«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Nafing agar xalqqa beshakdurur



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Nafing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki bu n a fo ‘zunga ko'prakdurur.
Chunki bulut dengizga 
o‘z
qatralarini sochsa, 
bahr ham bu qatralarni pokiza durga aylantiradi. 
Dehqon niholni parvarish qilsa, u gul va meva 
beradi.
Kimki zarar keltirishga odatlansa, elgagina 
emas, o‘ziga ham javr etadi. Chunki shishani 
bosib sindirgan inson o‘z oyogl yara bolishini 
o'ylayverm aydi. Xas-xashakka shu’la tushib 
alanga olsa, uni kuydirgach, o‘zi ham o'chadi. 
Kapalakni tutmoqchi bolgan bola do'ppisini yerga 
uradi-da, o‘z boshini ochiq qoldiradi.
Eksa g ‘ani tuxm qilib elga z o ‘r,
Tuxmini toroj qilurxayli m o‘r.
Ya’ni biron badavlat kishi zo‘rlik bilan xalqning 
uruglni tortib olib, uni o‘z yeriga eksa, bu urug‘ni 
chumolilar talab ketishi muqarrar. Kimki falakka 
qarab tosh otsa, o£z toshi o‘z boshini yaralaydi.
66


Pastkashlik belgisi yomonlikdir, Shulaning tabiati 
haroratdir.
Lekin yomon odam ham o ‘zini yaxshi qilib 
ko‘rsatsa, nima ham deyish mumkin. Ammo 
mushkni har qancha yashirib qo“yilsa ham, atri 
uni elga oshkor qilganidek, uning yomonligi ham 
yashirin qolmaydi. Aslida yaxshi odam ham boy-u 
kambag'al bolsa ham sezilib turadi.
Xudo birovning tabiatini pok qilib yaratgan 
bolsa, порок odamlar uni sevmasa, hechqisi yo‘q. 
Meva ostida danak ham, m aglz ham bolganidek, 
har kimsaning do‘sti ham, dushmani ham boladi.
Yaxshi-yamondin ban emnas jahon,
Lek yamon zohir-u, yaxshi nihon.
Chunki yamon ko‘prak emish, yaxshi oz, 
Jazmki, oz o ‘lgeusidur yaxshi roz.
Chunki boshqalami pisand qilmaydigan odam­
lar yaxshilarni aslo pisand qilmaydilar. Yomon 
qiliqlarni yoqtiradigan pastkashlar elning yax- 
shilarini yoqtirmaydilar. Xayoli yomon fikrlarga 
tola insonlar barcha yaxshi fikrli kishilarga hasad 
qiladilar, ular toshlarni la l hisobida bilib, barcha 
sadaf poralarni inju hisoblaydilar.
Birovning dasturxonida patir ko'rsalar, os- 
mondagi to lin oydek b olib ko'rinadi. Birovning 
za rh a l a y vo n in i k o'rib qolsa, o ‘z ay vo n in i 
ko'rayotgandek tasaw u r qiladi. Har kishi gul 
islasa, uning qo liga tikon botgandek boladi; el 
shod bolsa, u bundan alam chekadi, dard uni 
iztirobga soladi.
67


Nabi scrzi bilan shod bolib, elga zarar yetkazish 
xafvidan ozod inson! Haq falak toqini bino aylar 
ekan, uning ichida ushbu foniylik dunyosini ham 
yaratdi. Davron gulshaniga naqsh-u nur berib, 
har gulini toblanuvchi oftobga aylantirdi.
Xudo bu chamanni yaratar ekan, unga inson 
guli maqsad bolgan edi. Insonlar guruhi aro ham 
komili payg‘ambarlar shohi Ahmadi mursaldir.
Payg'am barlar quyoshini shunday yuksak 
va ulugligi bilan sening shomingni yorituvchi 
mash’al, sening shoningni aytuvchi maddoh qildi, 
naf yetkazish olchovini tuzib, shu olchovga ko‘ra 
seni odamlarning yaxshisi qildi.
Sen ushbu ulug‘ martabaning qadrini ЬД va uning 
shukrini qil. Shukrni mumkin qadar ko‘proq qil- 
moqlik - ko‘proq yaxshi so‘z so‘zlamoqlikdir.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin