152
moddiy (predmet) modellardir. Modellar o‘z hajmiga ega yoki tekis modellarga
bo‘linadi. Ularning oralig‘ida relef jadvallar joylashgan. Hajmga ega modellar
tarkibiy qismlarga bo‘linishi mumkin. Hajmga ega bo‘lgan modellar sirasiga
mulyaj va maketlar kiradi. Mulyaj (maket)lar moddiy obektlarga aynan o‘xshatib
yaratilgan qo‘llanmalardir.
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalarning tashqi belgi va xususiyatlarini
o‘rganishda qo‘llaniladi. Modellar o‘rganilayotgan obektlarning ichki qurilmasi
va
harakatlanish tamoyili, mashina va mexanizmlarning kinematikasini
o‘rganilayotgan vaziyatlarda boshqa aloqalar va munosabatlar mazmunining ham
o‘rganilishiga imkoniyat beradi.
Ta’lim oluvchilarga ta’lim etiladigan model va mulyaj (maketlar)lar ham
xuddi tabiiy obektlar singari tarqatma qo‘llanmalarga bo‘linadi. Turli xil
modellarni loyihalashtirishda bu turdagi o‘qitish vositalarining funksiya va
didaktik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumiy pedagogik-ergonomik
talablarni ilgari surish mumkin, ya’ni
axborotlashgan, o‘quv jadvalini
faoliyatning aniq usullariga adekvantlik (o‘rganish, qabul qilish, plakat, sxema,
diagramma, grafik va boshqalar) aniq bir tushuncha, ko‘nikma va bilimlarni
shakllantirishda qo‘llaniladigan tekis moddiy o‘qitish vositasidir. O‘quv jadvali
aniq va ko‘rgazmali holda o‘rganilayotgan obekt haqida ilmiy axborot beradi.
Jadvallar turli xil bo‘ladi.
Kompozision - rasm va fotosuratlar;
Grafikli: (chizma, diagramma, sxema va boshqalar);
Belgili - ramziy formula, harf va so‘zlar bilan ifodalanuvchi. So‘nggi paytda
elektrlashgan jadvallar keng qo‘llanilmoqda, ya’ni,
stendlar, xavfsizlikka oid
texnikalar.
O‘qitish vositalari orasida oxirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan vositalar
- bu plakatlardir. Plakatlar - quyidagi talablarga javob berishi shart.
Plakatning mazmuni o‘rganilayotgan mavzuga oid bo‘lishi; plakatda ifoda
etilgan chizma etarli darajada katta va uzoqdan ham ko‘ra olish imkonini berishi
kerak; plakatdagi obektlar tabiiy holatlarida ko‘rsatishi shart; plakatda
tasvirlangan chizmalarning qismlari masshtab asosida berilishi kerak; eng
e’tiborga loyiq qismlar alohida (boshqa) rang bilan ajratib ko‘rsatilishi lozim.
Ekran va ekran - tovushlik o‘qitish vositalari
Hozirgi zamonda juda keng tarqalgan o‘qitish vositalaridandir. Bu o‘qitish
vositalariga qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oid,
ikkinchidan,
sifatli bo‘lishidir.
Diopozitiv (slayd) - bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran vositasi.
Diopozitiv aks etgan chizma va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul
qilinadi.
153
Diopozitiv bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi yordamida
materialning qismini, yoki bir kadrni alohida ko‘rsatish mumkin. Har bir kadr
to‘liq bir informasiyaga ega. Diofilm ham harakatlanmaydigan ekran vositasidir.
Bu qo‘llanmalarning uslubiy g‘oyasi mualliflarining kadrlar ketma-ketligini
taminlanishiga e’tibor berishlaridir. Kadrlarning ketma-ketligi o‘zgarsa
informasiyaning qabul qilinishida mazmun buzilishi ro‘y beradi. Diafilmlarni
qo‘llashdagi qiyinchilik - ulardagi axborotning ko‘pligi
va ularning qabul qilib
olish uchun vaqtning etmasligidir. Bu qiyinchilik darsda diafilmlarning ayrim
fragmentlarini (bo‘laklarini) ko‘rsatish orqali engillashtiriladi.
O‘quv binosi yaqindagina eng samarali o‘qitish vositasi deb etirof etilgandi.
Uning ko‘rgazmalikligi quyidagi juda boy didaktik immoniyatlaridan kelib
chiqadi; katta hajmli informasiyaning ixchamlantirilishi, fan va texnika tarixiga
sayohat qilish, jarayonni tezlatish yoki sekinlashtirish, nihoyat, uni to‘xtatish,
modellashtirish, moslama va apparatlarining
ichki tuzilishini kuzatish, yangi
texnologiyasini boshqarish bilan tanishtirish, fan arboblari faoliyati haqida
ma’lumot berish, ilmiy-tekshirish laboratoriyasiga «kirish», turli vazifalarni
qo‘yish, ularni ijobiy hal etish, hamda qiyoslash o‘quv filmlari yordamida amalga
oshar edi.
Dostları ilə paylaş: