oshiq: «Oz baxt ko‘p husndan yaxshiroq», - deb
juda to‘g‘ri aytgan ekan.
Mening shohdan shi-
koyatim yo‘q, o‘z yolini topolmagan baxtimdan
shikoyat qildim, xolos».
Go‘zal malikaning bu dilni о‘rt ovchi so'zlari,
uning ishqi shohga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Jonini
dilbar kalomiga fido qilib, maiikani qo*yniga tort-
di-da, qollarini
uning yelkasiga tashlab, ohuni
tutib olgan sherga o“xshab, o‘z oljasiga mehribonlik
ko'rsata boshladi.
Iskandar bir necha kun shu xonada sevgilisi
Nozmehr huzurida aysh-ishrat bilan shug*ul-
landi. Umri bu yerda bekor o'tayotgani xayoliga
kelib, yana bilim taxtiga y o l oldi.
Jahon mam-
lakatlarini egallaganda, Mag‘rib zamin olinmay
qolgan edi. Sipohlarga turli ne’matlar, in’omlar
hadya aylab, yangi safar haqidagi farmonni elon
qilib jar soldi. Keyin Xoqon bilan xayrlashib,
unga Chin va Xito mamlakatlarini topshirib,
lashkarni Mag‘rib mamlakatlari tomon boshladi.
Xoqon ham bu yurishda ishtirok
etish istagini
bildirgan edi, Iskandar rozi bolmay, ko‘p yashi-
rin so'zlarni aytib, uni qaytardi.
Hindistonning janubi tomon yol olgan Iskandar
hind Royiga ham ijozat berib, uning izzat-ikromi-
ni joyiga qo'yib xayrlashdi. Rum qo'shini Mag'rib
sari joirib borar ekan, Gajrotdan o'tgach, bahri
Ummon sohiliga chiqdi va bir
necha kun sohilda
dam olgach, kemalarga oYirib, Jazoyir tomon suzib
ketdilar. U yerga yetgach, sohilda bu mamlakatni
egallagach, yana goh dengiz, goh chol-u dashtlar-
dan o“tib, oxiri Mag'rib zaminiga yetdilar. Bu olka-
da bir qator ajoyibotlarga duch keldilar. Ulardan
biri it kabi jonivorlar makoni bolgan dasht edi.
Ularning har binning ko'rinishi, oyog‘-u qollari
ham chumolinikiga o'xshardi-yu, har birining
kuchi yirtqich bir shernikicha bor edi. Ular ichi
ga kimki ot surib kirsa, barchasi yopishishib, bir
damda parcha-parcha qilardilar-da, yeb qotyardi-
lar, yer ustida bir qatra qoni ham qolmasdi.
Bir necha sipohining shu tarzda halok bolgani-
ni ko'rgan Iskandar: «U yoqqa hech kim ot surib
bormasin!» - deya farmoyish berdi. Sipohlar deyi-
shardiki: «Bu bir yerdirki, tuprog'ining o‘zi jonni
titroqqa solyapti. Bu vodiy nari borsa bir yig‘och
keladi.
Undan keyingi vodiy esa pokiza, Bog‘i
Eram kabi sof vodiydir. U yerda mo'rlardan orom
topgan, ularning hisobiga shodiyona qiluvchi bir
qavm yashaydi. U qavm Tangrining balosi, jahon
mol-dunyosining ajdahosi. Har birining qiyofasi
bir pora tog‘, bu jonivorlar esa ular uchun chu
molidek keladi, xolos. Ularning tilini ham hech kim
tushunmay, nima deganini anglamay turaverasan.
Bu elning uyqusi ham ko‘p qiziq. Ular o‘n kun
uxlaydilar, o‘n kundan keyin uyg'onib o‘z
holat-
lariga qaytadilar. 0 ‘n kundan so‘ng yana uxlash-
ga kirishishadi, mo'rlar ularni qo'riqlashadi. Bu
mo'rlar tufayli jonlari omonda, chunki mo'rlar
ularning xazinabonlari sanaladi.
Dostları ilə paylaş: