«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Vale xalq aro og‘zi xandon ЬоЧиЬ



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Vale xalq aro og‘zi xandon ЬоЧиЬ 
Demas s o ‘z tiliga murur etmayin,
Xayolig‘a balkim xutur etmayin.
Ki Haq ortuq etsun bu iqbolini,
Humoyun qilib har nafas folini».
Olimlar Bonu g'amini so‘rab, o'ziga keltirdilar, 
yashirin yaralariga malham surdilar. Dardiga shu 
xilda davo qilishgach, Bonu o'ziga kelib, ulardan uzr 
so‘ragandek yetti kon ustiga shunday ganj tolcdi:
«Sizlar menga qaraganda ham ko'proq motam 
tutyapsizlar. Iskandarning g‘ami sizga ko'proq 
alam solyapti. Chunki uning kimligi sizlarga 
yaxshiroq malum edi. Kamoloti har biringizga 
quyoshdek ravshan edi. Safar vaqtida sizlar unga 
yor boldingiz, xatarlar vaqtida siz yor-u g‘amxo‘rlik 
qildingiz. U sizlaming shohingiz emas, balki ar- 
doqli do‘stingiz edi. Har biringiz uning uchun 
ikki jahondan ortiqroq edingiz. Ul yoringiz sizni 
tashlab ketganidan g'amginmisiz, undan ayrilib 
motam qilyapsizmi? Haq bu g'amingizdan o‘zi 
qutqarsin, qattiq motamingizni o‘zi daf aylasin.


Iskandardan agar barchamiz ayrilgan bolsak-da, 
lekin bir-birimizga hamdardmiz.
Mening umrim yana davom etadigan bolsa, 
og'zimga sukut solib, hech ham so'zlamayman, 
degan edim. Sizlarning hamdardligingizdan ta’sir- 
lanib, beixtiyor so'zladim», - dedi.
Navoiy, jahondin vafo istama,
Tutub b en a v o lig n a v o istama.


NAVOIY O'Z «XAMSA»SINING 
TUGALLANISHI HAQIDA
Menga podshoh qoli yetakchi bolib, bu panja 
bilan 
zo‘r
imtihon qildi. Uni panja emas, qattiq 
tosh deb, tosh ham emas, yaxlit polat degin. 
Panja kuchini sinash uchun panja soldim-u
u panjaga teng kelolmay azob-u ranj chekdim. 
U donolar «Panj ganj» («Besh xazina») deb nom 
qotygan «Xamsa»yi ganjsanj1 edi. U noyob durlar 
xazina si, oftob panjasi bolgan «Xamsa» edi, kimki 
unga zo'rligini ko‘rsatgan bolsa, kuchi yetmay
qoli shikast topdi.
Mening qolim ham behad zaif bolib, u panjaga 
teng kelolmasdi. Qolimdagi quwat ham, pan- 
jamdagi kuch ham panjalar bellashuviga imkon 
bermasdi. Boshlagan bu ishdan voz kechishga 
himmatim y o l bermas, kuchanib ishlay desam
quwatim yetmasdi. Panjamga hasrat bilan boqib, 
bu panjamni u panjamga urib, aql-u hushimni 
yo'qotib xayol surar ekanman: Surush - baxtiyor 
farishta2ning to'satdan nidosi quloglmga chalindi:
«Ey ojizlik va yolborish dengiziga g‘arq bolgan, 
dardiga bir chora qiluvchi topilmagan inson! 
0 ‘rningdan turgin-da, pir dargohiga yetib borgin, 
yuzingni uning ogoh joniga qarat va uning ko‘ng- 
lidan do'stlik, buyuk himmatidan madadkorlik 
tilagin. Chunki ochilishi qiyin bolgan har bir qulf- 
ga buyuk donishmandlar duosi kalit bo la oladi».
Bu so'zni eshitgach, pir ostonasi tomon y o l 
oldim. U jannatiy makonga yetib borib, sajda qil-

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin