Molekula tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish. Kimyoviy bog‘lanish tushunchasi. Atomlardagi elektronlar joylanishi orqali kimyoviy bog‘lanishni xarakterlash. Kimyoviy bog‘lanish turlari, kovalent bog‘lanish va uning hosil bo‘lish nazariyalari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə4/15
tarix03.06.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#124506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5-M

6.7. Kovalent bog’ning xossalari

Kovalent bog’lanish bog’ uzunligi, bog’lanish energiyasi, to’yinuvchanlik, yo’naluvchanlik va qutblanuvchanlik xossalari bilan xarakterlanadi.


Bog’lanish uzunligi –ikki atom yadrolari orasidagi masofa. Bog’ uzunligi nanometrlarda (1nm =10-9 m) o’lchanadi.
Bog’ uzunligi molekulani tashkil etuvchi atomlarning (o’lchamlariga) radiuslariga va elektron bulutlarning qoplanish darajasiga bog’liq.
Masalan; C-F, C-Cℓ, C-Br, C-I qatorida galogenlarning atom radiuslari ortib borganligi uchun uglerod-galogen bog’ining uzunligi ham ortib boradi. Yoki C–C , C = C va C ≡ C larda bog’ uzunligi chapdan o’ngga o’tganda (0,154; 0,134 va 0,121 ni) kamayadi. Bog’ energiyasi esa ortadi.
Ikki atomli molekulalarda bog’lovchi elektron juftlar soni ortib borishi bilan yadrolar orasidagi fazoda elektron bulutining zichligi ham ortib boradi. Shuning uchun yadro bilan elektronlar orasidagi tortishuv kuchayadi va atomlar orasidagi bog’lanish uzunligi kamayadi. Masalan;
qatorda chapdan o’ngga o’tganda bog’ uzunligi ortib boradi, chunki azot molekulasi hosil bo’lishida 3 ta elektron juft, kislorod molekulasining hosil bo’lishida 2 ta elektron juft va nihoyat ftor molekulasining hosil bo’lishida 1 ta elektron juft ishtirok etadi.
Bog’ energiyasi- atomlar orasidagi bog’ni uzish uchun zarur bo’lgan energiya.
Bog’ uzunligi ortishi bilan bog’lanish energiyasi kamayib boradi. Masalan;
qatorida chapdan o’ngga o’tganda bog’ energiyasi kamayadi.
Kovalent bog’ning eng muhim xususiyatlaridan biri uning to’yinuvchanligidir.
Masalan; H2 molekulasi mavjud bo’lib, H3 molekulasi esa mavjud emas. Chunki H2+H sistemada uchta elektron o’rtasidagi itarishish kuchlari elektron-yadro tortishish kuchlaridan katta bo’ladi. Yoki boshqacha qilib tushuntirilganda, vodorod molekulasiga uchinchi atom qo’shilganda bu atomdagi yagona elektron spini molekuladagi ikkita elektron spinidan bittasiniki bilan bir xil bo’lib qoladi. (Pauli prisipiga zid). Bir xil spinli elektronlar bir-biridan itarilishadi (qochadi). Shuning uchun uchinchi elektron bulut boshqa ikkitasi bilan qoplana olmaydi.
Kimyoviy bog’ning to’yinuvchanligi sababli birikmalar o’zgarmas tarkibli bo’ladi.
Bog’lanish energiyasi bog’ning karraligiga ham bog’liq bo’lib, bog’ karraligi ortishi bilan energiyalari ham ortib boradi. Masalan;


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin