufak.
11 Vosil bolmoq - yetishmoq.


lar uyqu ogtishida orom olishardi. Sayyoralar-u 
yulduzlar ikki sevishganning shodlik kechasini 
himoya qilib, ulardan ko'zlarini uzishmas, subh 
sovuq nafasini urmas, butun olam uyquda edi.
Ikki vafodor esa bir-birlariga tan-u jon misoli 
chirmashishib, bir-birlariningyuz-u qollari, oyoqlar- 
ini o'pishib, biri qulochini ochsa, ikkinchisi qoliga 
yor sochlarini chirmab lazzatlanishardi. Ammo 
ne ish yuz bermasin, u poklikdan uzoq emas- 
di. U ikki dilband visol ogtishida shunday shod 
ekanlar, tong yorisha boshladi. Layli: «Bu yerda 
bolishni istasam ham, uyga borishim to‘g‘riroq 
boladi», - dedi-da, bir-birlarining oyoqlarini o‘pib 
xayrlashishdi.
Ikki dilorom bir-birining vasliga yetishib, mu- 
rodlari hosil bolgach, biri qabilaga yol olib ketdi, 
ikkinchisi esa dashtda yolg‘iz qoldi. Layli hech 
kimga sezdirmay o‘z uyiga kirib oldi. Uning yori 
bilan topishganidan hech kim xabardor bolmadi. 
Bemor ku}'ov ko'zini ochib, boshi ustida turgan 
odamlarga amori, ya’ni kajava keltirishini buyurdi, 
ular bu farmonni bajarishgach, unga otirib o‘z uyi 
tomon jo ‘nab ketdi. Kuyov o‘z kasalidan tuzalgach, 
yana kelib nikoh ishiga kirishishini bildirdi. Layli 
esa uyda qolib, yana hajr alamini torta boshladi. 
Dimogl yor isidan bahra topgani uchun uning 
rohati buzilgan, beholligi yanada kuchaygan edi.
Vasl davlatigayetishgan Majnun shu choqqacha 
visol lazzatini totmagan, g‘am o‘tida kuyib, vasl 
otinigina eshitardi, xolos. Vasl bilan joni yangi- 
langach, hayot suvini m ol-kol ichgandek boldi. 
Lekin zamona bu hayot suvini toldb tashlab, yana 
zahar tola yuz jomni unga tutdi. Yarta hajrga


mubtalo bolgan oshiqning holi awalgisidan ham 
oglrlashdi. Ko'nglida yuz xil iztirob paydo boldi- 
yu, yana Najd togl tomon y o l oldi. Najd toglni 
yer ustidagi ikkinchi osmon deb atash mumkin 
edi. Cho‘qqilari falakka yetadigan bu bahaybat 
tog‘ ustida daraxt-u kolcatlar ham o'smasdi, faqat 
toshlardan iborat bolib, oshiqlar uchun g‘am-alam 
togl edi. Majnun uning ustiga yugurganicha chiqib 
bordi. Bu tog'ning cho'qqisini u o‘ziga maskan 
qilib olgan bolib, u yerdan Layli qabilasi ko‘rinib 
turardi. Ko‘zi doimo shu qabilada bolib, u yerni 
tomosha qilish bilan o‘z dardiga chora topar, u 
yerda ko‘tarilgan tutunni ko'zlariga surma deb 
bilardi. Tog‘ cho‘qqisidagi o‘z manziliga olov tezligida 
yugurib chiqdi-yu, yana qabilaga ko‘zini tikkan- 
icha, o‘z-o‘zi bilan so'zlasha boshladi. Atrofida 
vahshiy hayvonlar, qushlar paydo bola boshladi. 
Ular ichida Majnun yoqtirgan bir jayron bolib, 
ko‘zi bilan bo^ni nozik, jismi chaqqon, devona 
yigitga yor-u oshno edi. U Majnunga mehribon- 
lik ko'rsatib, bo^nidan quchar, yuzlariga yuzini 
surtib erkalanar, qulogl bilan ко‘z yoshlarini artib, 
tuyoqlari bilan jismini qashirdi. Jafokash yigit esa 
uni erkalar ekan, quloglga shunday deb so'zlar- 
di: «Sening ko‘zlaring Layli ko'zidek sehrli, nozik 
oyoglng uchi yorilgan qamish qalamning o'zginasi, 
tuyog'ing esa qalam uchidagi siyohga o'xshaydi. 
Xuddi xat yozish uchun bandlik qamish qalam- 
ni yo'ngandeksan. Ushbu qalaming bilan Layli 
qabilasi tomon yol olib, agar yorim bahor chogi 
sayrga chiqqan bolsa, sen tomonga yoli tushib 
qolsa, uzoqdan turib atrofidan aylangin-da, har 
o il qadamda tuproqqa yuzingni qo^. Men yuzimni


sening yuzingga surtay, ko'zimni ham ko'zingga 
surtay. Sayrda u bilan birga bol, qay tomon yol 
olsa, gul-u lolalar orasida bekinib, u yetib kel- 
ganida, oyoglga yuzingni, qadami tuprog'iga ikki 
ko'zingni surtgin. Hazin yiglab, mening g'amimni 
unga oshkor qil, dil dardlarimni mungli ko‘z yosh 
tolrib unga bayon qil!».
Majnun kiyik bilan shunday so'zlashar, qush- 
lar bilan boshqacharoq suhbatlashar, har bir 
hayvonga shu tarzda o'zining g'amgin qissasidan 
hikoya so'zlardi. Ko‘nglida yor visoliga orzu havas 
yashar, lekin bu havas xayolgina edi. Layli bilan 
bolib o‘tgan visol onlarini yodiga olar ekan, dili 
shodliklarga tolardi.
Majnunning yarim kechada Nafval uyidan 
chiqib, dasht tomoniga ketganini bilgan ota-ona- 
si el oldida uyalishganidan g‘am ostida qolishdi. 
O'sha zahotiyoq uy tomon y o l olishdi, yetib bor- 
ishgach, otasini isitma tutib, to‘xtovsiz terlab, 
to'shakka mixlanib qoldi. Har xil muolajalar qil- 
ishsa ham, foyda bermadi. Tabiblaming mahorati 
ham kor qilmay, isitmasi pasaymadi. Dardi og‘ir 
bolgani sababli, ahvoli borgan sari yomonlashib, 
oxiri jon omonatini topshirib, qorongl maskan 
sari y o l oldi. Qabila ahli aza tutib, oh-faryod 
chekdilar. Bundan xabar topgan keksa onasi bir 
tomondan o'glining dard-u g‘ami, ikkinchi tomon- 
dan yostiqdoshining alami bilan iztirob chekib, eri 
ortidan boqiy dunyoga yuz tutdi. El unga ham aza 
tutib, qora kiydi. Ularni o'sha qabilaning go‘risto- 
niga dafn etdilar.
Najd toglni o'ziga maskan qilib olgan Majnun 
ota-onasining vafotlaridan bexabar edi. Bir kuni 
ichini qayg4i bosib, ko‘zi uyquga ketdi. Tushida


ajoyib bir voqeani ko‘rdi: ikkita kaptar bir uyda 
bola ochibdilar, jo'jaga qanot chiqqach, u birdan 
havoga parvoz qilibdi. Buni ko'rgan ikkala kaptar 
uni uyasiga olib kelish uchun osmonga parvoz 
etishibdi. Jo'jani topgan bolsalar ham, u o‘jarlik 
qilib uyiga qaytmas emish. Ikkovlari noumid bolib 
inlariga qaytayotganlarida, yuqoridan ikkita bur- 
gut uchib kelib, ikkovini yeb qoyibdi. Bu tushni 
ko‘rgach, Majnun ko'zini ochdi-yu, qonli ko‘z 
yoshlarini to “ка boshladi. Tushiga ta*bir istab, uni 
o‘z holatiga qiyosladi-da, ota-onasi olganini, ha- 
yoti quyoshi qora bolganini bildi. Tog'dan pastga 
qarab sel singari shoshilib, seldek ko‘z yoshlarini 
toldb, qabilasining mozorigacha oh-faiyod urib 
yugurdi. U yerda yangigina yasalgan ikki qabmi 
ko‘rib, jismi zorini chaqin urgandek boldi. Boshiga 
tuproq sochib, kolcragiga toshlarni ura boshladi. 
Otasining mozoriga boshini qo“yib fig'on chekdi: 
«Ey sahro ahlining azizi, faqat dasht emas, Mak- 
kadan Shomga qadar barcha el sening rahmating 
dasturxonidan bahramand edi. Arablaming eng 
ulug‘ kishilari ham sening dastingdan shikast 
topardi. Lekin sen mendan shikast topding. 
Ko'ngling g'amimda noshod bolib, umring men 
tufayli barbod boldi. Meni shodlik uchun tilagan 
eding, lekin men tufayli yorug‘ chiroglng o'chdi. 
Meni tilab qancha diramlar12 sochding-u, men 
tufayli alamdan boshqa narsa ko'rmading. Qaysi 
til bilan sendan uzr so‘ray, sening aytganlaringni 
qilmadim, ruhingdan nechuk kechirim so‘ray? 
Meni tashlab ketib, ustimga g‘am toglni qoyding. 
So‘ngaklarimni bir-bir ushatib, tanimni tuproqqa 
qorishtirding. Yulduzim har qancha qora bolib,
12 Diram - kumush tanga.


toleyim baxtsiz bolsa ham, saxovat ko'rsatib, meni 
kechirgil, ruhingni kechiruvchim qilginb.
Keyin Majnun onasi qabri oldiga borib, yoqasi 
o'miga kolcsini pora qilib, yemi ko‘z yoshlari bilan 
dengizga aylantirdi. Bahor bulutidek oldrib, o‘z 
yuzlariga ura boshladi. So‘ng alam bilan shunday 
deb faiyod urdi: «Ey jonim qiblasi, qiblamning nuri! 
Jonimning shodligi, ko'zimning chirogl, ko‘nglim- 
ning rohati-yu, fikri xayolim oromi! Sen КаЪат 
esang-da, men mayxonani istab, tavof qilmadim, 
atrofingda aylanib sayr etmadim. Qalbingga har 
doim iztirob solib, К аЪ атт xarob ayladim. Mening 
КаЪат xarob boldi, endi Tangriga ne deb javob be- 
raman? Mehrimga ko“nglingdan joy berib, beshigim- 
ni qoHaring bilan tebratding. Har kun meni o^lab 
qayg4i chekding, meni deb tunlari uyqung harom 
boldi. Kechalari tinmay yiglab fig‘on qilganim 
ko'zlaringga uyqu bermasdi. Kunduzlari-yu kecha­
lari mening dardimda tinmay, yemak-ichmakni ham 
unutib qo yarding. Bir luqma non yeganingda ham, 
uning menga sut bolishini oyiarding.
Koshki edi chekkan bu azoblardan qadding 
egilib, k o‘rpa-to‘shak qilib yotganingda, men 
qaddimni egib qoshingda tursam edi, qul kabi 
o'gllligingni qilsam edi. Bunday oglr kunlarda 
boshingda hozir bololm adim , shafqat bilan 
qollaringni silab, ko'zlarim bilan yollaringni su- 
purolmadim. Sendan tun-u kun judo bolib, bev- 
afolik qildim, dardingga davo bololmadim. Jan- 
natdan joy olgan ruhing mendan shod emasligini 
bilaman, shu zulmning o‘zi menga yetib ortadi. 
Bechoraman, boshqa nima qilay, dardimga qanday 
chora topay?!». Shunday fig‘on qilganicha, boshini 
yerga urarkan, yana hushidan ketib jdqildi.


Hayot kuyi, go‘zalligidan mahrum bolgan Maj­
nun endi ota-onasidan ham judo boldi. Uni yor 
dog'i o‘rtab kelayotgan bolsa, ular ustiga ikki 
mehribonining dardi ham qo‘shildi. Alam ustiga 
alam ichida qolgan bechora go'ristonni vatan 
qilib oldi. Yotadigan joyi xilxona bolib olam unga 
go Vo qorongl go'rdek tuyilardi. Har kuni hushini 
yo‘qotib nola-yu fig‘onlar qilar, o ‘zini yuz g‘amga 
duchor etardi. 0 ‘z joniga jafolar qilib, o‘z-o‘ziga aza 
tutardi. Ota-onadan ayrilish ikki dog‘ bolsa, hijron 
ushbu ikki o ‘t ustiga quyilgan yog‘ edi. Muncha 
g‘am-u balo yigllgach, Majnun yotib qoldi. Dardi 
shunchalar kuchli ediki, u o‘zi yotgan joyidan 
qo£zg‘alolmasdi. Boshi ustiga yowoyi hayvonlar-u 
qushlar, kiyiklar to'planib turishardi.
Bu payt Layli ham g‘am-alam ichida iztirob 
chekardi. Majnun visolidan shodlikka tolgan qiz 
yana hijronga duch keldi. Majnunning ota-onasi 
vafot etganini eshitgan Laylining dardiga dard 
qo'shildi. Chunki yuz bergan barcha voqealarga 
o‘zi sabab bolganini yaxshi bilar edi. U tinmay 
yiglar ekan, shunday so'zlar bila nola qilardi:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin