O‘rgatuvchi internet manbalariga masofaviy ta’lim, virtual maktablar,
laboratoriyalar va veb sinflarni misol sifatida keltirish mumkin.
Maslahat beruvchi internet manbalariga turli telekonferensiyalar, virtual
pedagogik kengashlar, virtual uslubiy, birlashmalar muammoviy kengashlar,
virtual kafelar va hokazolarni misol keltirish mumkin.
Axborotli internet manbalariga elektron
o‘quv
qo‘llanmalar,
ma’lumotnomalar, elektron kutubxonalar, lug‘atlar, kataloglar, virtual
muzeylarni keltirish mumkin.
Baholovchi internet manbalarga teletesting, masofaviy konkurslar, turli
viktorinalar, olimpiadalarni misol keltirish mumkin.
Taqdimotli internet manbalariga ta’lim muassasalarining ta’lim
yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumotlar yoritilgan alohida sahifalarni
keltirish mumkin.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o‘qituvchilar ta’lim
oluvchilarga masofadan turgan holda bilim olishlariga imkon yaratadilar.
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar ayniqsa o‘qitish joylariga
qatnashi qiyin bo‘lgan ta’lim oluvchilarga qulaydir. Bulardan tashqari ta’lim
oluvchilar axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyati, ko‘nikma va
malakalariga ega bo‘ladilar O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlardan
dars jarayonida foydalanish juda katta imkoniyatlar yaratadi
O‘quv muassasalari uchun yaratilgan saytlar yordamida o‘qitish, o‘quv
jarayonini a’nanaviy tashkil etishning asosiy shakllarini o‘z ichiga oladi.
Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya amaliyoti, nazorat
tizimi, tinglovchilarning ilmiy tadqiqot va mustaqil ishlari shular
jumlasidandir. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu barcha shakllari
amaliyotda tinglovchilarni mustaqil bilish faoliyati turli axborot manbalari
447
bilan osongina birlashtirishni, kurs olib borayotgan o‘qituvchi yoki tyutor
bilan tezkor va tizimli aloqa qilish hamda tinglovchilarning guruh bo‘lib
ishlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.