«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


«Ey kajrav13 sipehri14 xudroy15



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

«Ey kajrav13 sipehri14 xudroy15,
Zulmungdin voy-u yuz tuman voy!
Jonimg‘a necha sitam qilursen,
Ko‘nglumga nasib alam qilursen,
... 
Layliyi zaif-u benavoni,
Yuz dard-u balog‘a mubtaloni
0 ‘lturmak ila ham etmayin bas,
Hajr o ‘tig‘a solmoq o‘ylakim xas.
13 Kajrav - teskari yuruvchi.
14 Sipehr - falak, osmon.
15 Xudroy - o'zboshimcha.


Bu Layli edi, nedur xayoling,
Ermas edi hiylapesha zoling16.
Sovrulg{asiz, ey ravanda17 aflok,
Qo‘zg‘alg‘asiz, ey nujumi18 bebok19.
Jismimni qatil20 qildingizla!
Jonimni zalil21 qildingizla!
Jismim gardin uchurdi ohim,
Ey charx, arimadimu22 gunohim?!
Bu qayg*u azoblarim yetmagandek, yorimning 
iztiroblari ham boshimga tushdi. Uning ota-onasi 
olib, men ham motamda qoldim. Agar u qattiq 
alam chekayotgan bolsa, mening dardim unikidan 
ikki barobar kuchliroqdir. Unga ota-onasining 
g'ami yetgan bolsa, bu - mening ham g'amimdir. 
Laylini furqat balosi qiynayotgan bolsa, buning 
ustiga ikki Majnuncha mashaqqati ham bor. Unga 
umr zaruriyati qolmadi, shuning uchun jondan 
kechsam ajab emasdir».
Shunday so'zlami faiyod urib xitob qilar ekan, 
nola oti haddan oshib, jismida isitma paydo boldi. 
U o t xuddi quyoshning botar chogidagi haroratiga 
o'xshardi. Guldek yuzi terga botib, isitma otidan 
qizarib ketdi.
Onasi qizining bu ahvolini ко‘rib, iztirob chekar- 
di, jigari kabobga o'xshab kuyardi. U Laylining 
otasini xabardor qilgach, qizining holatidan u ham
16 Hiylapesha zoling - hiylagar keksang.
17 Ravanda - kezib yuruvchi.
18 Nujum - yulduzlar.
19 Bebok - beparvo.
20 Qatil - o'ldirmoq.
21 Zalil qilmoq - xo'rlamoq.
22 Arimoq - pok bolmoq.


qattiq tashvishga tushdi. Ota-onasi, dugonalari 
tabiblar chaqirib keldilar. Iso nafasli hakimlar 
har qancha davo qilishsa ham, isitma pasaymas- 
di. Kundan kunga dardi kuchayib, bosh og‘rig‘i 
dam-badam zo‘rayib borardi. Shu holda yotar 
ekan: «U motam asiri (Majnun) dard tufayli o‘lim 
oldida emish. Go‘riston ichida zor-u behol bolib 
olgan kishidek hayotdan uzoqlashayotganmish. 
Goh o‘zida, gohida behush bolib, ko'zlari olikdek 
nursiz ekan, o ‘z motami bilan jismi zaif-u, sening 
darding bu jismidan jonini tortib olayotgandek. 
Unga g‘am ustiga motam qo'shilib, sensiz ishi mo­
tam ustiga motam ekan, joni g‘am bilan darddan 
poymol bolib, holi haddan tashqari xarob ekan»,
- degan so‘zlar qulog'iga chalindi. Bu gaplarni 
eshitgan Laylining bir o‘ti ming bolib, olim i ya- 
qinlashardi.
Kuz shamolining ohi yetib, bo'stonlar yuzini 
sarg'aytirardi.
Yaproqlarning yuzlari sariq og'riqqa uchragan 
kishilamikidek sariq tusga kirdi. Har qaysi barg 
bemorlardekyer to‘shagiga yotib oyoglni uzatib oldi. 
Daraxtlar ham titrashga tushib, kuchli shamollar 
chamanlami talon-taroj qilishga kirishdi.
Layli husn bog‘i bolib, boshidan oyoglgacha 
jannat guli edi. Uning dardi nasimi tezlashib, 
bo'stonning barglari to'kila boshladi. Kasallik 
husni shohini g'amgin qilgach, u o‘z tutqunlarini 
ozod qilib yubordi. Faqat bitta kabutargina uchib 
ketmadi. Bu olamni tark etish onlari yaqinlash- 
ganini sezgan parivash uyni xoli qoldirishlarini 
so‘radi-da, so‘ng huzuriga onasini chaqirtirib unga 
shunday murojaat qildi:


«Ey joningni menga bag'ishlagan onajonim! 
Bu xasta jonim sening joningga sadqa bolsin. 
Mening bor mashaqqatlarimni o‘z ustingga olib
ko‘p dard-u alamimga qolding. Ming yil tirik bolib 
xizmatingni qilsam ham, bu yaxshiliklaringni qay- 
tara olmayman. Endi gulim xazonga uchrab, gulis- 
tonimga sovuq kuz shamoli yetishdi, bu chamanni 
tark etish zarur bolib qoldi. Vidolashish chogl 
yetib kelgan ekan, dilimdagi dardlarimni sendan 
yashirishim to‘g‘ri bolmaydi. Bilganlaringga sen 
madoro, chora qilding. Endi men senga sirlarimni 
ochay. Omonatimni topshirib, tuproq sari y ol olar 
ekanman, aza ochma, ko‘z yoshlaringni ко“р tokma, 
yuzlaringga urib yaralab, ruhingga azob berma, deb 
aytishim befoyda. Shuning uchun sendan bularni 
emas, boshqa bir narsani iltijo qilaman. Motam 
kunlari qattiq azob chekib, yuzingni timab qon- 
ga botirma, ko‘p qora kiyim kiyma, iloji boricha, 
sabr qilishga intilgin, o'zingga dalda, taskin ber. 
Tangri senga sabr bersin». Onasiga ko‘plab duo- 
lar qilgach, yashirincha bu so‘zlarni talcidladi: 
«Bu motam elga oshkor bolgach, dasht-u sahro 
ahliga ham yetib boradi. Shubhasizki, mening 
tog‘-u dashtlarda shamoldek kezib yurgan g‘aribi 
zorimning qulogiga bu so'zlar eshitilgach, hodisadan 
xabar topib, ruhi mening ruhimni istab, tezda 
buyoqqa keladi-yu, quyosh kabi mening boshim- 
ga yetadi. Ayriliq dardidan qutulib, elga ishq qa­
nday bolishini ko‘rsatib, tuproglmga tuprog'ini 
qo'shadi. Ruhini menga topshirib, tani jonsiz bolib 
yerda jismi zori yotsa, hurmatini qilib yonimga 
yotqizgil. Uning sharif jismi pok bolgani uchun 
ko‘z yoshlaring bilan yuvsang ham arziydi. Ginani


unutib, unga yaxshilik va mehribonlik ko‘rsat- 
gin-da, jon pardasidan kafan qilgin va ana shu 
kafanga meni ham о‘ragin. Unga farzangdingdek 
munosabat ko‘rsatib, farzanding bilan birga uyqu­
ga yotqizgin-da, ikki ruh bir-biri bilan qo'shilgach, 
bir tobutga solgin».
Layli ushbu so'zlarni tugatdi-yu, «Majnun» de- 
ganicha jon berdi. Onasi bu kunni ko'rib, bir ovoz 
chiqardiki, u osmonning bag'rini teshib o'tgandek 
boldi. Qizining boshidan aylanib, tovoniga ko'zla- 
rini surtar, goVoki kipriklari bilan uni qitiglab, 
«Uyqu vaqti emas-ku hozir, ko'zlaringni och, 
oyoqlaringni qimirlatib, so'zlagin», - degandek 
uyg‘otmoqchi bolardi. Titrab, yiglab qizini mah- 
kam bag‘riga bosib, yuzlarini yuzlariga qoyar, 

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin