«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Xamsa. Alisher Navoiy

so‘z
uzayib ketadi».
Hammalarining qollaridan o‘pib e’zozlagach, 
ular meni yonlariga olib, kelgan taraflariga qarab 
yurdilar. Supada Shayx va uning payravi, ya’ni 
Nizomiy bilan Xusrav, shuningdek, bizning piri


mahdumimiz o‘tirishardi. Biz yaqinlashganimiz- 
da, ular ham o‘rinlaridan turib, biz tomon qadam 
tashladilar. Xusrav va pirim Shayxdan burunroq 
yurib kelishardi. Men ham ular tomon yugurdim. 
Pir o‘z ixtiyori bilan qolimni tutib, hamrohi bilan 
ko'rishtirdi. Men ko'zlarimdan yosh tolcib, qolla- 
rini va oyoqlarini o‘pdim. Jomiy bilan Xusrav 
ikki qolimdan ushlab Nizomiy sari boshladilar. 
Men, g‘am asiri qolimga olam tushganidan ko‘z 
yosh toleardim. Ikki qolimga ikki jahon kirgan 
edi. Muborak Shayx bilan ko'rishib, oyoqlariga 
boshimni qoldim , tuprogini o‘pib, ko'zyosh selini 
tolcdim, buni ко‘rib turgan to‘qqiz falak menga 
rashk qilardi. Shayx mehribonlik bilan boshim­
ni yerdan koYarib, qaytib borib o‘z joyiga otirdi. 
Meni esa kutilmagan baxt bexud qilib qo^gan 
edi. Shayx ikkala do'sti bilan o‘rinlashdi, men esa 
xijolatlik bilan qaddimni bukib turardim. Barcha 
guruh ahli o‘z o'rinlarini egallashgach, menga ham 
oYirishga ishora boldi.
Shayx muloyimlik bilan so‘z boshlab, awal ah- 
volimni shafqat bilan soVadi, men javob berarkan- 
man, hurmatini qilib yer o‘pdim. Keyin yana dedi: 
«Ey olam ahlining yagonasi, falak seni el ichra no- 
dir aylab, jahon nazmi sohasida qodir qildi. G‘azal 
yolida shunday yurishlar qildingki, she’r ahliga 
so‘z aytish harom boldi. Nazming jahondagi mam- 
lakatlami, jahon emas jon mamlakatlarini tutib 
ketgan edi, masnaviyga shitob qilib, qalaming- 
dan sof durlar to lea boshlading. Shunda ajoyib 
ish yuz berib, nazming el nazmiga shikast bera 
boshladi. So'zda menga tatabbu’ qilarkansan, 
necha bor iltijolar aylading. Chunki men «Xam-


sa»da: «Наг kimki, men bilan bellashishga umid 
qilsa, so'zim o'rog'idan keskir tig' yasab, u tig' 
olmosi bilan boshiga uray!» - deb ogohlantirgan 
edim. Ko‘p odamlar bu so'zlarimga da’vo qilmoq 
uchun kurashishdi. Shu daVo yolida boshlarini 
fido qilmoqchi ham bolishdi. Farzandim Xusrav 
Allohga iltijo qilgach, u ganjlar sirini topa oldi. 
Yana bir, ikki, uch odam qiynalib mehnat qilib, 
o‘z nasibalariga erishdilar.
Sen bu yolga qadam qolgach, o'zingni un- 
utib, bor xayolingni shu ishga berding. Baland 
martabang tog‘cha bolsa-da, maqsading oldida 
tufrog'cha ham bolmadi. Farzona Jomiy kabi pir 
tanlab, Nizomiy singari madadkor topib, poklik 
bilan bu ishga qol urgan choglngda poklar ruhi 
oldingda y o l ochib berdi.
Sahar vaqtlarida ruhimni duo bilan yod etmay 
turib, yozuvingni boshlamasding, faqat meni 
emas, balki bor nazm ahlini pok duo bilan tilingga 
olib, hurmating bizlarga behisob bolib, biz ham 
senga adadsiz madad qilib turdik. Bolmasa, ikki 
yilda bir «Xamsa» tugatmoq xomxayoldan boshqa 
narsa emas edi.
«Xamsa»ngdagi beshta xazinaga toldirilgan 
gavharlami ado qilib bolmaydi. Ulardagi dur-u 
lallar barcha ko'zdan yashirin bolib, duridagi 
iplami ham, lallaridagi teshiklarini ham ko‘rmoq 
ilojsiz. Haq taborak senga bu durlami bergan 
ekan, umid shuki, ular muborak bolg'ay.
Har bir kishi sen kabi kirishsa, evaziga shunday 
natijaga erishishi mumkin. Lekin shuncha ma’nolar 
xazinasini Haqyashirincha senga bergan ekan, qa- 
yerda shunday holatga duch kelsang, bilgilki, uning


sababi ikki ishdir: biri shuki, sen ham iltijo qilishga 
e’tibor berding, sirlar ahli seni qabul ayladilar va 
ragl)atlantirib turishga harakat qildilar, barchalari 
himmat bilan senga madad ko'rsatdilar. Yana biri 
shuki, ilm-u hunar ahli har nima qilsa, lof uradi-yu, 
ishni murabbiy qiladi. Hunarparvar ish buyuruvchi 
bolsa, hunarmand lof urguvchidir. Sening shohing 
sohibkamol bolib, oldida mulk-u mol qadrsiz edi. 
Unga men aytgan ikki ish nasib etgan edi. Uning 
ajoyib zamonida ajoyib ishlaming yuz berishi ajab- 
lanarli emas. Xalqqa chorasoz, mehribon shoh 
xaloyiq fozili Shohi G'oziydur. Tangri uning davlatini 
barqaror, martabasini yetti osmondan ham yuqori, 
buyuk qilsin. Zero, uning zamonida sendek kishi 
dunyoga keldi. Sening ishing esa odamzod qila ola- 
digan ish emasdir».
So‘z shu yerga yetganda, men beixtiyor o'mimdan 
turdim-da: «Shohga hamd-u sano aytdingiz, endi 
davlatiga ham duo qilsangiz», - deb iltimos qildim.
Sirlar donosi Mir Xusravga qarab: «Sen Shohi 
G‘oziyga madh aytuvchisan. So‘zingdan ba’zi bayt- 
lar yodidadir, asarlaring muborak xislatidadir. 
So'zlaringdan ko‘ngli ta’sirlanib, nafasingdan duo 
ham unga asar qiladi. Duo qilginkim, olimlar-u 
donishmandlar «omin» desunlar, biz ham «omin» 
deylik», - dedi. Davradagi she’r ahliga murojaat 
qilib, yana shunday dedi: «Sizlar shoirsizlar, u esa 
xushtab’ shohdir. Farzand Xusrav duo aylasa, 
uning tilaklarini Haq ravo qiladi. Barchangiz dil-u 
jon bilan «omin» dengiz. Ko'zdan oqqan yoshlar- 
imiz bilan duo qilaylik».
Bu so'zlami eshitganlar ma’qullagach, hamma 
himmat bilan shohga qilingan duoga «omin»


dedilar. So‘z ustasi Xusrav o'midan turib, duosini 
shunday boshladi: «Yo rab, to olam bor ekan, 
odam zoti ham boladi. Taxti hukmiga olam kirib, 
jinsi odamning barchasi bandasi bolsin. Qiyomat- 
gacha davlati barqaror bolib, kunlari hamisha 
shodu xursandlik bilan o‘tsin. Adolatidan jahon 
ahli, xususan, fazl-u kamol ahli tinch-omon ya- 
shasin». Shunday duo tugallangach, barcha ilm 
ahli qollarini yuzlariga surtdilar. Ahli savob qilgan 
duoni, ajab yo‘qki, Haq mustajob qilgaydir.
Duo tugagach, qoVnimdan «Xamsa»ni chiqarib, 
qora tuproqqa o‘zimni tashlab, yiglab, shunday 
iltijo qildim:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin