35-modda. Idoraviy yong‘in nazorati Idoraviy yong‘in nazorati idoraviy yong‘indan
saqlash xizmati, shuningdek qonun hujjatlarida
vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan
idoralarga qarashli tashkilotlarning yong‘in xavfsizligi
talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv
natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida
amalga oshiriladigan nazoratdir.
Idoraviy yong‘in nazorati vakolatli organlar
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
Idoralarga qarashli tashkilotlarda yong‘in
xavfsizligi talablari yong‘in kelib chiqishiga va
odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda
buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy yong‘indan
saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab
chiqarish uchastkasining, agregatning ishini, binodan,
inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi
ishlarni bajarishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish
huquqiga ega.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar 36-modda. Yong‘indan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati boshqaruv
organlari hamda bo‘linmalarining, bundan tashkilotlar
bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil
etiladigan bo‘linmalar mustasno, moliyaviy va
moddiy-texnika ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga
oshiriladi.
Davlat
yong‘in
xavfsizligi
xizmatining
tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil
etilgan bo‘linmalarining ta’minoti mazkur tashkilotlar
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Idoraviy va ko‘ngilli yong‘indan saqlash
xizmatining
moliyaviy
hamda
moddiy-texnika
ta’minoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy
kafolatlari
va
kompensatsiyalarini
moliyaviy
ta’minlash ularning muassislari tomonidan o‘z
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.