7. 1.6. Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.
Dissertatsiya ishining tarkibi besh bobdan iborat bo‘lishi rejalashtirildi.
Magistrlik dissertatsiyasining 1-bobi, ya’ni kirish qismi;
Tadqiqot ishining 2-bobi. Ushbu bob adabiyotlar sharhiga bag‘ishlanadi, unda tadqiqot mavzusi bo‘yicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili yoritiladi, tadqiqot gipotezasi asoslanadi.
Dissertatsiyaning 3-bobi tadqiqot metodologiyasiga bag‘ishlanadi, unda ma’lumotlar manbalari, tadqiqot dizayni, tadqiqotda qo‘llanilgan uslublar, tadqiqot paradigmasi, tadqiqot dizaynining cheklovlari hamda foydalanilgan vositalar bayoni keltiriladi.
Dissertatsiyaning 4-bobi. Bu bobda tadqiqot tahlili va natijalari keltiriladi hamda ular muhokama qilinadi, ulardan kelib chiqqan holda tavsiya va takliflar keltiriladi, tavsiyalarga ta’rif va asoslar bilan bayon qilinadi.
Dissertatsiyaning 5-bobixulosa va takliflar qismidan iborat bo‘lib, unda olib borilgan izlanishlar asosida aniqlangan bilimlarimizni umumlashtiramiz hamda ular asosida muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqamiz. Shuningdek, dissertatsiya ishida tadqiqot davomida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini keltirib o‘tiladi.
8.II BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
2.1. Adabiy manbalarda keltirlgan tadqiqotlar natijalari. Prezidentimiz Sh.M.Mirziѐev ta’kidlaganlaridek,―Aniq dalil va muammolarga murojaat qilaman.
Birinchi - islohotlarning qay darajada samara beraѐtganini ko‘rsatadigan maqsadli dasturlarni amalga oshirish natijadorligi. Bular qatorida sanoat va boshqa tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini so‘zsiz oshirish‖4.
Bulardan kelib chiqib, paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy mohiyatini ochib beramiz. Bozor iqtisodiѐti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xarajatlar alohida o‘rin tutadi. Xarajatlar bu - mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Binobarin, ―Korxona xarajatlari deganda-tadbirkorlik faoliyati va biznesni yulga qo‘yishdagi maqsadli harakatni boshqarishda yuzaga chiquvchi sarflarga aytiladi‖.5 «Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar narxni hisoblab chiqishda o‘z mahsulotlarining bahosidan kelib chiqadilar. Narx shakllantirishning asosiy omili deb, ular sarf-xarajatni emas, balki iste’molchilarning xaridorlik imkoniyatlarini inobatga oladilar»6.
Bizning korxonalarimiz uchun narx shakllantirishning bunday siѐsatini maqbul deb hisoblash o‘ta xatolik bo‘lur edi.
Bizningcha, tannarx sotuvchi uchun daromadni ta’minlaydigan vositadir. Tannarx bir qator omillar, jumladan ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq bo‘ladi. A. Karimovning yozishicha, «Tannarx ko‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bo‘lsa, ishlab chiqarish rentabilligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qo‘shilmaydi, ba’zi xarajatlar boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari qoplanadi»7.
Hozirgi paytda tannarx hisoblashning bir qator turlari mavjud. Narx tannarx asosida shakllanishi mumkin; iste’molchi bilan hisob-kitob usuli sifatida berilishi mumkin va sotish bozori uchun kurash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin va h.k. O. Bobojonov va K. Jumaniyozovlar ayrim olingan xarajatlarni hisobga olish ob’ektining xususiyatini xarajatlarini boholash usuli va ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimining turlari bilan belgilaydilar.
Chunonchi, ««Tannarxning farqlari» turli mahsulotlarni inobatga olgan holda quyidagi tannarxlarning uchta turida:
a) sub’ekt ishlab chiqargan mahsulotning bahosini o‘rnatish va o‘rtacha sharoitda tezkor qarorlarni qabul qilish uchun to‘liq ishlab chiqarish tannarxi;
b) o‘ziga xos sharoitlarda yetishtirilgan mahsulotning bohosini belgilash va tezkor qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar bo‘yicha mahsulotlarning tannarxini hisoblash (direkt-kosting);
s) rejalashtirish jaraѐni va mas’ul ijrochilarning faoliyatini nazorat qilish uchun foydalaniladigan javobgarlik markazlari bo‘yicha mahsulot tannarxini hisoblash turlarida o‘zini aksini topgan»8.
Narxlarning shakllantirishning asosiy vazifasi maksimal foyda olishdir. Lekin, ushbu vazifani hal etish uchun narxlar va sotuvlarning hajmi o‘rtasida mutanosiblikni belgilash kerak, bu esa oson ish emas.
Bundan tashqari, raqobat tufayli narxlar borgan sari tannarxga yaqinlashib boraѐtgan ko‘pgina bozorlarda kompaniyalar nafaqat tannarxni pasaytirish, balki daromadlarni narx orqali oshirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.
Shunday qilib, narxni shakllantirish uchun tanlangan ѐndashuvdan qat’iy nazar narxni hisoblashning boshlang‘ich asosi sarf-xarajatlar bo‘ladi.
Shu o‘rinda tannarx to‘g‘risida quyidagi tushunchani keltirishni lozim topdik, «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish ѐki qayta ishlash jaraѐnida ishlatiladigan tabiat resurslari, xom ashѐ, material, ѐqilg‘i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning puldagi ifodasidir»9.
Mahsulot tannarxi to‘g‘risida fikr bildirganda, quyidagi eng sodda talqin qilingan tushunchani ham keltirib o‘tishni joiz bildik, ya’ni «Mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, korxonaga mahsulot tayѐrlash qanchaga tushganini ko‘rsatadi. Tannarx ko‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, mahsulotlar rentabilligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish rezervlarini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiѐti sharoitida mahsulot tannarxini kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki raqobatchilik muhitida mahsulotga talab va uning sifatigina emas. Balki anchagina qismini tannarx tashkil etadigan uning narxi ham muhimdir»10.
Demak, talabga mos bo‘lmagan ma’lum narx darajasini qabul qilish xo‘jalik sub’ektining xo‘jalik faoliyatidagi jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi, natijada xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z raqobatbardoshligini yo‘qotishi, bozordagi ulushining qisqarish, moliyaviy ahvoli ѐmonlashishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi o‘zining butun faoliyatini mo‘ljal sifatida bozor narxiga muvofiq qurishi lozim.
Ishlab chiqarish faoliyati ishlab chiqarish omillari; mehnat, yer va boshqa tabiiy zahiralar, kapitalning mavjudligi va foydalanishi bilan ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish jaraѐnlarini o‘rganishda resurslar hatto ularning mavjudlik nuqtai-nazaridan emas, ularning iste’mol qilinishi va ularning qiymatini tayѐr mahsulot ѐki xizmatlarning qiymatiga o‘tkazilishi nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqiladi. Sarf, xarajatlar to‘g‘risida fikr bildiradigan bo‘lsak, sarf- bu ishlab chiqarish jaraѐnida ishtirok etadigan istalgan moddiy resurs ѐki inson omilidir; xarajatlar esa- sarflangan pul mablag‘laridir.
Demak, sarf-xarajatlar – bu mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan mehnat va moddiy resurslardir.
Tovar-moddiy zaxiralarning mohiyati, ularni tasniflash va baholash masalalari bilan ko‘pgina iqtisodchi olimlar shug‘ullanishgan.
Xorijiy iqtisodchi olim G.Priniotakis va P.Arguropouloslarning fikricha, «zaxiralar miqdorini to‘g‘ri belgilash ishlab chiqarish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Zaxiralar miqdorining ko‘pligi tashkilot likvidligini pasaytiradi. Aksincha zaxiralar miqdorining kamligi ishlab chiqarishning pasayishiga va foydaning kamayishiga olib keladi»11.
Boshqa bir guruh iqtisodchilar ta’kidlashicha, «tovar-moddiy zaxiralar korxona aktivlari tarkibida katta salmoqni tashkil etadi. Tovar-moddiy zaxiralar miqdorining kamligi yoki ko‘pligi ishlab chiqarish zanjiriga ta’sir etib, faoliyatning barqarorligiga ta’sir etadi»12.
Mahalliy iqtisodchi olim N.Raxmonov tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga to‘xtalib, ular tarkibiga quyidagilarni kiritgan: «tovar-moddiy zaxiralar - kapital doiraviy aylanishining birinchi bosqichidagi moddiy aktivlar, ya’ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va o‘zlarining natural-moddiy shaklini to‘liq saqlab turgan ishlab chiqarish zaxiralari; asosiy podaga o‘tkazish yoki sotish maqsadida o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, ishlab chiqarishdan olingan tayyor muhsulotlar; sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlardan iborat»13.
Mahalliy iqtisodchi olim A.Achilovning ta’kidlashicha «ishlab chiqarish korxonalarining aylanma mablag‘larning tarkibidagi moddiy aktivlar, ya’ni korxonalarning aynan bir mahsulot turlarini yaratish xususiyatlaridan kelib chiqib, xom-ashyolar, yarim tayyor mahsulotlar, kimyo sanoati korxonalaridagi reagentlar, tayyor mahsulotlar, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar, tugallanmagan ishlab chiqarish hamda qayta ishlashga mo‘ljallangan kimyoviy chiqindilardan iborat»14.
Mahalliy iqtisodchi olim S.Tashnazarovning fikricha «milliy standartimizda tovar-moddiy zaxiralarga berilgan ta’rifda «....ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish» degan jumlani olib tashlash kerak, deb o‘ylaymiz, chunki bu jumlalar uzoq muddatda foydalanadigan moddiy aktivlarning ta’rifida ham keltirilgan»15.
Mahalliy iqtisodchi olim M.Xaydarov fikricha, «tovar-moddiy zaxiralarga tashkilotga tegishli bo‘lgan va xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar kiritiladi»16.
Muallif fikricha, tovar-moddiy zaxiralar iqtisodiy mohiyati haqidagi fikrlarni umumlashtirishga ko‘ra, aksariyat hollarda mualliflar milliy va xalqaro standartlarda taqdim etilgan ta’rifning an’anaviy ifodasiga rioya etganligini ko‘rsatdi.
Tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan moddiy aktivlar bo‘lib, ularning qiymati tayyor mahsulotlar qiymatiga to‘liq o‘tkaziladi. Ular xarajatlar tarkibida eng katta ulushni egallaydi va moliyaviy natijalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Tovar-moddiy zaxiralar aktivlar tarkibida muhim o‘rin tutib. quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi:
tovar-moddiy zaxiralar ma’lum tarkibga ega;
tovar-moddiy zaxiralar turli mezonlarga muvofiq tasniflanadi:
tovar-moddiy zaxiralar o‘ziga xos baholash xususiyatiga ega:
tovar-moddiy zaxiralar ma’lumotni ochib berish xususiyatiga ega.
Zamonaviy bozor sharoitida tovar-moddiy zaxiralar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar barqarorligini ta’minlaydigan eng muhim resurslardan biri hisoblanib, faoliyatning yakuniy natijasi, ularning hajmi va darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, tovar-moddiy zaxiralarning mohiyatini o‘rganish va tushunish buxgalteriya hisobining eng muhim muammolaridan biri sanaladi va bu yuqori darajadagi amaliy zarurat va ulardan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan oqilona foydalanish bilan bog‘liq. ish joylarining mustaqilligini ta’minlash. Bu mahsulotlarni qayta ishlashdagi kechikishlarni qoplash va ishlab chiqarish jarayonining yuqori izchilligini ta’minlash uchun zaxiraga bo‘lgan ehtiyoj bilan tavsiflanadi;