Xavflarning sinflanishi.
1. Kelib qikish tabiatiga ko’ra xavflar
quyidagilarga
bo’linadi:
tabiiy,
texnikaviy,
antropogen (inson bilan bog’lik), ekologik, aralash
(ikkita va undan ortiq).
2. Maxsus standartlar bo’yicha: fizik, kimyoviy,
biologik va psixofiziologik.
3.
Salbiy
oqibatlarning
vaqt
bo’yicha
kelibchiqishiga ko’ra xavflar impulsli va kumulyativ
(inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.
4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish,
kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in va o’lim
xavflari.
5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, texnik,
ekologik.
6. Yakkalashi bo’yicha: litosfera, gidrosfera,
atmosfera va kosmos bilan bog’lik bo’lgan xavflar.
7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga,
sportga, yo’l - transportiga, ishlab chiqarishga oid
xavflarga bo’linadi.
8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosil
qilingan (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan)
bo’ladi.
9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga qarab faol
(aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust
xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi vujudga
keltiradi. Bular: o’tkir (sanchiluvchiva kesuvchi)
qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning
notekisligi,
qiyaliklar,
balandliklar,
bir-biriga
tegayotgan tekisliklar orasidagi ishkalanish va
boshqalar. Xavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan
oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi
(aposterior) belgilari mavjud [1].
Faoliyatning potensial xavfi xaqida aksioma Xar
qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat
tajribasi asos beradi. Faoliyatning bironta turi yo’qki,
u abadiy xavfsiz amalga oshsa. O’z navbatida,
quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: xar qanday
faoliyat
potensial
xavflidir.
Bu
tasdiqlanish
aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat
metodologik va evristik axamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: |