20. 4.3. Moddiy qiymatliklar va tovar zaxiralari auditini takomillashtirish
O‘zbekiston Respublikasi "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 10-bandida “qayd etilgan korxonalar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, shuningdek, kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar, aksiyadorlar va boshqa investorlar oldida ma’lum ihtisodiy ishonchga ega bo‘lishni istagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishlari shart” deb aytib utilgan.34 Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi tashkil etilganligi va qanday yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganish tekshiruvning muhim bosqichi hisoblanadi. Tahliliy va sintetik hisob inventar va xo‘jalik jihozlari tabaqalashtirish guruhlaridan kelib chiqib o‘z vaqtida va to‘liq kirim qilinishi, guruhlar ichida esa – buyumlarning quyi guruhlari va alohida nomlari bo‘yicha ularning amaldagi tannarxini aniqlash vazifasini ta’minlayotganligi tekshiriladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini sotib olish, ishlatish va sarflash bo‘yicha ma’lumotlarning asosiy manbasi bo‘lib ombordagi hisob bo‘yicha varakalar, asos bo‘lgan hujjatlar ilova qilingan moddiy hisobotlar, “Inventar va xo‘jalik jihozlari” va “Materiallarni tayyorlash va sotib olish hisobi bo‘yicha hisobvaraqlar” hisobvaraqlari bo‘yicha hisob registrlari ma’lumotlari xizmat qiladi. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi tashkil etilganligi va yo‘lga ko‘yilganligini o‘rganishda, ular saqlanish va ishlatish joylarida aniq bir shaxslarga biriktirib qo‘yilganligi, barcha korxonalarda tegishli rusumlar ho‘yilganligi, ularning harakati dastlabki hujjatlar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bundan keyin alohida tabaqalashtirilgan guruhlar va jihozlar harakati bo‘yicha operatsiyalar mohiyatining tekshiruviga o‘tiladi. Ombordagi hisob varakalari yoki inventar va xo‘jalik jihozlari hisobi bo‘yicha qaydnomalardagi yozuvlar tekshirilayotganda, ular tarkibida asosiy vsoitalarga mansub bo‘lgan buyumlar (ob’ektlar) mavjud ekanligi aniqlanadi.
Ombordagi hisobda uzoq muddatdan beri harakatda bo‘lmagan va me’yorlardan ortiq zahiralari bo‘lgan jihozlarning tabakalashtirilgan guruhlari va quyi guruhlariga e’tibor karatiladi. Berilgan vakti va ishlatilgan muddatlarini hisobga olgan holda, varakalar, daftarlar (qaydnomalar) va inventar va xo‘jalik jihozlarini olish bo‘yicha talabnomalar ma’lumotlariga ko‘ra, ishchilar va boshqa xodimlarning hisobida bo‘lgan, lekin yo‘qolgan yoki yaroksiz holga kelgan jihozlar mavjudligi aniqlanadi. Bepul foydalanishga beriladigan maxsus kiyim va maxsus poyafzallar berilishini o‘rganish jarayonida tekshiruvchilar korxonada amalda bo‘lgan sarflash me’yorlari, foydalanish muddati va kimlarga berilishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanadilar, maxsus kiyim va maxsus poyafzal belgilangan muddatlardan oldin berilganligi holatlari va buning sabablari hamda inventar va xo‘jalik jihozlari mahsadga muvofih ishlatilmaganligi yoki yangi buyumlarni ishlatilishda bo‘lgan buyumlarga almashtirib qo‘yish sabablari bilan korxonaga keltirilgan zararni aniqlaydilar.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnomalar sinchkovlik bilan tekshirib chiqiladi. Dalolatnomalar belgilangan shakllar bo‘yicha tuzilgan, komissiya tarkibida albatta tegishli mutaxassislar ishtirok etgan va rahbar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Inventar va xo‘jalik jihozlari ikkilamchi metall parchalari yoki ikkilamchi xom ashyo sifatida tegishli idoralarga topshirilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangandagina ularni dalolatnomalar asosida hisobdan chiqarish mumkin. Buzilish yoki sinish sabablari bilan buyumlarni belgilangan muddatlardan oldin hisobdan chiqarish holatlari mavjud bo‘lsa, mas’ul shaxslar va keltirilgan zarar summasi aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida”gi karorida “ Respublikada auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgani, uni faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy rag‘batlar va soliq imtiyozlari hamda preferensiyalar yaratilgani, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirilgani va liberallashtirilgani”35 qayd etib o‘tilgan.
