may parvoz etar, xuddi sulton boshida humoy
aylanib uchib turgandek, sher boshi atrofida
parvozda bolardi. Sher uning sayrashini eshi-
tar ekan, ba’zan yolg'ondan yordam so'raganini
eshitib qolib, unga: «Yolg'ondan meni yordamga
chaqirma, yaxshi bolm aydi, to‘g‘ri so‘z oldida
yolg'on yomon qiliq sanaladi», - deb nasihat qilar-
di. Ammo hech qaysi hayvondan qo'rqmaydigan
bo lib qolgan durroj yolg'onchiligini tashlamay,
hazillashgani-hazillashgan edi.
Bir kuni bir ovchi uni ushlash maqsadida o‘z
to'rini yoydi. Durroj donalarni yeb, suv tomon
yurgan ham ediki, ovchi to‘rini tortdi. Qush ovozi
boricha o'zining tuzoqqa tushib qolganidan sher-
ni: «Dod! Meni tutib olishdi!» - deb ogohlantirsa
ham, sher uning so‘zlarini har doimgidek aldam-
chiligi, hazili deb o'yladi. U durrojning bunday
hazillarini, yolg'onchiligini ko‘p eshitib aldangan
edi. Shuning uchun bu safargi chin so'zlarini ham
oldingi qiliqlaridan biri deb bildi-da, yordamga
kelmadi. Oqibatda yolg'onchi qush ovchi qolida
halok boldi.
Har kishikim biron so‘zni bexosdan yolg'on
so'zlab yuborsa ham, xalq uni rost deb biladi.
Dostları ilə paylaş: