Kim bilgusidur bu qissani ham.
Sog'ingay ul emgak oshnosi,
Mendin bo‘lmoq bu ish rizosi.
Faryodki, o ‘lgudek g ‘amim bor,
Tong y o ‘q, gar o'zimga motamim bor».
Uy ichida Layli shunday iztirob chekar ekan, bir
chekkada uning nola-yu faryodini eshitib turgan
onasi qizining
dard-u alamlarini anglab, g'amga
cho'mdi. Tun-u kun Layli holati haqida oyiar, uning
qaygtilariga qanday chora qilish mumkinligi haqi
da fikr yuritardi.
Es-hushidan ayrilgan Qays qorong‘i tunda de-
vonasifat uyidan chiqib, dasht tomon qochganida,
qabila ahli g‘am chekib, otlig‘-u yayov holda uni
izlashib topisholmay qaytishdi. Ota-onasining
g‘ami yanada ziyoda bolib, nima qilishi kerakligi
haqida fikrlashishdi. Oxiri Tangriga iltijo qilib, uni
o‘z panohida asrashni so‘rash, muhtoj kishilarga
ehsonlar qilishib,
ulardan Qays haqiga duolar
qilishni iltimos etishga qaror qilib, Tangrining
mehribonligiga, o'glllarini o'zlariga qaytarishiga
umid izhor etishdi.
Haj
mavsumi boshlangach, ota-onasi, qa-
rindoshlari Ka’baga borishga tayyorlik ко‘rib,
odamlami yana izlashga yuborib, Majnunni topib
kelishdi-da, unga haj qilishi haqidagi niyatlarini
bildirishdi. Bu ish unga ma’qul tushdi, chun
ki bu safar uning ham orzusi edi. Qaysni tuya
ustiga o'matilgan kajavaga o‘tqazib, КаЪа tomon
yol.olishdi.
Bir necha kun yurib, haramga yetib
borishdi. Qarshilarida har am emas, arshi a’zam
- osmonning eng yuksak cho‘qqisi turardi.
Majnun bunday salobatli binoni k o ‘rgach,
ko'nglida bir shukuh, shavq o‘ti paydo boldi-da,
ko‘z yoshlari yomglrdek
quyila boshladi, oh ur-
di-yu, chaqindek sakrab turib xuddi yer atrofida
falak charx urgandek
haram tegrasida aylanib
yura boshladi. Yuzi bilan haram eshigini supur-
gach, halqasiga qolini qoyib, faryod urdi: «Ey
dono hakim, ey ishq otini jon-u tanimga urgan,
bugun men, ishq ichida majruh bolgan,oyoqlari
boglangan asir huzuringga keldim. Ishq otini, Lining
halokatli g'amini
bayon qilar ekanman, menga
shodlik baglshla yoki ishq g'amidan qutqaz, deb
aytmayman. Menga bu otni har dam ko‘proq
qil-u, zarracha ham kam etma. Ko'zlarimga ishq
totiyosini surib, qalbimgaishqkimyosiniur! ...Yo
Rab, ko'nglumni g‘am bilan to“yglzib, ishq ichra
meni yo‘q qilgin.
Menga ishqni unut, Layli g‘ami-
dan o'zingni chetga tort, deyishadi. Alloh-Alloh,
bu qanday so‘z boldi?!
U odamlarni Tangrining
o‘zi kechirsin. Yo Rab, bu lazzatli mayni istagim
jomiga toldirib quy, u maydan shunchalik ko‘p
tutginki, hushimni mutlaqo unutay.
Dostları ilə paylaş: