Ta’limda portal texnologiyalari
Ta’lim
tizimini
isloh
qilishning
muhim
yo‘nalishlaridan
biri
axborotkommunikasiya texnologiyalari bilan o‘quv jarayonini tizimli
integrasiyalash hisoblanadi. Bunda o‘quv jarayonini tashkil etish va uning
mazmunini tubdan yangilash, axborot-kommunikasiya texnologiyalari
muhitida o‘qituvchining pedagogik faoliyati va talabaning ta’lim olish
jarayonini tashkil etish strategik masala sifatida namoyon bo‘ladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning
keskin ko‘payib borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish
uchun vaqtning chegaralanganligi ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy
etishni
taqozo
etmoqda.
Ta’lim
mazmunini
takomillashtirishning
yo‘nalishlaridan biri ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ta’lim olish
imkoniyatlari, ta’limning axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish
uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya jarayonlarining
asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning
yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab sanalsada, ammo bunday
muhit ta’lim tizimini takomillashtirishga, ta’limda axborot texnologiyalarini
tub ma’noda joriy etishga xizmat qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari talabalar uchun ma’lumotlarni yetkazish,
saqlash, qidirish kabi jarayonlarda katta imkoniyatga ega. Hozirda ta’lim
muassasalarida elektron shaklda ko‘plab axborot-ta’lim resurslari yaratilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonlarini axborotlashtirishni rivojlantirish yo‘nalishi turli
ta’lim axborot resurslarining birlashtirilishi orqali axborot-ta’lim muhitlarini
yaratish bilan bevosita bog‘liq. Bunday muhitni tashkil etishda, avvalom bor,
ta’lim muassasalarida axborotlashtirishni tashkil etish, ya’ni barcha o‘quv,
442
ma’muriy va xo‘jalik xizmatlarni, kutubxona va boshqaruv (rektorat, dekanat,
o‘quv bo‘limi va boshq.) bo‘limlarini yagona tarmoqqa birlashtirish, ularni
INTERNET tizimiga chiqish imkoniyatlarini yaratish, ta’lim muassasida
o‘quv jarayonini nazorat qilish, hujjatlar elektron almanishuvini tashkil etish,
axborot texnologiyalari negizida maxsus o‘quv-metodik majmualarni yaratish
orqali talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etish kabi vazifalarni
amalga oshirish zarur bo‘ladi. Hozirda bunday vazifalarni bajarishda portal
texnologiyalarini yaratish orqali axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni
tashkil etish mumkin. Ta’lim muassasining yagona axborot-ta’lim muhitini
rivojlantirishning muhim yo‘nalishi sifatida o‘quv jarayonida axborot va
telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi. Axborotlarni
tizimlashtirish axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni yengillashtiradi.
Axborot-ta’lim portallarining yaratilishi axborotlarni mantiqiy tartiblash va
tizimlashtirishga yordam beradi.
Axborot-ta’lim portallarini yaratish va uni rivojlantirishda tizimli yondashuv
zarur hisoblanadi. Chunki portal texnologiyalari asosida ta’lim muhitini
yaratishda tahliliy tayyorgarlikning yaxshi darajada bo‘lishi, mazmunning
maqsadga muvofiqligi, axborotlarning tizimlashtirilishini ta’minlash muhim
sanaladi.
Portal – bu foydalanuvchiga axborotlarni oddiy navigasiya va keng ko‘lamli
qulay interfeys orqali yetkazish uchun turli axborot resurslarini birlashtiruvchi
tarmoq telekommunikasiya tuguni hisoblanadi. Bundan kelib chiqib
portallarga quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:
-
ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishi;
-
axborotlar ko‘lamining kengligi;
-
asosiy tarmoq formatlarni qo‘llashi;
-
oson va samarali qidirish tizimini joriy etishi;
-
axborot resurslarining integrasiyasi;
-
axborot xavfsizligini ta’minlashi;
-
axborotlarni tabaqalashtirishi;
-
bilimlarni boshqarish-tahlil etishi.
Portallarning ko‘rsatkichi unda mujassamlashgan axborotlarning ko‘lami,
ya’ni axborot resurslari hajmi bilan aniqlanadi.
Har qanday portalning maqsadi – foydalanuvchiga unga zarur axborotlarni
qisqa vaqtda va turli interfeyslar orasidagi o‘tishlarni ortiqcha
hattiharakatlarsiz taqdim etishdan iborat bo‘ladi.
Portalning foydalanuvchi interfeysi unda joylashtirilgan resurslarning
tarkibini ko‘rgazmali namoyish etishi, bir bo‘limdan boshqa sahifalarga
mantiqiy va tezkor o‘tishni ta’minlashi lozim.
443
Taqdim etilayotgan axborot-ta’lim resurslari mustaqil ta’lim uchun
topshiriklarni, o‘zlashtirilgan bilimlarni tekshirish uchun test sinovlarini,
ijodiy tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni, bilimlarni
mustahkamlashga qaratilgan mashqlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi.
Portal uchun multimedia materiallarini tanlashda ularning axborotmazmuni,
tuzilma tarkibi, uzviyligi va axborotlarni taqdim etish shakllariga e’tibor
qaratish kerak. Multimedia materiallari axborotlarni oson o‘zlashtirish uchun
xizmat qilishi: ularning mazmunini ochib berishi, ya’ni axborotlarning
mustaqil manbai sifatida foydalanish imkonini berishi lozim.
Texnologik jihatdan axborot-ta’lim portallariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-
ilovalarni bajarish;
-
hamkorlikdagi faoliyatni ta’minlash;
-
o‘zida mavjud resurslarni boshqarish;
-
foydalanuvchilarni boshqarish;
-
nazorat olib borish;
-
bilimlarni boshqarish;
-
kommunikasiyani ta’minlash;
-
qidiruvni ta’minlash;
-
barcha resurslarni ruxsat etilmagan kirishlardan himoyalashi, ya’ni
-
axborot xavfsizligini ta’minlash;
-
tizimga ruxsat berish, ya’ni qayddan o‘tishni tashkil etishi zarur.
Bilim sohalari yoki fanlar bo‘yicha axborot-ta’lim portali faqat ta’lim
muassasalari bilan chegaralanib qolmaydi. An’anaviy va elektron shakldagi
o‘quv materiallari yagona ta’lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini
to‘ldirishi muhimdir. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan
foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishdagi qiyinchiliklarni
bartaraf etishga xizmat qiladi.
Axborot-ta’lim
portallarini fan-ta’lim-ishlab chiqarishning samarali
integrasiyasini
ta’minlovchi,
uning
rivojlanishini,
ilmiy-pedagogik
salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini yaratuvchi sifatida
qarash mumkin. U ta’lim muassasalarning bitiruvchilariga ehtiyojlari bo‘lgan
buyurtmachilar uchun ham foydalidir. Portal bitiruvchilar bo‘yicha axborot
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, ta’lim xizmatlarini taqdim etuvchilar
va uning iste’molchilari bilan yangi shakldagi o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yadi.
Bunday portalni yaratish, uni rivojlantirish uchun, avvalo, ta’lim
muassasalarini kompyuterlashtirishni takomillashtirish, telekommunikasiya
tarmoqlarini yanada rivojlantirish, axborotlarni tizimlashtirish va ularni
portalda joylashtirish talab etiladi. Shu bilan bir qatorda, pedagogik kadrlarni
yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim tizimida foydalanish bo‘yicha
malakalarini shakllantirish, ularni muntazam tarzda oshirib borishni
444
rivojlantirish muhimdir. Yagona axborot-ta’lim muhitini rivojlantirishning
muhim sharti portalning o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirish, elektron
o‘quv nashrlarni yaratishni takomillashtirish sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |