4 - ilova Sanitariya-gigiena talablari. Kasb ta’limi metodikasi” o‘quv mehnati gigienasi bilan ham bog‘liq bo‘lib, u
o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda
o‘qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiena sharoitlarini o‘rganadi. Har bir
gigiena sharoiti yaratish (yorug‘lik, ozodalik, shamollatish), o‘quvchilarning ish
o‘rnini to‘g‘ri tashkil etishga, zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana
bilishga o‘rgatish – kasb ta’limi o‘qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq
etishi lozim bo‘lgan asosiy masalalardir.
1.
Ustaxonalar uchun mo‘ljallangan bino o‘quv-pedagogika, sanitariya-gigiena
va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak.
2.
O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak
kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularga kasb-hunar ta’limi dasturining
barcha mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
3.
O‘qituvchining o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan o‘quv ishlab
chiqarish ishlari uchun ham guruh tarzidagi ishlar uchun ham shart-sharoitlar
yaratilgan bo‘lishi kerak.
4.
Har bir o‘quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-
uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
5.
O‘qituvchi uchun namunaviy ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-
uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 225-300 mm balandlikda
bo‘lishi kerak.
6.
Ustaxonalarda o‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi uchun
eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
7.
O‘quv ustaxonalari hajmdor yassi ko‘rsatma qo‘llanmalar bilan,
shuningdek, ta’limning texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
8.
YOrdamchi xizmatxonalari (asboblar saqlanadigan xona va omborxonalar)
128
o‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo‘lishi kerak.
9.
Ustaxonalarda o‘quvchilarning diqqatini ishdan chalg‘ituvchi va mehnat
jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak.