Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/24
tarix17.04.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#55621
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 

24 


Xorijiy ommaviy axborot vositalari, shu jumladan raqamli axborot vositalaridan foydalanishga cheklovlar qo'yilgan va mustaqil jurnalistlar ta'qibga duchor 

qilingan. 

2016  yilning  oxiridan  boshlab,  yanada  shaffof  va  plyural  jamiyat  qurishga  qaratilgan  harakatlar  amalga  oshirildi.  2017  yilgi  rivojlanish  strategiyasida 

"ommaviy  axborot  vositalarining  rolini  kuchaytirish  va  jurnalistlarning  professional  faoliyatini  himoya  qilish"  masalalari  ta'kidlab  o'tilgan.  Asosiy  televizion 

kanallarda, shu jumladan Xalqaro matbuot markazida vazirlar va hukumat amaldorlari bilan uchrashuvlar uyushtirilib, paxta terimida majburiy mehnatdan 

foydalanish kabi keng ko'lamli munozaralarga sabab bo'lgan muammolar bo'yicha jonli dasturlar namoyish etildi. 

  

Bir  qator  xususiy  raqamli  telestantsiyalarga  asos  solindi.  Davlat  tomonidan  nazorat  qilinadigan  va  muntazam  OAVrida  (jumladan,  onlayn  nashrlarda) 



yoritiladigan  materiallar  ko'lami  kengayib,  ularni  sharxlashda  ko'proq  erkinlik  bera  boshlandi.  O'zbekistondagi  internet  foydalanuvchilari  uchun  samarali 

tarzda ta'qiqlangan xorijiy va muxolifatdagi veb-saytlarga erkinlik berildi. Ushbu islohotlar past asoslardan boshlanib, islohotlar bo'yicha keyingi qadamlar 

kutilmoqda. 

 

Siyosiy partiyalar tuzish va uyushgan muxolifatning mavjudligi 

O'zbekiston Konstitutsiyasida siyosiy partiyalar tuzilishi mumkin bo'lgan huquqiy asoslar belgilab berilgan. Shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soladigan 

keng miqyosli mezonlar ham ko'rsatib o'tilgan. 56-moddada, siyosiy partiyalar hukumat tomonidan rasmiy ro'yxatga olinishi shartligi ta'kidlangan. 57-

moddada siyosiy partiyalarning faoliyati to'xtatilishi mumkin bo'lgan asoslar belgilab berilgan. 60-moddada, siyosiy partiyalar "turli xil ijtimoiy qatlamlar va 

guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi" va parlamentga o'zlarining moliyalashtirish manbalari haqida ma'lumot taqdim etishlari lozimligi   belgilab o'tilgan. 

  

Ayni paytda O'zbekistonda to'rtta siyosiy partiya ro'yxatga olingan. Ular jamiyat ichida alohida guruhlarni jalb qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning 



barchasi parlamentda vakillarga ega bo'lib, asosan hukumatni qo'llab-quvvatlaydi. 2017 yil boshida, DIIHB O'zbekistonda siyosiy partiyalarning holati 

BMTning 1996 yilgi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktidagi xalqaro majburiyatlariga zid kelishi  mumkinligi haqida xavotir bildirdi.

11 

Rivojlanish strategiyasida "parlament va siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish" muhim ustuvor vazifalar sifatida belgilab qo'yilgan bo'lsa-da, bu sohada 



amalga oshirilayotgan islohotlar past asoslardan boshlanib, bu borada keyingi qadamlar kutilmoqda.  

  

Qonun ustuvorligi va adolatga erishish



 

Qonun ustuvorligi 

O'zbekiston  Konstitutsiyasida  qonun  ustuvorligini  ta'minlash  uchun  huquqiy  asos  mavjud.  15-moddada  "O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  va 

qonunlarining so'zsiz ustuvorligi" belgilab qo'yilgan. 19-moddada, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan huquq va erkinliklardan mahrum etilishi 

noqonuniy bo'lib, bu faqat sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 25-moddada fuqarolar faqatgina belgilangan tartib-qoidalar asosida hibsga olinishi 

mumkinligi ta'kidlab o'tilgan.  26-moddada aybsizlik prezumptsiyasi huquqlari belgilangan. 116-moddada, sud jarayonining har bir bosqichida fuqarolarga 

"professional  sud  yordami"dan  foydalanish  huquqi  berilgan.  Biroq,  inson  huquqlarini  monitoring  qilish  uchun  mas'ul  bo'lgan  xalqaro  tashkilotlar 

O'zbekistonda bu tamoyillarga yetarli darajada amal qilinmasligi haqida  tashvish bildirdilar.

12

   



 

11. YETTB/DIIHB Saylovlarni kuzatish bo'yicha missiyaning yakuniy hisoboti, Mart  2017. 

12. BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi. O'zbekistonning to'rtinchi davriy hisoboti bo'yicha yakuniy kuzatishlar, 2015, parag 15-17. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin