Nargis shabnamdin ashk etib fosh,
Ahvolig‘a yummayin to‘kub yosh.
Chun ko‘ksida hajrdin ко‘rub dog‘,
Ko‘ksi uza lola kuydurub dog‘.
Zaxmi ko‘kidin binafshada g ‘am,
So‘ziga kiyib libosi motam.
Sunbul qilibon qaro uzorin,
Ochib qora zulfi mushkborin.
So‘giga oqar su zor yig‘lab,
Un tortib so‘gvor yig‘lab.
Sarv оЧтау mehnatidin ozod,
Qolmay shamshod dardidin shod.
Bu xil samimiy va ta’sirchan tasvirdan tabi-
atning inson zotiga hamdardligi, unga cheksiz
mehribonligi mohirona chizilgani ko'zga tashlanib
turadi. Shoir insonning ham tabiatga mehr-u
shafqatini ko‘p o‘rinda san’atkorlik bilan talcidlay-
di. Jumladan, Farhod o‘z olimi oldida jabrdiyda
tog‘ga murojaat qilib deydiki:
...Sanga mandin yetibdur oncha yotliq,
Ki yuzungdin uyotlig'man, uyotlig‘.
Gahi bag‘ring bo‘lub tesham g'ilofi,
Gahi jismingda metinim shikofi.
Yuzung yoshimga xunolud gohi,
Damimdin boshing uzra dud gohi.
Bori jurmumg‘a tig‘i afv surgHl,
Borur chog‘imda afv aylab kechurgil».
Tabiat bilan Inson orasidagi bu xil do‘stona
munosabat, sadoqat, shafqat Navoiyning barcha
ijobiy qahramonlariga xosdir.
Alisher Navoiy mumtoz she’riyatimizda keng
qollanib kelgan turli xil uslublardan о‘m i bilan
unumli foydalanaveradi. Shuning uchun «Xam-
sa» dostonlarida sof realistik hayotiy hodisalar,
manzaralami ham, romantik ko^tarinki, kuchay-
tirilgan tasvirlami ham, xalq og'zaki ijodiga xos
xayoliy fantastik lavhalami ham aralash holda
uchrataveramiz. Masalan, Farhodning tog'dan
suv chiqarish faoliyatida rejalashtirish, ariqni
tayyorlash lavhalari haqqoniy tasvirlansa, ba’zan
Farhod kuch-qudratini dalillash uchun romantik
manzaralarga murojaat qiladi. Uning dev va aj-
daho bilan jang koWnishlari esa g'oyat bo'rttirib
tasvirlanadi. Boshqa dostonlarda ham shu to'rt
usul birgalikda qollanaveradi. Bu xil sinkretik
aralashlik realistik hayotiy tasvimi yorqinroq aks
ettirish maqsadini ko'zlaydi.
«Saddi Iskandariy» dostonidagi qo'shinlaming
to'qnashuvi, ayniqsa, yakkama-yakka olishuvlar,
shohlar aro munozaralar, Iskandar devorining
qurilishi o'quvchini hayotiy tasvirga ishontiradi.
«Sab’ayi sayyor» dostonidagi ko‘plab hikoyalar
ham voqealaming rostligiga shubha uyg'otmaydi.
Birinchi hikoyada Axiyning o‘z xotinini Farruxga
berib yuborishi har qancha g‘ayritabiiy tuyil-
masin, Axiyga xos yuksak insonparvarlik, uni
olimdan qutqarib qolish uchun shunday ishga
qo*l urishi ham aql bilan fikr yuritgan kishiga o‘ta
g'ayritabiiy tuyulmaydi. «Suhayl va Mehr» hikoyasi
ham haqqoniyligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.
Navoiy «Xamsa»sida yaqqol ko‘zga tashlanib
turadigan kashfiyotlardan yana bin dostonlarda
ilmiy-hayotiy timsollarga keng o‘rin berilishidir.
Ilm va fan bilan bolalikdan qiziqib kelgan shoir
«Farhod va Shirin» dostonida robotlar siste-
masini yovuz kuchlar quroli sifatida tasvirlab,
inson tafakkurining, Farhodning bu ilmiy-xay-
oliy jismlar ustidan g'alabasini tasvirlagan edi.
«Sab’ayi sayyor» dostonida Navoiy soatiga 35-45
kilometr yuradigan «Sariyus sayr» nomli ulov
haqida fikr yuritadi. Bu asboblar odamlarga tez
harakat qilishga imkon beradi.
«Saddi Iskandariy» dostonida esa jahonni
yorituvchi Jamshid jomi, Chin olimlari ishlagan
ikki ajoyib ko‘zgu, Rum donishmandlariyaratmish
ajoyib jom va usturlob asboblari tasvirlanadi. Mal-
lu qo'shinlariga qarshi Iskandar olimlari tomoni-
dan ishlangan sirli qurol atom bombasini eslatadi.
Bunday tasvirlami biz boshqa shoirlar ijodida
uchratmaymiz. To‘g‘ri, shoir salaflari Iskan-
darning shisha idish yasatib, unga arqon ulab,
suv ostida yuz kun baliqlar hayotini oVgangani-
ni talcidlashgan edi, lekin Navoiy bu xil tasvir
ilmiy-xayoliy timsolga nisbat berilsa, o‘quvchini
ishontirmasligini his etib, shohning bu xil faoli-
yatini uning payg'ambarlik quwati ifodasi sifatida
ko‘rsatishni ma’qulroq ko‘radi.
Alisher Navoiy «Xamsa»sini tashkil qiluvchi
dostonlaming har biri katta hajmga ega bolgan,
yuksak ma’naviyat va badiiyat qonunlariga tola
amal qilingan holda yozilgan hamda boy va go'zal
o‘zbek tilining bor nafosatini o'zida ifoda qilgan
mukammal badiiy asardir. XV asr adabiy tilida
yaratilgan va hozirgi zamon o'quvchilari uchun
anchagina tushunilmaydigan, aniqrog'i, eskirgan
so'zlari bolgan, xilma-xil til san’atlari va uslublari
qollangan bu obidalami Navoiy tilida tushunish
ancha mehnatni, lug‘atlar ustida tinimsiz ishlash-
ni talab qiladi. Kitob yozib tugallangan XV asrda
va undan keyin ham dostonlarni o'qib anglash
oson bolmagandirki, keng xalq ommasi qiynal-
masligi uchun «Xamsa»ning ixchamlashtirilgan
va soddalashtirilgan xalqona nasriy nusxalari
yaratilgan. Adabiyotshunos Maxzun, Umar Boqiyning
kitoblari shunday asarlardan edi.
Navoiy «Xamsa»si dostonlarini osonroq tushu
nish uchun o'tgan asrda ham bir necha harakatlar
qilindi. O.Sharafiddinov, Y.E.Bertels, V.Zohidov,
A.Qayumov, P.Shamsiyev, O'.Karimov, S.Mutalli-
bov, A.Rustamov, S.Erkinov, N.Mallayevvabosh-
qalar tomonidan Navoiy «Xamsa»si dostonlarining
mukammal nasriy matnlari tuzilib, ko‘p nusxada
nashr qilindi. Ammo o'quvchilar, litsey va kollej
talabalari hamda ulug‘ shoirning ko‘p sonli mux-
lislari uchun bu mukammal nasriy nashrlar ham
oglrlik qilyapti, shekilli. Har holda yoshlarimizning
ko'plari «Xamsa» dostonlari mazmunidan yaxshi
xabardor emaslar. Maktablar, litsey, kollejlarda
bunga imkoniyat topilmaydi - kitoblar yetish-
maydi.
Shulami hisobga olgan holda biz Navoiy «Xam-
sa»si dostonlarining asosiy mazmunlarinigina ix-
cham tarzda bayon qilingan kitobchalar va ulam-
ing barchasini to'plab bitta kitob holida tajriba
sifatida taqdim etishni ma’qul ko'rdik. Nashr etil-
gan asarlaming kirish va xulosa qismlari tushirib
qoldirilgan, asardagi cho'zilib ketgan ba’zi oVinlar:
manzaralar, monologlar ixchamlashtirilgan. Bu
Xil yondashish dostonlaming toliq tushunilishiga
imkon bermaydi. Ular haqida keng malumotga
ega bolish uchun dostonlaming toliq nasriy
bayoni, qolaversa, Navoiy dostonlarining o‘zi bilan
toliq tanishish lozim. Qolingizdagi kitob esa dos-
tonlar mazmunini osonroq tushunib olishingizga
yordam beradi, xolos.
Kitob tajriba holida nashr etilayotgani uchun
unda ayrim kamchiliklar bolishi ham mumkin.
Olimlarimiz, navoiyshunoslarimizning o'rin-
li maslahatlari, Navoiy «Xamsa»sining shu xil
nashrini yanada mukammalroq nashr etishimizga
yordam beradi, deb ishonamiz.
Dostları ilə paylaş: |