Молия / Банклар ва бошқа кредит муассасалари. Кредитлар]


-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomalada bo’lishi



Yüklə 31,65 Kb.
səhifə4/4
tarix25.04.2023
ölçüsü31,65 Kb.
#102425
1   2   3   4
530 II son-30.08.2003-y.docx

14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o’rtasida muomalada bo’lishi
Banklar o’z faoliyatining xavfsizligini ta’minlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o’z mijozlari (vakillari) to’g’risidagi ma’lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o’zaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondiga, shuningdek omonatchilarga pullarni qaytarish tadbir-choralarini ko’rish uchun agent banklarga taqdim etiladi.
Boshqa bankning mijozi (vakili) to’g’risidagi ma’lumotlarni olgan bank bunday ma’lumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
15-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish chegarasi
Bank ushbu Qonunga muvofiq faqat o’z mijoziga (vakiliga) doir, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etadi, bunda mijozning (vakilning) bankda saqlanayotgan hujjatlarida boshqa shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan bo’lsa, bunday ma’lumotlar ham mijozga (vakilga) doir ma’lumotlar deb hisoblanadi.
16-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar taqdim etishni rad qilish
Agar bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etish to’g’risidagi talab ushbu Qonunning qoidalariga muvofiq bo’lmasa, bank bunday ma’lumotlar taqdim etishni rad qilishi shart.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etishni rad qilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni so’rash va olishga haqli emas, ushbu Qonunda ko’rsatilgan hollar bundan mustasno.
17-modda. Nizolarni hal qilish
Bank siri bilan bog’liq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
18-modda. Bank siri to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o’ziga ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo’lib qolgan shaxsning bu ma’lumotlarni noqonuniy ravishda oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar etkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003 yil 30 avgust,
530-II-son
Yüklə 31,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin