126
5. O‘quv ustaxonalari hajmi va tekis ko‘rsatmali qo‘llanmalar, shuningdek,
ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur.
6. YOrdamchi binolar(asboblar ombori o‘quv ustaxonasiga yaqin bo‘lishi
kerak.
7. Tashqaridagi tovushlar tinglovchilarning e’tiborini ichidan alahsitadigan va
mehnat jarayonini buzadigan shovqin –suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim.
O‘quv ustaxonasining maydoni 80-90
mm
2
bo‘lishi kerak.
O‘quv ustaxonalari materiallar,
yarim-fabrikatlar, tayyorlangan buyumlar
saqlanadigan yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Bunday xonalar quruq, yog‘och
poli, tabiiy va majburiy shamollatiladigan, mo‘tdil tabiiy va sun’iy (ish o‘rnida
100-125 lyuks), yoritilgan, havosining temperaturasi qishda 14-16
0
S bo‘lishi va
yozda 20 S dan oshmasligi kerak. YOritgich
sifatida kunduzgi lampadan
foydalanish kerak. Ustaxona devorlari tekis ,yorqin rangga , shifti oq ranga
bo‘yalishi kerak. Bu xonaning yorug‘ligini oshiradi. Ustaxona anjomlarining turli
qismlari bilan ustaxonaning umumiy sathi o‘rtasida to‘g‘ri uyg‘unlik vujudga
keltiradi.
Ustaxonada tovush va vebrasiyani yutuvchi moslamalarni qo‘llash hamda
mehnatning eng samarali usullaridan foydalanish
orqali tebranish zichligini
kamaytirib, tovush va titrashni pasaytirishga erishish kerak.
O‘quvchilar olingan ma’lumotlar asosida detalga, qismga tegishli
o‘zgartishlar kiritadilar, ularning pishiqligi va ishonchliligi uchun kerakli
hisoblashlarni
amalga oshiradilar, chizmalardagi o‘lchamlar va geometrik
shakllarni to‘g‘irlaydilar, modelni o‘zgargan tuzilmasining kinematik (prinsipial)
chizmasini tuzadilar. Detallar, uzellar va mexanizmlarning tuzilmlarini tanlashda
standartlash va uni funksiyalash talablariga asoslanish lozim, ya’ni
yangi
nomukammal detallarni o‘ylab topmaslik, balki ko‘p marta amalda sinalgan
tayyorlash va yig‘ish qulay standart detallardan ixchamlashtirilgan uzellar va
mexanizmlardan foydalanish kerak. Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning
uzellarini mustahkamlashning eng rasional usullarini aniqlash amalga oshiriladi.
Model tuzilmasining uning ishlov berish (tayyorlash) va (yig‘ish) uchun
qulayligini tanqidiy analiz qilish ba’zan tinglovchilardan ilgarigi bichimlarni qayta
ko‘rib chiqishni yangi detallarni loyihalashni, so‘ng ularni takomillashgan
tuzilmani hisobga olib joylarga moslashtirishni, yig‘ish operasiyalarining
xarakterini o‘zgartirishni va bunda zarur texnologik jihozlashni
nazarda tutishni
taqozo etadi. Model tuzilishiga qo‘yilgan talablar o‘zgarsa yoki ortsa unga
boshqacha vazifa yuklansa bu tuzilishini modelining kinemattik chizmasida
ko‘rinadigan tubdan takomillashtirish yangi uzellar va mexanizmlarni tuzilishi
yoki tanlash ulardagi ayrim detallarni almashtirish zarurati tug‘iladi. Bu ish
tinglovchilarda texnik tuzilish va modellashtirsh jarayonida
jiddiy ijodiy kuch-
127
g‘ayratni sarflashni talab qiladi. O‘quvchilar modellashtirishni o‘zlashtirishning
birinchi bosќichida asosan vazifalarni bajarish uchun kerakli barcha muhim
ma’lumotlarni oladilar. Lekin bundan ana shu bosqichda tinglovchilar o‘z
ijodkorligini ko‘rsatishlari uchun sharoit yo‘q degan ma’no kelib chiqmaydi.
CHunki hatto obektning chizmasi va texnik shartlari va texnologik xaritalar
mavjud bo‘lsada, tinglovchilar muayyan darajada mustaqil ko‘rsatishlariga to‘g‘ri
keladi. Ular avvalo texnik hujjatlarni yaxshi tushunishlari: chizmalarni o‘qiy
olishlari,buyumni tayyorlash va yig‘ish texnologiyasini o‘rganib chiqishlari kerak.
Xususan, chizmaga muvofiq materialni to‘g‘ri tanlash, kerakli asboblarni,
detallarning birikish usullarini aniqlash masalalarini mustaqil hal qilishlari lozim
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: