quyidagi afzalliklarini sanab o‘tish munkin: -
fanlarni o‘zlashtirilishni yaxshilanishi;
-
tarmoq savodxonligini ortishi (Kompyuter va Inernet bilan muloqot
qilishdagi yangiliklar);
-
o‘rganishga bo‘lgan munosabatni yaxshilanishi;
-
mustaqil ta’lim va tadqiqotlar malakasini takomillashishi;
-
amaliy malaka samaradorligini oshirish.
Internet tizimida o‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlar
448
Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o‘zgarmoqda.
Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar,
yangilanishlar va kutilmagan voqyea-hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir
kunimiz kuchli axborot oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni uyda,
ishxona va ta’tilda ta’qib etadi. Inson informasiya ta’siridan xoli normal
faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish informasiyalarni
yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham
ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan informasiyalarning ko‘p
yoki ozligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’limotni
takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish -
bugungi kunning talabiga aylandi. Vaholanki, ta’lim tizimida sezilarli
o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ta’lim tizimida o‘quv muassasalari uchun
yaratilgan saytlardan foydalanish o‘qitish qo‘llanilmoqda.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzalligi shundaki,
unda o‘quvchi o‘ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o‘qishi
mumkin.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlarning yana bir afzallik tomoni
unda o‘qish muddatini o‘quvchi o‘zi belgilaydi, ya’ni talaba ixtiyoriy paytda
o‘qishni boshlaydi, materiallarni o‘qituvchi nazoratida o‘zlashtiradi.
O‘zlashtirish topshiriklarni, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O‘quvchi
berilgan programmani qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishni
tugatadi va guvohnoma oladi. Dasturni o‘zlashtira olmasa, unga mustaqil
ishlab, o‘qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardagi berilgan materiallari asosan
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
•
Darslik
•
Audio va video darsliklar
•
Onlayn darslar (Internet sashifa)
•
Elektron kutubxonalar
•
Testlar
•
Multimedia - elektron darsliklar
Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida o‘quv muassasalari
uchun yaratilgan saytlar kataloglashtirish, respublika ta’lim muassasalarida
tayyorlanayotgan elektron o‘quv adabiyotlarini barcha ta’lim muassasalari
orasida targ‘ib qilish muhim va murakkab vazifa hisoblanadi. Davlatimiz
rahbariyati tomonidan ushbu masalani ijobiy yechimini topish hamda ta’lim
muassasalari uchun yaratilgan elektron o‘quv resurslari va ta’lim muassasalari
saytlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Buning
natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan
449
tashkil qilingan
www.ziyonet.uzhttp://www.ziyonet.uz/
axborot- ta’lim portali
ishga tutirildi va bu portalda barcha ta’lim muassasalari uchun ta’lim resurslari
joylattirilganligi ahamiyatga molikdir.