Guhar cho‘msa, daryog‘a bo‘lsun hayot, Quyosh botsa, gardungfa yetsun sabot.
Shoh o ‘z vasiyatida barchani sabr qilishga
da’vat etgan edi, ulami ortigl bilan ado etdik.
Bugun u olam ahlining yagonasi, pahlavonigina
emas, yuzta sher qudratiga ega bolgan mard si
fatida mashhurdir. Shunday o‘g‘il qazoga rizolikni
ayon etdi. Umidimiz shuki, bu dard-u azoblaming
har biriga Xudo mingtadan mukofotini bergay».
Aflotun o‘z kalomini tugatgach, Suqrot shun
day dedi: «Ey yetti iqlimning Bonusi, o'glingdan
ajraganingdagi holatingni Yaratganning o‘zi ко‘rib
turibdi. Aqldan uzoq bolgan kishigina senga nasi
hat qilishi mumkin. Lekin aqlli kishi Tangridan
kelgan barcha narsadan xursand boladi.
Sening bu tariqing erur barkamol, Ki Haq bermasun donishingg‘a zavol». Suqrot o'zining hikmatli so'zlarini tugatgach,
Balinosga navbat yetdi. U ta’zim bilan duo bosh-
lab, ko‘zlarini yerga qadaganicha duosini tugallagach,
dedi: «Barcha elga yaxshi ayonki, ayriliq dardi
g'oyatda oglrdir.
Sening royinga nuri tahqiq erur, Haq ehsonidin oncha tafviq erur, Ne shoista ishga qilursan shuru*, Ne shoista ermas, etarsan ruju’». Balinos so'zlarini tugatgach, Buqrot o‘z nutqini
shunday boshladi: «Ey alam tortishda ham mu-
loyim onajon! Sening zotingga rnuloyimlik xos-
dir. Haq sabring ipini uzun qilgan, shu uzunlik
doimo m ol-kol bolsin. Bilasanki, har bir iztirob
chekayotgan inson oxiri tinchlanib qoladi. Go“y
chavgondan tezroq yugursa ham, о yin oxirida
tinchib qoladi. Odam ham shunday tabiat sohibi,
olamning barcha xalqi ham shunday xususiyatga
ega. Kimga azaldan aql yor bolsa, uning to‘g‘ri
fikrlashiga madadkorlik qiladi.