Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   207
5c78e023dfdea (1)

Tavakkal 
kvantifikasiyasi. 
Ko’pchilik 
mutaxassislar tavakkal bilan afzallikni taqqoslashda 
inson xayotining moliyaviy o’lchovini kiritishni taklif 
qiladilar. Bunday yondashish ayrim shaxslar o’rtasida 
noroziliklarni olib kelmoqda, ular ta’kidlaydilarki 
inson xayoti buyukdir, uni moliyaviy jixatdan 
baxolash mumkin emas. Lekin tajribada, insonlar 


xavfsizligi maqsadida bunday baxolash zaruriyati 
mukkarar ravishda paydo bo’ladi. Agar oldimizga 
shunday savolni qo’ysak: “Inson xayotini qutqarish 
uchun qanchamablag’ sarflash kerak?” AQShda 
xorijiy olimlarning ilmiy-tadqiqotlari bo’yicha inson 
xayoti 650 mingdan 7 mln. dollar atrofida baxolanadi. 
Tavakkalni aniqlashni 4 xil uslubiy yondashishga 
bo’lish mumkin: 
1. Injenerlik - bu statistika, chastotalar xisobi, 
xavfsizlikning extimoliy taxlili va xavf daraxtlarini 
qurishga asoslanadi. 
2. Modelli - bu aloxida odamga, ijtimoiy va 
kasbiyguruxlarga zararli omillarning ta’sir qilish 
modelini qurishga asoslanadi. 
Bu ikkita usul (metod) xisoblarga asoslanadi, 
nayinki xamma vaqt xam ma’lumotlar yetarli 
bo’lmaydi. 
3.Tekshirishga asoslangan (ekspert) bunda xar 
xil 
xodisalarning 
extimolini 
malakasi 
oshgan 
mutaxassis (ekspert)larni so’rash bilan aniqlanadi. 


4. Ijtimoiy - aholini so’rashga asoslangan.
Yuqorida qayd qilingan usullar tavakkalning xar 
xil tomonlarini ochib beradi. Shuning uchun ularni 
kompleks xolda qo’llash zarurdir. 
Ma’qul 
bo’lgan 
tavakkal 
konsepsiyasi. 
An’anaviy texnika xavfsizligi qat’iy ravishda 
xavfsizlikni ta’minlash va xech qanday talofatlarga 
yo’l 
qo’ymaslikka 
asoslanadi. 
Tajribalarning 
ko’rsatishicha 
bunday 
konsepsiya 
texnosfera 
qonunlariga mos kelmaydi. Mutloq (absolyut) 
xavfsizlikni talab qilish insonlar uchun o’zining 
insonparvarligidan sotib olingan fojiaga aylanishi 
mumkin, shuning uchun ishlayotgan sistemalarda 
nolinchi darajadagi tavakkalni ta’minlash mumkin 
emas. 
Xozirgi 
dunyo 
mutloq 
xavfsizlik 
konsepsiyasidan yuz o’giradi va ma’qul bo’lgan 
(ruxsat qilingan) tavakkalga keladi. Ma’qul bo’lgan 
tavakkalning mazmuni xozirgi davr vaqtida jamiyatga 
ma’qul bo’lgan xavfsizlikga intilishdir. Ma’qul 


bo’lgan tavakkal o’zida texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy 
va siyosiy jixatlarni mujassamlashtiradi va xavfsizlik 
darajasi bilan ularni amalga oshirish imkoniyatlari 
urtasida 
ayrim 
baxslarni 
keltirib 
chiqaradi. 
Xammadan oldin shuni nazarda tutish kerakki, texnik 
sistemalarning xavfsizligini oshirishda iqtisodiy 
imkoniyatlar chegaralangandir. Xavfsizlikni oshirish 
uchun juda ko’p mablag’lar sarf qilib, ijtimoiy soxaga 
katta zarar keltirish mumkin, masalan, tibbiy 
yordamni yomonlashtirish. Xarajatlarning oshishi 
bilan texnik tavakkal kamaymoqda, ammo ijtimoiy 
tavakkal oshib ketmoqda. Texnik va ijtimoiy soxalar 
o’rtasidagi ma’lum bir nisbatda jamiy tavakkal 
minimumga egadir. Shu kunda jamiyat tinchligini 
ta’minlash uchun, bu xolatni tavakkalni tanlashda 
albatta extiborga olish muximdir. 
Ayrim 
davlatlarda, 
masalan 
Gollandiyada, 
ma’qul bo’lgan tavakkal qonuniy tartibda belgilangan. 
Bir yilda inson ulish yakka tavakkalining maksimal 
mumkin bo’lgan darajasi 10
-6
ga teng xisoblanadi. 


Xisobga olinmaydigan darajada eng kichik bo’lgan 
ulishning yakka tavakkali bir yilda 10
-8
ga teng. Agar 
biogesenoza turlarining 5% zararlanadigan bo’lsa, 
ekosistema uchun maksimal ma’qul bo’lgan tavakkal 
xisoblanadi. Ma’qul bo’lgan tavakkal konsepsiyasi 
xali bizning mamlakatimizda o’rganilmagan. Nayinki 
ayrim mutaxassislar buni o’rganishni muammoga 
nisbatan noinsonparvarlik tarzda yondashish deb 
qarab, uni tanqid ostiga olmoqda. Xaqiqatda 2-3 
tartibli ma’qul bo’lgan tavakkallar “qattiq” faktlarga 
asoslanadi. Binobarin ma’qul bo’lgan tavakkalni 
o’rganish va uni fanga kiritish insonlarni ximoya 
qilishda birdan-bir to’gri yul xisoblanadi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin