Moldova cs


Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix17.04.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#55621
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
uzbekistan-country-strategy-uzbek

Ilova 1 - 1-moddaga muvofiq siyosiy muhitni baholash 

25 


2016 yil oxiridan e'tiboran, O'zbekiston hukumati huquqni muhofaza qilish organlari ustidan sud hokimiyatini kuchaytirish va adolatli sudlovni ta'minlash 

bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Prezident habeas corpus tamoyili izchil qo'llanilishi kerakligi haqida bir necha bor gapirib o’tdi. 2017 

yilning  aprelida  qabul  qilingan  qonunga  ko'ra,  sud  jarayonigacha  qamoqda  saqlash davrini  72  soatdan  48  soatgacha  qisqartirilgan.  Shuningdek,  bunda 

huquqni  muhofaza  qilish  organlari  tomonidan  olib  borilayotgan  tergov  ishlari  ustidan  sud  nazoratini  kuchaytirish  ham  ko'zda  tutiladi.  Mahbuslar  bilan 

o'tkazilgan  suhbatlarning  yozib  borilishi  va  ular  saqlanadigan  qamoqxonalarda  kameralar  o'rnatilishini  ta'minlash  to'g'risidagi  farmon  bu  sohada  amalga 

oshirilgan choralardan biri bo'ldi.  

  

93 (19) -moddada favqulotda holat e'lon qilinishi mumkin bo'lgan holatlar belgilab berilgan. 2016 yil iyun oyida, BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi 



tavsiyasiga javoban, favqulodda holat e'lon qilish shartlari va tartib-qoidalarini batafsil bayon etgan qonun qabul qilindi. 

  

Inson  huquqlarini  himoya  qilish  va  monitoringi  uchun  mas'ul  bo'lgan  xalqaro  tashkilotlar,  O'zbekiston  hukumatini  "Andijon  voqealari"  qurbonlari 



unutilmasligini va ularning shikoyatlarini ko'rib chiqishlarini talab qilishda davom etmoqdalar.

13

 



 

Sud organlarining mustaqilligi 

O'zbekiston Konstitutsiyasida sud tizimining mustaqilligining huquqiy asoslari belgilab berilgan. 106-moddada ta'kidlanishicha, sud tizimi "qonun 

chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqil ravishda ish yuritadi". 112-moddada 

sudyalarning "mustaqilligi va faqat qonunga bo'ysunishi belgilab qo'yilgan. Sudyalarning o'z vazifalarini bajarishdagi faoliyatiga har qanday aralashuvlar 

noqonuniy sanaladi". Xuddi shu moddada sudyalar qonunga muvofiq "daxlsiz" ekanliklari ta'kidlangan. Shu bilan birga, ekspertlar, amalda, sud tizimi ijro 

etuvchi hokimiyat organlari va boshqa rasmiy va norasmiy manbalardan mustaqil ravishda faoliyat yuritishlarida yetarlicha vakolatga ega ekanliklari haqida 

havotir bildirganlar. 

14

 2015 yilda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti sobiq mustaqil Advokatlar palatasi ijroiya hokimiyatiga bo'ysunishini belgilab beruvchi 2009 



yilgi qonun haqida xavotir bildirdi.

15 


 

2017 yilda, sud tizimining mustaqilligi va vakolatlarini mustahkamlash borasida muhim qadamlar qo'yildi. Rivojlanish strategiyasi "qonun ustuvorligi va sud-

huquq tizimini yanada isloh qilishni kafolatlash"ni keyingi ustuvor yo'nalish sifatida belgilab berdi. Fevral oyida, Prezident ma'muriyati qoshidagi   sudyalarni 

tanlash,  lavozimga  tayinlash  va  tartibga  solish  bo'yicha  komissiya  vakolatlari,  Prezident  farmoniga  ko'ra  Prezident  tomonidan  tasdiqlanadigan  davlat 

amaldorlari,  yuridik  kasb  egalari,  huquqiy  ekspertlar  va  fuqarolik  jamiyati  vakillaridan  iborat  21  a'zodan  iborat  bo'lgan  Yuqori  Sud  Kengashi  javobgarligi 

ostiga o'tkazildi. Kengash raisi Prezident tomonidan tayinlanadi va Senat tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu farmonda shuningdek, BMTning Inson huquqlari 

bo'yicha qo'mitasining tavsiyalari asosida, sudyalarga doimiy uy-joyga egalik qilish huquqlarini kafolatlash tamoyillari belgilab berilgan.  

 

Hukumat va fuqarolar  qonun oldida tengdirlar  

Biroq, ekspertlar, amalda bu tamoyillarning amalga oshirilishi qanchalik izchil ekanligi haqida xavotir bildirish bilan birga, siyosiy aloqalarga ega bo'lgan 

shaxslar yoki huquq-tartibot idoralari xodimlari doimo ham o'z  xizmat vazifalarini suiste'mol qilganliklari uchun javobgarlikka tortilmasliklarini ta'kidlab 

o'tdilar. 

 

  



13. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Ra'ad Al Husseinning O'zbekistonga qilgan safari chog'ida matbuot anjumani ochilishidagi nutqi, 2017 yil, May. Bu 2005 yilgi 

Andijon shahrida o'zbekiston xavfsizlik xizmati kuchlari tomonidan sodir etilgan ommaviy qirg'inlarni nazarda tutadi.  

14. AQSh Davlat Departamenti. O'zbekistonda 2016 yilgi Inson huquqlari bo'yicha hisobot. 

15. BMTning Inson huquqlari bo'yicha qo'mitasi. O'zbekistonning to'rtinchi davriy hisoboti bo'yicha yakuniy kuzatishlar, 2015, parag 21. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin