Modernizatsiyalash jarayonlari


quyidagi afzalliklarini sanab o‘tish munkin



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
pedagogika (2)a

quyidagi afzalliklarini sanab o‘tish munkin: 
-
fanlarni o‘zlashtirilishni yaxshilanishi;
-
tarmoq savodxonligini ortishi (Kompyuter va Inernet bilan muloqot 
qilishdagi yangiliklar);
-
o‘rganishga bo‘lgan munosabatni yaxshilanishi;
-
mustaqil ta’lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi;
-
amaliy malaka samaradorligini oshirish.
Internet tizimida o‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlar 


448 
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda. 
Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, 
yangilanishlar va kutilmagan voqyea-hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir 
kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda, 
ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informasiya ta’siridan xoli normal 
faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informasiyalarni 
yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham 
ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informasiyalarning ko‘p 
yoki ozligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni 
takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish - 
bugungi kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli 
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida o‘quv muassasalari uchun 
yaratilgan saytlardan foydalanish o‘qitish qo‘llanilmoqda.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzalligi shundaki, 
unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi 
mumkin.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzallik tomoni 
unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda 
o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi. 
O‘zlashtirish topshiriklarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi 
berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni 
tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil 
ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi berilgan materiallari asosan 
quyidagilardan iborat bo‘ladi:

Darslik

Audio va video darsliklar

Onlayn darslar (Internet sashifa)

Elektron kutubxonalar

Testlar

Multimedia - elektron darsliklar
Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida o‘quv muassasalari 
uchun yaratilgan saytlar kataloglashtirish, respublika ta’lim muassasalarida 
tayyorlanayotgan elektron o‘quv adabiyotlarini barcha ta’lim muassasalari 
orasida targ‘ib qilish muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Davlatimiz 
rahbariyati tomonidan ushbu masalani ijobiy yechimini topish hamda ta’lim 
muassasalari uchun yaratilgan elektron o‘quv resurslari va ta’lim muassasalari 
saytlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Buning 
natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan 


449 
tashkil qilingan 
www.ziyonet.uzhttp://www.ziyonet.uz/
axborot- ta’lim portali 
ishga tutirildi va bu portalda barcha ta’lim muassasalari uchun ta’lim resurslari 
joylattirilganligi ahamiyatga molikdir.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin