Moda industriyasida brend- menejment tushunchasi. Brending. Reja: Brending tarixi. ”Brend” tushunchasi ta'riflari



Yüklə 233,5 Kb.
səhifə3/10
tarix01.01.2022
ölçüsü233,5 Kb.
#50350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
brend haqida barchasi

3. “Brend” va “Savdo belgisi”

Odatda kơpgina mualliflar “savdo belgisi” va “brend” tushunchalari ơrtasida farq borligini ta'kidlashadi, chunki bu kategoriyalarni tushunishda bir qator chigalliklar mavjud.

Yuridik jihatdan (fuqarolik Kodeksiga kơra) “tovar belgisi” tushunchasi mavjud bơlib, u mahsulot individualizatsiyasining vositasi sifatida belgilanadi, bu belgiga tashkilot yoki mulkdlorlik kompleksi ega bơlish huquqiga egadir. Parij konventsiyasiga kơra, tovar belgisi - sotishga ruxsat berilgan har qanday mahsulotning zaruriy atributidir. Tovar belgisibu firmaning nafaqat reklamasi, balki u ishlab chiqargan tovar sifati uchun mas'ulligi hamdir. Dunyoda 5 mln.ga yaqin tovar belgilari mavjud. Kundalik nutqda “tovar belgisi”ni kơproq “tovar markasi” deb atashadi. Shu tariqa, “tovar belgisi” – bu yuridik tushuncha bơlib, “brend” esa marketing terminidir.

Savdo markasi nomidan, grafik tasvir (logotipdan) va kompaniya (tovar) ning tovushli simvollaridan iborat bơlib, barcha kompaniyalar savdo markasiga ega. Ammo juda kam kompaniyalar ơz brendlariga egadirlar.

Brendni, ơz navbatida ( yuqorida bildirilgan fikrlar asosida), ijtimoiy, emotsional, funktsional va iqtisodiy faktorlarning ơzaro ta'siri sistemasi sifatida qarash mumkin. Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, brend – bu ongimizda savdo markasi va mahsulotning u mavjud bơlgan vaqtda foydalanuvchilarda yuzaga kelgan, emotsional munosabat bilan bezalgan barcha xarakteristikalarining qơshiluvidir. Masalan, uyali telefonlar haqida gapirilganda birinchi bơlib Nokia brendi yodga kelsa, atirlar tơğrisida sơz ochilsa, CHANEL brendi esga olinadi.


Yüklə 233,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin