«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Netti Navoiy, qo'yubon telbalik



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Netti Navoiy, qo'yubon telbalik,
Sen dag‘i ursang bir etakka ilik.
0 ‘n to'rtinchi maqolat 
FALAK HAY’ATI SHIKOYATIDA
Olam bir nayrangbozdir, ey ko'ngil, uning 
makrlari, aldovlari bilan ranjiyverma. Balki bir 
qo‘g ‘irchoqboz kabi hiylagar, tomosha parda- 
si - chodiridan ming xil o'yinchoqlami namoyish 
etadi. Bir-biridan chiroyli qo‘g ‘irchoqlarni elga 
k o ‘rsatishdan m aqsadi esa elni aldashdan, 
azoblashdan iborat.
Ham to‘kib el qonini tadbir ila,
Ham olib el jonini tazvir ila.
U, olam kelinini tomosha qilar ekan, makkora- 
lik qilib, uni turli bezaklar bilan yanada go‘zalroq 
qilishga intiladi. U go‘zal kelinni erta tongdanoq


xushbo'y gullar bilan bezaydi, gul bilan yuzi- 
ga g‘oza surib, zulf hamda egnini sunbul bilan 
orasta qiladi-yu, lola bilan chehrasini qizil qilib, 
lola dog‘idan ul chehraga xol yasaydi. Sabza bi­
lan qoshiga o'sma qo'yib, shabnam bilan yuziga 
yopinchiq - me’jar tutadi. Sarvdan panjalariga 
nigor surma surtib, suvni unga oyinador qiladi. 
Og'zini g4mchalar bilan pinhon qilib, so‘zlash 
chog‘ida u g'unchani ochiladigan qiladi. Shahlo 
nargisdan unga ko‘z yasab, savsan-u ra’nolar 
tilidan so‘z o'rgatadi. Ko‘zlariga g'amza bilan noz 
o'rgatib, g'amzasiga firibgarlik talimini beradi.
Shuncha go'zalliklar bilan u olam kelinini bezab, 
xalqni unga maftun etishga intiladi. Endi har kim 
u go'zalni ko‘rib shaydo bolgach, o‘zi dallolalik 
qilib, ikki toqdan juftlar yasaydi-yu, mahrga jon 
davlatini belgilaydi. Yigit va qiz bir-biriga oshiq 
bolgach, endi ulam ing jon bilan imoniga hujum 
qilib, dahr uyidan quvlaydi. Olam shunday davom 
etaveradi.
Insonlar tinmasdan bazmga kelgan odamlardek 
bu dunyoga kelib-ketaveradilar. Yuz ming falak 
odamlarni shu tarzda vayron qilgan, uning jafo- 
sidan oh, yuz ming oh! Jahondagi barcha jonli 
va jonsiz narsalar undan shikoyat qiladilar. Fal- 
akning to'xtovsiz aylanaverishidan tun bilan kun 
hayoti ostin-ustun boli^petgan. Chekkan azoblari- 
dan quyosh yuzi sarg'aylb, yangi oy ham behol. 
Tong to'nini chok etib, uning g'ami bilan shorn 
libosi motamiy rang. Falakning azob-uqubatlari- 
dan o'tni o‘z isitmasi beqaror qilsa, yelni yugur- 
moqdan charchatadi. Dengiz unga alami borligi 
tufayli ichida zahar saqlaydi, kon falak zulmidan


baxti qaro, go‘у о ichini laxta-laxta qon bog'lagan. 
U beixtiyor durga jafo qilib, ozor berganidan bu 
holatga chiday olmay ko‘z yosh topadi. Bulut 
holining azobi uning dardiga bir qora oh bolib 
atrofida yuradi.
Chashma ham o‘zi ko‘rgan balolar tufayli bir 
ko‘zini yo‘qotgan holda ko‘z yosh tolcadi. Bulbul 
uning alamidan diqqat, shu tufayli gul to‘ni par- 
chalari ham yerni qoplab yotadi.
Ammo falak el joniga har qancha o‘t solsa ham, 
berganlarini barcha odamdan qaytarib oladi. Fa­
lak ham o'zini elga yaqin tutib, mehribonlik qilib, 
bir necha kun nash’-u namo ham ko‘rsatadi-da, 
bir necha-kun elni o‘z maqsadiga erishtirgandek 
boladi. Birovni mol-u davlat sohasida Qorun kabi 
boyliklarga ega qilsa, boshqasini Faridun kabi 
taxtga mindiradi.
Falak el holini sinovdan o'tkazib, pokni nopok- 
dan judo qiladi. Yaxshi bilan yomon m a’lum 
bolgach, g'alvirini aylantirib, ko'proq yaxshilik 
qilganlarga lutf etib, yanada boyroq qiladi.
Ba’zan saxovatga noloyiq kishilarga, bilimsiz, 
odobsiz kishilarga oltin laganlarda kumushlar 
hadya qiladi. Pokiza deb bilgan gulni jannat gulzo- 
rining zevari deb anglaydi-yu, tikanga mubtalo 
etib, uzib-sovurib yuboradi. Rindlar ichkilik 
qadahi terisini Xo'tan mushki saqlaydigan qildi. 
Qilichni zolim podshoh yoniga osib qo'yib, ko'plab 
begunoh kishilar qonining asossiz to'kilishiga 
sabab b o ld i. O/qdek to ‘g ‘ri yaxsh i odam lar 
adolatni bilmagan podshohning saroyida eng 
tuban ishlami bajarishga tayinlanganlari uchun 
boshqa mamlakatlarga qochib ketardilar.


Qizig'i shuki, yaxshi yoki yomon odamlar o‘z 
muhlati bo^icha yashab, taxt uzra yashaganlar 
kabi taxta ustida bu dunyoni tashlab ketardilar.
Falak taxt ustida podsholik qilgan ne-ne ulug‘ 
shohlaming birontasini ham omon qoldirmadi. 
Faridun-u Jamshid, Eraj-u Hushang, Zahhok-u 
Salm, Manuchehr-u Navzar, Bahman-u Skandar 
qani? Jahongir Chingizxon, jahon xoni Temur 
Ко‘r agon qani? Bu charxi dun - pastkash olam 
bittasiga ham vafo aylagani yo‘q. Kimni yuksakka 
ko'targan bolsa, yana pastga uloqtirdi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin