Iskandarning vafoti
Bu ishlar Iskandarga ayon bolgach, u o‘z hayoti
quyoshiga tutilish vaqti yetganini sezdi. Aniq
bildiki, ketmak chogl yetibdi. Shunday mahzun
kunlarda ajal jomidan zaharli ovqat yeb-ichib
turarkan, onasi yodiga tushdi. Ko‘zini ochib, elga
nigoh tashlab, ajal yeliday bir sovuq oh tortdi. Ko-
tib chaqirtirib, onasiga xat yozmoq uchun qog‘oz-u
qalam soVadi. Kotib qog'ozni tayyorlagach, unga
shu so'zlami yozishni buyurdi:
Ki, bu safhakim, nomayi dard erur,
Raqam anda hangomayi dard erur.
Birov hamdidindur bidoyat anga,
Ki y o ‘q ibtidou nihoyat anga.
Mufizi ato, balki xalloqi jud,
Xaloyiqqa bergan adamdin vujud.
Badan ichra jo n javharin solg‘uchi,
Yana oxir o ‘z berganin olg'uchi.
Tengiz ichra itkanga ham rahbar ul,
Biyobonda оЧдапда ham yovar ul.
Gadolig‘ni shohlig‘din etgan aziz,
Jahon shohlari ollida bir pashiz.
Chu haq shukru hamdin ado aylabon,
Vasiyat bu nav’ ibtido* aylabon.
K i:«Mendinki, y o ‘q mendek ozurdaye,
Ajal xayli ilgida pajmurdaye.
Senga, vayron bolgan tanimning joni, vujudim
kumush lalining koni, so‘zim shuki, ayriliqlar,
uzoqliklar tufayli senga ko‘p azob-uqubat yetka-
zdim. Boshimga olam ochmoq degan orzu tushib
edi, u xayolim boshdan oyoq xom ekan. Aslida
jasadimga hush kirgandayoq, aqlim kira bosh-
lagan bolalik choglarimdanoq senga o'glllik qilish
ni, doimo xizmatingda bolishni o‘z burchim deb
bilsam bolmasmidi? Bunday baxtga charx hasad
qildi, endi so'nggi chog'da o‘zimni oldirishimdan
ne foyda?
Qazoning boshimga solgan ishlaridan xabar
topsang, mening roziligimni ham e’tiborga olgin:
motamimni tutib oh-faryod kotarmagil. Jahonni
g‘am tunidek qaro qilmagin, ichingni quyoshdek
aslo kuydirmagin, yoqangni tongdek chok qil-
may, oq sochlaringni sarig' yuzing uzra yoymagil,
boshqa onalar kabi yuzingni tirnamagil. Sabr
qilishga toqating yetmasa, quwating chidam bera
olmasa, katta bir ehson yiglni tuzgin-da, chor
atrofga xabar berib, jamoatni chorlagil. Behisob va
xilma-xil taom tayyorlagil-da, hammaning oldiga
osh torttirgil. Mehmonlar ovqatga qol urmoqchi
bolganlarida, marosimni boshqarayotgan kishiga:
«Bu oshdan olamda biron yaqini yoki qarindoshi
tuproq ostida bolmagan kishilarginayesin», - deb
ayttir. Shundan keyin e’tibor berib qaragin-chi, bi
ron kimsa ovqatga qol urarmikan? Oshga kimdur
qol uzatsa, mening olimimga yiglab, aza tutib,
iztirob chekkil. Agar hech kim ovqatga qol urma-
sa, taomlardan hamma yuz o'girsa, biron kishisi
tuproqdan o‘rin olmagan inson jahonda yo'qligi
shu xilda malum bolgach, sen ham bu ishdan
voz kechgil. Bu sohada bor olam eliga hamdard
bolgin-u, mening g‘amimda anduh-azob chekish-
dan voz kechgil. Sen ham ulardek bandasan. Haq
rizosiga rizomand bol, qazo ne qilsa ham, xursand
bol. Men yaxshi bolsam ham, yomon bolsam ham
umr omon bermay olamdan ketyapman, vaqting
bolsa, bir necha kun Haq yodini ko'nglingdan
chiqarmay:
Dostları ilə paylaş: |