Moliy a viy tahlil va audit


V BOB. XULOSA VA TAKLIFLAR 22.5.1. Tadqiqotning asosiy ilmiy va amaliy yangiligi va natijalari



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə25/28
tarix22.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#134211
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

21.V BOB. XULOSA VA TAKLIFLAR

22.5.1. Tadqiqotning asosiy ilmiy va amaliy yangiligi va natijalari

23.Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi


Bular quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
tovar-moddiy zaxiralar hisobini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish maqsadida buxgalteriya hisobida 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schyotini kiritish zarurligi ilmiy asoslangan;
2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» va 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralar auditi bo‘yicha ichki nazorat savolnomasini tuzishda COSO modelini qo‘llash zarurligi ilmiy asoslangan.
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy jihatlar:
tovar-moddiy zaxiralarga doir axborotlarni moliyaviy hisobotda ochib berish yo‘nalishlari taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralarning omborda, ishlab chiqarishda va boshqa xo‘jalik jarayonlarida saqlash va foydalanish holatiga to‘g‘ri baho berish maqsadida inventarizasiyaning samarali usullari taklif etilgan;
auditorlik tekshiruvlarini tizimli tashkil etish maqsadida tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishning to‘rtta bosqichi taklif etilgan;
tovar moddiy zaxiralar auditida dalillarining ishonchliligi va mosligini baholash mezonlari taklif etilgan.

24.5.2. Tadqiqot natijasida keltirilgan asosiy tavsiya va takliflar


Tovar-moddiy zaxiralar auditini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:


1. Mamlakatimizda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini keng qo‘llash bo‘yicha muayayn chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari va yirik soliq to‘lovchilar o‘z moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzib, foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etmoqda. Biroq moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va buxgalteriya hisobining milliy standartlari o‘rtasida farqli jihatlar mavjud. Tadqiqot davomida «Zaxiralar» nomli 2-son BHXS, «Qishloq xo‘jaligi» nomli 41-son BHXS va «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMS talablari qiyosiy tahlil qilindi hamda buxgalteriya hisobida 1091-«Bir yillik o‘simliklar» ishchi schotini ochish taklif etildi. Mazkur schot xalqaro standartlar talablarini mahalliy qo‘llash imkoniyatini yaratdi.

  1. Ma’lumki xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyati davomida tayyor mahsulot va tovarlarning qaytarilishi holatlariga juda ko‘p duch kelishadi. Mazkur holatlar turli sabablar tufayli yuzaga keladi. Bu esa buxgalteriya hisobida xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulot va tovarlarning hisobini yuritishda muayayn kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Shu boisdan 2840-«Xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulotlar» va 2991-«Xaridorlardan qaytgan tovarlar» ishchi schotlarini kiritish taklif etildi. Mazkur taklif xaridorlardan qaytgan tayyor mahsulot va tovarlarning tahliliy hisobini takomillashtirishga va buxgalteriya hisobining axborot ta’minotini oshirishga xizmat qiladi.

  2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi yuqori darajada foyda olishga xizmat qiladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxi tarkibida tovar-moddiy zaxiralarning ulushi ba’zi tarmoqlarda 90 %dan oshiqni tashkil etadi. Bu esa tovar-moddiy zaxiralar tannarxini to‘g‘ri aniqlash va baholashni talab etadi.

  3. Tovar-moddiy zaxiralar auditorlik tekshiruvining eng katta salmoqqa ega bo‘lgan ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Auditorlar tekshiruv o‘tkazish jarayonida tovar-moddiy zaxiralarning nafaqat saqlanishi va ishlatilishi jarayoniga, balki ularning moliyaviy natijalarga qay darajada ta’sir etishiga ham e’tibor qaratishadi. Bu esa tovar-moddiy zaxiralar auditini sifatli o‘tkazishni talab etadi. Auditning sifatli o‘tkazilishi esa uning to‘g‘ri rejalatirilishiga bog‘liq. Tadqiqotlar natijasida tovar-moddiy zaxiralar auditini o‘tkazishning 4 ta bosqichi taklif etildi. Tovar-moddiy zaxiralar auditining ushbu bosqichlar bo‘yicha izchil amalga oshirilishi ularning mavjudligi va holatiga to‘g‘ri baho berish imkoniyatini yaratadi.

  4. Tovar-moddiy zaxiralar tekshiruvi natijalari bo‘yicha auditor fikrining shakllanishi dalillar sifati va miqdoriga bevosita bog‘liqdir. Auditorlik tekshiruvida dalillarning yetarliligi va mosligining ta’minlanishi haqqoniy auditorlik xulosasining shakllanishiga xizmat qiladi. Shu boisdan tadqiqot davomida tovar-moddiy zaxiralar auditida dalillarning ishonchliligi va mosligini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Mazkur mezonlar dalillarning sifati va miqdoriga odilona baho berish imkoniyatini yaratadi.

  5. Auditorlik faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanaganligi bois u hamisha risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Auditorlik tekshiruvlari davomida auditorlar doimo riskni kamaytirishga harakat qiladi. Auditorlik riskini kamaytirishning eng muhim yo‘nalishi ichki nazorat tizimiga baho berish orqali nazorat riskini kamaytirish hisoblanadi. Tadqiqotlar natijasida tovar-moddiy zaxiralar auditi bo‘yicha ichki nazorat savolnomasi ishlab chiqildi. Mazkur savolnoma tovar-moddiy zaxiralar auditida nozik nuqtalarni aniqlash va tekshiruvning muayyan tartibda amalga oshirishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin