7 Musallam - inkor qilinmay ma’qullangan.
8 «Hayrat» - «Hayrat ul-abror» dostoni.
9 Juzvdon - kitob, qog'ozlami solib jruriladigan charm yoki
matodan tikilgan jild.
bilan menga madadkorlik qilgan ulug‘ pirim oldiga
olib borib ko'rsatishni ko'nglim orzu qildi. Huzuri
ga borib ta’zim bajo keltirish va ishim tugagani
haqida ul zotga xabar yetkazish to'g'risida xayol
surib borar ekanman, «Xamsa» yaratgan qalam
sohiblarining mehnatlarini eslardim.
Bu asami yozishga bel boglagan uluglar uni tu-
gallash uchun uzoq umrlarini sarf etdilar. Nazm ah-
lining ustodi bolgan Nizomiy o‘z xazinalarini, xazina
emas, ixtirolarini eldan uzoqroqda yashab, yarim
umrini zahmat chekib, qon yutib yaratdi. Besh
xazina kalidini qolga kiritgach ham bu asarlami
tahrir qilish uchun yana ancha vaqt sarfladi. Ko*p
umrini baglshlab, bu ajoyib yoqimli kitobini tugal-
ladi. Necha podshohlaming g‘amxo‘rligi bilan bu
davr ichida u xalq xizmati bilan shug^ullanmay,
faqat shu asami yozishdan boshqa narsani xayoliga
keltirmay, faqat orada qirqta arbain bitib, shu besh
xazinaning sohibi boldi.
Hindcha taxallus olgan, asli o‘zi turk bolgan
Xusrav ham Ajamdan Arabgacha bolgan mam-
lakatlami so‘z bilan qolga kiritdi. Bu mustahkam
qo‘rg‘onlar eshigini ochguncha, ancha afsonalami
qisqaroq bayon qilgan bolsa ham, ko‘pgina vaq-
tini faqat shu dostonlami yozish bilan o‘tkazdi.
Ularga o‘z hayotining o‘n besh, kamida o‘n yilini
baxshida etdi.
Yana kimlar shu sohada qalam yuritgan bolsalar,
ular sarflagan vaqtni yuqorida aytilganlarga qiyos
qilib bilib olsa boladi.
Sen esa ko'proq zahmat chekish, elga xizmat qi-
lishdan bo‘shamas eding. Tongdan oqshomgacha
el dardini tinglash, ularga yordam berish bilan
band bolarding, ba’zida odamlardan o'zingga ma-
lol keluvchi so'zlar eshitarding. Xalq g‘avg‘osidan
tinmas, qulog‘ing xaloyiq shovqin-suronidan
tinchimasdi. Shunday qiyinchiliklarga qaramay,
o‘z asarlaringni bitishda g'ayrat ko'rsatib, ikki
yildan ko'proq vaqtda o‘z «Xamsa»ngni nihoyasiga
yetkazding. Mohir bir hisobchi g'ayrat qilib, besh
dostonni yozish uchun ketgan muddatni hisoblab
chiqsa, jami olti oy ham bolmaydi. Bu nazm tezda
tugallangan bolsa, uning yana bir tomoni turkiy
tilda yaratilganidir. Lekin kitobning har qancha
e’tiborli jihatlari bolishiga qaramay, talaffuzda
ba’zi kamchiliklari ham yo‘q emas.
Albatta, o'zingning so'zingni o‘zing yaxshi
ко‘rasan, chunki о‘zing yozgan so‘zlar-da ular:
shuning uchun ham oldingda qimmatli bolib
ko‘rinaveradi. So‘z xuddi o'zingning farzanding
bolib tuyiladi, chunki farzand joningning pay-
vandi-da! Boshqalarga nopisand bolgan so'zlar
ham kishining o‘zi oldida bebaho bolib ko'rinishi
muqarrar. Boyqushning bolasi qanchalik xunuk
bolmasin, uning oldida xushjilva tovus bolib
ko‘rinadi. 0 ‘zingga ma’qul bolgan so‘zlami el ham
pisand qilarmikan? Donishmand pirim yozgan ki-
tobimni nazardan oYkazib, asarim nuqsonlaridan
meni voqif qilsa qani edi?
Bu kitobni awal ajrtgan uluglaming joizlariga
ajal allaqachon o‘z niqobini yopgan. Ulardan har
birining ruhi jannat boglda shod bolyapti, deb
umid qilaman. Dono pirim bulardan ham xabar
topib, meni ham boxabar qilarmikan? Shunday
xayollar bilan pirim manziliga yetib bordim, osto-
nasini o'pib, juzvdonimdan «Xamsa»ni chiqardim-
da, yozganlarimni ko'rsatib, barchasini uning
oyog'iga nisor qildim! Kemam daryoda borar
ekan, pirim qolini ulardan biriga uzatdi-yu har
bir varaglni ochib, nazar tashlar ekan, yuziga
tabassum yoyilardi.
Biron so‘z haqida savol bersa, javobini ber-
ganimdan so'ng, zavqlanar, goh tahsin-u, goh
duo qilar ekan, har bir so‘zidan shodlikka tolib
murodim hosil bolardi. Yozganlarim haqida
fikrini aytar ekan, men ikki ko'zimni yerga tikib
turardim. So'zimni eshitar ekan, yuzi bo'stondek
ochilib, yengini mehribonlarcha egnimga tashla-
di. Shunda o'zimdan ketgandek boldim-u, qiziq
bir holat yuz berdi: to'satdan o'zimni ajoyib bir
bo's ton ichida ko'rdim, bog-u guliston aro gasht
qilib yurgan emishman. Bogl Eramda sayr qilgan
har bir odam ham ushbu jannatmonand bog'ga
orzumand emish. El Baytulharamni tavof qilgan
kabi men ham chamandan chamanga o'tib shod-
lanar emishman. Bog' ichida ko'pgina kishilar
halqa qurib, shirin suhbat qilishar ekan. Ulardan
biri chamanda men kezib yurgan joyga qarab
yurib oldimga keldi. Shoirona qiyofali dilkash
va sohibjamol bu kishi salom berib, men bilan
so'rashgach: «Bu baxtiyor va quvnoq odamlar
sening ham suhbatimizga qo'shilishingni istamoq-
dalar», - dedi. Uning taklifini qabul qilib, o'sha
tomon yurdim. Yolda borarkanmiz, hamrohimga
o'zimni tanishtirib, suhbatdoshlarning kimlar
ekanligini so'radim. U dediki:
«Ular masnaviy nazm qilgan shoirlar guruhidir.
Xususan, ulardan bir nechtalari «Xamsa» yarat-
gan, «Xamsa»dagi konlar xazinasini ochgan
donolardir. Ularning barchalari shu yerda, senga
mushtoq bolib turibdilar. Sen mening kimligimni
soVading. Kaminaning oti Hasan bolib, xalq Dehlaviy
deb ataydi».
Bu so'zni eshitgach, jismimga isitma tush
di, ko'nglimni ham iztirob egalladi. Uzr so‘rab,
hamrohim bilan quchoqlashib ko'rishdim. Yolda
borar ekanmiz, Hasan to'dadagi shoirlar nomini
birma-bir aytib, har birlarini alohida-alphida
talqin ham qilib berdi. Uch kishi majlis raislari
ekan, hamrohim ularning ishlarini ham sharhlab
berdi. Dediki:«О‘rtadagi yoqimli chehrali nuroniy
pir hazrati Shayx boladilar, ogoh bol, hurmatini
e’zozlab, oyog'iga boshingni qo^. O'ng tomonidagi
donishmand unga payravlik qilib «Xamsa» yozgan
Amir Xusravdirlar. Yana bir yonlaridagi esa sening
piringdirlar. Ularning ikki yonlaridagilar qavm-
laridir. Barchalari bilan hurmat saqlab ko'rishgil,
so'zlaganingda ham odob saqlashni unutmagil!».
Hamrohimning barcha aytganlarini qabul
qildim. Majlis ketayotgan joyga yuz qarichcha
masofa qolganda, bazm ahli o'rinlaridan turdi-
lar va meni kutib olish uchun kela boshladilar.
Men ham qadamimni tezlashtirib, ularga ro'para
boldim. Hamrohim birma-bir ul to‘dadagilarning
otlarini aytib, ko‘rishayotganimda ham yonimda
turdi. Sa’diy, Firdavsiy, Unsuriy, Sanoiy, Xoqoniy,
Anvariy... «Barcha ко‘rishganlarim nomlarini ba-
tafsil tilga olsam,
Dostları ilə paylaş: |