|
MODUL FAN
SILLABUSI
Agrobiznes va logistika fakultet
Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash va mexanizatsiyalash kafedrasi
|
“TASDIQLAYMAN”
TDAUSF Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, q.x.f.f.d.
______________ X.X.Xonqulov
2022 yil “__”_______
M.Oʻ.
|
Bilim sohasi:
|
800000 – Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya
|
Ta’lim sohasi:
| 810000 – Qishloq xo‘jaligi |
Ta’lim yoʻnalishi:
|
60810100 – Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish
|
Fan nomi:
|
Materiallar qarshiligi
|
Fan turi:
|
Majburiy fan
|
Fan kodi:
|
MQ 2104
|
Bosqich:
|
2
|
Semestr:
|
3
|
Taʼlim shakli:
|
Kunduzgi
|
Mashgʻulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
180
|
Maʼruza:
|
40
|
Amaliy mashgʻulotlar:
|
40
|
Laboratoriya mashgʻulotlari:
|
10
|
Seminar:
|
-
|
Kurs ishi:
|
-
|
Mustaqil taʼlim:
|
90
|
Kredit miqdori:
|
6
|
Imtihon shakli:
|
Yozma
|
Fan tili:
|
Oʻzbek
|
|
|
Fanning maqsadi va vazifasi (FM, FV)
|
FM
|
Materiallar qarshiligi fanining asosiy maqsadi – talabalarga inshoot va mashinalarning oddiy konstruktiv elementlarini turli kuchlar ta’sirida mustahkamligini, bikrligini va ustuvorligini baholash usullarini o‘rgatish va murakkab tizimlarning mustahkamligini qanday baholash mumkinligi to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
|
FV
|
Fanning vazifasi – uni o‘rganuvchilarga:
- fanning umumiy tushunchalari;
- cho‘zilish va siqilish deformatsiyasi;
-geometrik xarakteristikalar;
-siljish deformatsiyasi;
-buralish deformatsiyasi;
-egilish deformatsiyasi;
-murakkab deformatsiyalar;
-mustahkamlik nazariyalari;
-ustuvorlikni muvozanat shartlari bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni
uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
|
Fan oʻqitilishining natijalari (FOʻN)
|
FOʻN1
|
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- ichki kuchlar va kuchlanishlar, tekis shaklning lastic xarakteristikalari, cho‘zilish (siqilish), siljish, buralish va egilishda xosil bo‘ladigan deformatsiyalar va kuchlanishlar, oddiy deformatsiya turlarida ishlatiladigan mustahkamlik shartlari, murakkab qarshilikda xosil bo‘ladigan deformatsiya va kuchlanishlar, turli mustahkamlik nazariyalar, bo‘ylama egilishda xosil bo‘ladigan kritik kuch va kuchlanishlar, turli qurilish va gidrotexnika inshootlari uchun hisob sxemalari, inshoot elementlari uchun mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik masalalarini yechish usullari, qo‘zgalmas va xarakatlanuvchi yuklar ta’sirida inshoot elementlarida xosil bo‘ladigan ko‘chish va kuchlanishlar, inshoot elementlarining mustahkamlikni baholash haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
|
FOʻN2
|
oddiy va murakkab deformatsiyalanish holatlarida konstruksiya elementlarida xosil bo‘ladigan kuchlanishlarni topishni, oddiy va murakkab deformatsiyalanish holatlarida konstruksiya elementlarida xosil bo‘ladigan ko‘chish va deformatsiyalarni topishni, ustuvorlikda konstruksiya elementlarida xosil bo‘ladigan kritik kuchni va kuchlanishni baholashni, mustahkamlik nazariyalaridan foydalanib (har xil deformatsiya turlarida) konstruksiya elementlarining mustahkamligini baholashni, har xil deformatsiya turlarida konstruksiya elementlarining o‘lchamlarini aniqlashni, inshoot hisoblash sxemalarning geometrik tuzilishini tahlil qilishni, qo‘zgalmas va xarakatlanuvchi yuklar ta’siridagi ko‘p oraliqli sharnirli balkalarni hisoblash usullarini, fermalardan tashkil topgan inshootlarini hisoblash usullarini, uch sharnirli arkalarni hisoblash usullarini, inshoot elementlaridagi ko‘chishlarni, statik aniqmas fermali gidrotexnika inshootlarini qo‘zg‘almas yuklar ta’siriga hisoblash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
|
FOʻN3
|
har xil deformatsiya turlarida konstruksiya elementlarining mustahkamligini aniqlash, xar xil deformatsiya turlarida konstruksiya elementlarini bikrligini aniqlash, konstruksiya elementlarining ustuvorligini baholash, geometrik o‘zgaruvchan va o‘zgarmas sistemalarni tahlil qila olish, balkasimon, fermali, arkasimon inshootlar mustahkamligini baholay olish, inshootlar mustahkamligini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish kunikmalariga ega bo‘lishi kerak.
|
FOʻN4
|
Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishida texnika, elektr va yongʻin xavfsizligining asoslarini bilishi va qoʻllay olish kerak, yadroviy, kimyoviy va lastic qurollar va favqulodda holatlarda insonlar hayotini muhofaza qilish boʻyicha malakalarga ega boʻlishi kerak;
|
Dostları ilə paylaş: |