19. 4.2. Inventar va xo‘jalik jihozlari bo‘yicha muomalalar auditi.
Material zahiralarning auditini o‘tkazishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Audit hajmini aniqlash.
Audit hajmi harakatdagi qonunchilik, auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy tizim xujjatlari hamda mijoz bilan kelishilgan shartlar asosida aniqlanadi. Auditor tekshiruv ob’ekti va moliyaviy xo‘jalik faoliyati bo‘yicha har tomonlama yetarli tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Jumladan, korxonada buxgalteriya hisobi va ichki nazorati qanday tashkil etilganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmog‘i lozim. Audit o‘tkazish bosqichlari bo‘yicha auditning hajmi quyidagilarni:
• ikkilanishga sabab bo‘layotgan aloxida xo‘jalik jarayonlarining mavjudligini va xujjatlashtirishning to‘g‘riligini tekshirish:
• pul mablag‘larini, aloxida turdagi moddiy qiymatliklarini yo‘qlamadan o‘tkazish imkonining mavjudligi;
• balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot
ma’lumotlari asosida korxona moliyaviy xolatini taxlil
qilish;
• analitik va sintetik xisob ma’lumotlarining bir-biriga to‘g‘ri kelishini hamda korxona daromad va harajatlarini hisobot davrida to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tekshirish;
• qabul qilingan xisob siyosatining iqtisodiy samaradorliligini baxolashni o‘z ichiga oladi.
2. Audit ishini rejalashtirish. O‘zbekiston Respublikasining audit faoliyatining 3-milliy standartida ko‘rsatilgan umumiy qoida va tamoyillariga asosan auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish amalga oshiriladi. Audit o‘tkazishni rejalashtirishni dastlabki taxlil, amalga oshiriladigan ishning masshtabini baxolash va qo‘llanilayotgan ichki nazorat asosida olib borish kerak. Tekshiruv jarayonida qo‘llaniladigan bosqichni aniqlash zarur, ya’ni tekshiruvga boshqa auditorlar, ekspertlarni va qo‘shimcha xodimlar jalb etishni hamda mijozning roziligini olib, ular faoliyatini rejalashtirish lozim. Ammo yodda tutish kerakki, boshqa mutaxassislar ishidan foydalanish auditordan auditorlik xulosasi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi»33.