Tezkor va xizmat yuzasidan qo‘llaniladigan ma’lumotlar auditorlik muolajalar jarayonida o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Tezkor hisobda (odatda kelib tushgan yuklarni ro‘yxatga olish daftari) har bir mol yetkazib beruvchi bo‘yicha moddiy zahiralar turi va yetkazib berish muddatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Shartnomada keltirilgan majburiyatlarni bajarilishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjudligi shartnoma (kontrakt) shartlarini buzgan mol yetkazib beruvchilarni aniqlash imkoniyatini beradi. Agar bunday kamchiliklar sodir etilgan bo‘lsa, shartnomaviy intizomni buzganlarga nisbatan jarima yoki boshqa da’volar qo‘llanilganligi va ular korxonaga ushbu jarimalar summasini to‘langanligi aniqlanadi. Takdim etilgan jarima da’volarni koniktirishga e’tiroz bildirilsa,da’vo kilish muddatlari o‘tib ketganligi yoki da’vo hujjatlari xo‘jalik sudlari orkali noto‘g‘ri va to‘liqsiz rasmiylashtirilganligi bilan bog‘liqligi va bunga aybdor bo‘lgan shaxslar aniqlanadi. Bunday ma’lumotlarni “Da’volar bo‘yicha olinadigan hisobvaraqlar” guruhiga oid buxgalteriya hisobi registrlari va ushbu registrlarda aks etilishiga asos bo‘lgan hujjatlar hamda takdim etilgan da’volar bo‘yicha xizmatga oid o‘zaro xat yozishmalar materiallaridan olish mumkin.
Moddiy zahiralar to‘liq kirim qilinganligini tekshirish uchun ma’lumot manbalari bo‘lib boyliklar mavjudligi va harakati to‘g‘risida ma’lumot to‘planadigan hisobvaraqlarning (“Materiallarni tayyorlash va sotib olish”, “Materiallar qiymatidagi farqlar”, “Materiallar hisobi bo‘yicha hisobvaraqlar” va boshqalar) sintetik va tahliliy registrlari, dastlabki hujjatlar ilova qilingan moddiy javobgar shaxslar hisobotlari, mol yetkazib beruvchilar bioan hisob-kitoblar hisobi bo‘yicha sintetik va tahliliy hisob registrlari va boshqalar hisoblanadi. Sotib olinadigan moddiy zahiralar to‘liq kirim qilinganligi va to‘g‘ri baholanganligini tekshiruvi boshlanganda, avvalambor, moddiy zahiralar hisobi qaydnomalarida aks etilgan yakuniy summalar boshqa hisob registrlari (junal-orderlar, mashinogrammalar) ma’lumotlariga muvofihligi tekshiriladi. Shuning bilan bir hatorda balans hisobvaraqlari bo‘yicha sintetik va tahliliy hisobdagi yozuvlar uning bo‘limlaridagi yozuvlarga mos kelishini tekshirish lozim. Moddiy zahiralarni kirim kilish uchun asosiy hujjatlar bo‘lib moddiy-javobgar shaxslar hisobotlariga ilova qilingan, mol yetkazib beruvchilar tomonidan materiallarga ilova qilingan hujjatlar hisoblanadi, bular: *-transport yuk xatlari, hisobvarak-fakturalar, spesifikatsiyalar, kadohlash yorliklari, sifat guvohnomalari, kabul kilish hujjatlari, chiptalar hamda yukdan, uning kadoklanganidan va yetkazib berish usulidan kelib chikadigan boshqa hujjatlar. Kelib tushgan boyliklarni rasmiylashtirish uchun ichki hujjatlar bo‘lib yuk oluvchining tamg‘asi bosilgan mol yetkazib beruvchilarning ilova kilgan hujjatlari, kabul kilish dalolatnomalari, kirim kilish yuk xatlari va yukni kabul kilish bo‘yicha belgilangan tartibdan kelib chikadigan boshqa hujjatlar bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan xujjatlar tadqiqot obekti Oxangaronsement AJqo‘shma korxonasimisolida quyida taqdim etilgan.
Moddiy zahiralarni to‘g‘ri baholash, avvalambor, ularning tahliliy va sintetik hisobi qanday tashkil etilganligi va yo‘lga ko‘yilganligiga bog‘liq. Shuning uchun tekshirishda hisob tegishli hisobvarahlar bo‘yicha (xom ashyo va materiallar, sotib olinadigan yarim tayyor materiallar va jihozlash buyumlari konstruksiyalar va detallar, yonilg‘i va boshqa bir xil turdagi guruhlar) 1000-sonli “Materiallar hisobi bo‘yicha hisobvaraqlar” hisobvaraqlari guruhida va moddiy zahiralarning iste’mol kilish belgilaridan kelib chikib har bir nomlanishi bo‘yicha olib borilishi tekshiriladi. Undan keyin, moddiy boyliklarga ularning iste’mol kilish belgilaridan kelib chikkan holda nomenklatura raqamlari ko‘yilishi va ular ombordagi hisob bo‘yicha dastlabki hujjatlarda aks etilishi tekshiriladi. Moddiy zahiralar ishlab chiqarishda ishlatilishining tekshiruv manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: materiallarni sarf-harajati bo‘yicha jamlash ro‘yxatnomalari, “Xom ashyo va materiallar” hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha jurnal-order, materiallar harakati bo‘yicha saldo yoki aylanma qaydnomalar, materiallarni ombordagi hisobi bo‘yicha varahalar va daftarlar, materiallarni ishlab chiqarishda ishlatilganligi to‘g‘risida dastlabki hujjatlar va boshqalar.
Moddiy zahiralar ishlab chiqarishda ishlatilganligi tekshiruviga bevosita kirishishdan oldin, ombor bo‘yicha hisob ma’lumotlari 1000-sonli “Materiallarni hisobga olish bo‘yicha hisobvarahlar” hisobvaraqlari guruhining sintetik hisob ma’lumotlariga muvofikligi tekshiriladi. Buning uchun oy oxiriga koldik qaydnomasining umumiy yakuniy koldig‘i (summa ko‘rinishida ifodalangan) moddiy zahiralar, *lar va idishlar bo‘yicha hisob qaydnomasida keltirilgan ma’lumotlar bilan solishtiriladi. Bundan keyin materiallarni ishlab chiqarishga berilishi bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalar tekshiruviga o‘tiladi. Bunday tekshiruv uchun chikim hujjatlari asosida tuzilgan omborlar bo‘yicha materiallar sarf-harajatining jamlash qaydnomalaridan foydalaniladi. Materiallarni ishlab chiqarishga berish bo‘yicha hujjatlar aylanishi katta mikdorda bo‘lsa, tekshiruvchilar belgilangan yig‘indi oralig‘ida hujjatlarni tanlab oladi. Korxona qaysi tarmoqqa qarashligidan kelib chiqib, omborlardan moddiy zahiralar ishlab chiqarish uchun berilishi turli xil hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bular yirtib olinadigan oylik chiptalari bo‘lgan cheklab olish xaritalari, materiallarni almashtirish yoki ko‘shimcha ravishda olish uchun talabnoma dalolatnomalari, jihozlash bo‘yicha qaydnomalar, bichish xaritalari, olish varaqalari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Moddiy zahiralarni ishlab chiqarishga sarf-harajati tekshiruvining yakunlovchi bosqichi bo‘lib materiallar qiymatidagi farqlarni tayyor mahsulotlar ishlab chikarilishiga asosli ravishda hisobdan chiqarilishi tekshiriladi. Tekshiruv uchun moddiy zahiralar va idishlar bo‘yicha hisob qaydnomalaridagi ma’lumotlar tahlil kilinadi.