Modul fan sillabusi agrobiznes va logistika fakultet Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash va mexanizatsiyalash kafedrasi



Yüklə 244 Kb.
səhifə1/5
tarix20.06.2023
ölçüsü244 Kb.
#133223
  1   2   3   4   5
Materiallar qarshiligi sillabus 25 (2)





MODUL FAN
SILLABUSI


Agrobiznes va logistika fakultet
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash va mexanizatsiyalash kafedrasi

TASDIQLAYMAN”
TDAUSF Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, q.x.f.f.d.
______________ X.X.Xonqulov
2022 yil “__”_______
M.Oʻ.




Bilim sohasi:

800000 – Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya

Ta’lim sohasi:

810000 – Qishloq xo‘jaligi


Ta’lim yoʻnalishi:

60810100 – Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

Fan nomi:

Materiallar qarshiligi

Fan turi:

Majburiy fan

Fan kodi:

MQ 2104

Bosqich:

2

Semestr:

3

Taʼlim shakli:

Kunduzgi

Mashgʻulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

180

Maʼruza:

40

Amaliy mashgʻulotlar:

40

Laboratoriya mashgʻulotlari:

10

Seminar:

-

Kurs ishi:

-

Mustaqil taʼlim:

90

Kredit miqdori:

6

Imtihon shakli:

Yozma

Fan tili:

Oʻzbek







Fanning maqsadi va vazifasi (FM, FV)

FM

Materiallar qarshiligi fanining asosiy maqsadi – talabalarga inshoot va mashinalarning oddiy konstruktiv elementlarini turli kuchlar ta’sirida mustahkamligini, bikrligini va ustuvorligini baholash usullarini o‘rgatish va murakkab tizimlarning mustahkamligini qanday baholash mumkinligi to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.

FV

Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:
- fanning umumiy tushunchalari;
- cho‘zilish va siqilish deformatsiyasi;
-geometrik xarakteristikalar;
-siljish deformatsiyasi;
-buralish deformatsiyasi;
-egilish deformatsiyasi;
-murakkab deformatsiyalar;
-mustahkamlik nazariyalari;
-ustuvorlikni muvozanat shartlari bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni
uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.




Fan oʻqitilishining natijalari (FOʻN)

FOʻN1

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- ichki kuchlar va kuchlanishlar, tekis shaklning lastic xarakteristikalari, cho‘zilish (siqilish), siljish, buralish va egilishda xosil bo‘ladigan deformatsiyalar va kuchlanishlar, oddiy deformatsiya turlarida ishlatiladigan mustahkamlik shartlari, murakkab qarshilikda xosil bo‘ladigan deformatsiya va kuchlanishlar, turli mustahkamlik nazariyalar, bo‘ylama egilishda xosil bo‘ladigan kritik kuch va kuchlanishlar, turli qurilish va gidrotexnika inshootlari uchun hisob sxemalari, inshoot elementlari uchun mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik masalalarini yechish usullari, qo‘zgalmas va xarakatlanuvchi yuklar ta’sirida inshoot elementlarida xosil bo‘ladigan ko‘chish va kuchlanishlar, inshoot elementlarining mustahkamlikni baholash haqida tasavvurga ega bolishi;

FOʻN2

oddiy va murakkab deformatsiyalanish holatlarida konstruksiya elementlarida xosil bo‘ladigan kuchlanishlarni topishni, oddiy va murakkab deformatsiyalanish holatlarida konstruksiya elementlarida xosil bo‘ladigan ko‘chish va deformatsiyalarni topishni, ustuvorlikda konstruksiya elementlarida xosil bo‘ladigan kritik kuchni va kuchlanishni baholashni, mustahkamlik nazariyalaridan foydalanib (har xil deformatsiya turlarida) konstruksiya elementlarining mustahkamligini baholashni, har xil deformatsiya turlarida konstruksiya elementlarining o‘lchamlarini aniqlashni, inshoot hisoblash sxemalarning geometrik tuzilishini tahlil qilishni, qo‘zgalmas va xarakatlanuvchi yuklar ta’siridagi ko‘p oraliqli sharnirli balkalarni hisoblash usullarini, fermalardan tashkil topgan inshootlarini hisoblash usullarini, uch sharnirli arkalarni hisoblash usullarini, inshoot elementlaridagi ko‘chishlarni, statik aniqmas fermali gidrotexnika inshootlarini qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

FOʻN3

har xil deformatsiya turlarida konstruksiya elementlarining mustahkamligini aniqlash, xar xil deformatsiya turlarida konstruksiya elementlarini bikrligini aniqlash, konstruksiya elementlarining ustuvorligini baholash, geometrik o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sistemalarni tahlil qila olish, balkasimon, fermali, arkasimon inshootlar mustahkamligini baholay olish, inshootlar mustahkamligini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish kunikmalariga ega bolishi kerak.

FOʻN4

Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishida texnika, elektr va yongʻin xavfsizligining asoslarini bilishi va qoʻllay olish kerak, yadroviy, kimyoviy va lastic qurollar va favqulodda holatlarda insonlar hayotini muhofaza qilish boʻyicha malakalarga ega boʻlishi kerak;





Yüklə 244 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin