Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar



Yüklə 267,6 Kb.
səhifə20/69
tarix02.06.2023
ölçüsü267,6 Kb.
#122051
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
3336 26.11.2021 (1)

Oldingi tahrirga qarang.
10895 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi (aktiv-passiv)
(10895-pozitsiyaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3336-1, 20.04.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.04.2023-y., 10/23/3336-1/0225-son)
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarish hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: 10895 hisobvarag‘ida aks ettirilgan tuzatishlardan tashqari, investitsiyalarning qadrsizlanishi natijasida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining o‘sishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10900 Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
10901 Qimmatbaho metallar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan oltin, kumush va platina kabi qimmatbaho metallari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho metallarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10905 Qimmatbaho toshlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid, qahraboning noyob hosilalari kabi qimmatbaho toshlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho toshlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10909 Qimmatbaho tangalar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallardan yasalgan (oltin, kumush va boshqa) tangalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida baholangan ehtimoliy yo‘qotishlar summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan, 11103, 11105 hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103 Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11101 hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan, 11105 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105 Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11101, 11103 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11195 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha diskont — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq nominal qiymati bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi salbiy farq, ya’ni diskont hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning debitorlik qarzini uning to‘liq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki to‘liq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11199 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Faktoring (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tug‘ilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11500 Mijozlarning akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan trattalari bo‘yicha majburiyatlari
11501 Mijozlarning majburiyatlari — Import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan chiqarilgan va importning qiymatini to‘lash va/yoki akseptlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan, akkreditiv kafolati asosida taqdim etilgan, import yoki sotib olish/to‘lash vakolati bilan bog‘liq bo‘lgan veksel/trattalarning hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tovarlar yoki xizmatlar import uchun chet el vakil bankidan qabul qilingan akkreditiv bo‘yicha taqdim etilgan veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlarning hisobvaraqlariga qo‘yilgan akkreditiv asosidagi veksellarning to‘langan summasi, shuningdek qayta tasniflangan, 11511 va 11519 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11503 Mijozlarning majburiyatlari — Akkreditiv va kafolatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarning akkreditiv va kafolatlari bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida mijozlarning akkreditiv va kafolatlari bo‘yicha to‘lab berilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar tomonidan qoplab berilgan summalar, shuningdek qayta tasniflangan, import bilan bog‘liq akkreditivlar bo‘yicha 11511, 11519 hisobvaraqlariga, mahalliy akkreditivlar bo‘yicha 11515, 11521 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan summalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11505 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: importyor tomonidan trast bitimi asosida tovarlarni olishga oid hujjatlar berilgunga qadar/berilgan vaqtda akseptlangan, akkreditiv kafolati bo‘yicha import uchun taqdim qilingan veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida trast hujjatlari asosida akseptlangan va o‘tkazib berilgan, akkreditiv kafolati bo‘yicha taqdim qilingan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mijozlar hisobraqamlaridan undirib olingan taqdim etilgan akkreditiv kafolati bo‘yicha import bilan bog‘liq veksel/trattalarning, shuningdek qayta tasniflangan, 11511 va 11519 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11509 Mijozlarning majburiyatlari — Trast hujjatlari asosidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan mahalliy veksel/trattalarning qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati bo‘yicha taqdim qilingan mahalliy veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida taqdim etilgan mahalliy veksel/trattalar bo‘yicha mijozlarning hisobvaraqlaridan undirib olinadigan summa, shuningdek qayta tasniflangan, 11511 va 11519 hisobvaraqlariga o‘tkazilgan veksellar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11511 Muddati o‘tgan import bilan bog‘liq veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11501, 11505 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvlari kafolati asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kelishuvi kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq to‘langan veksel/trattalarning qiymati va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 hisobvarag‘idan qoplangan, shuningdek qayta tasniflangan, ushbu hisobvaraqdan 11519 hisobvarag‘iga o‘tkazilgan import bilan bog‘liq to‘lab berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11515 Muddati o‘tgan mahalliy veksellar va akseptlar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb hisoblanadigan, akkreditiv va/yoki trast hujjati kafolati asosida berilgan muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11509 hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, akkreditiv va/yoki trast kelishuvi asosida qo‘yilgan, muddatida to‘lanmagan mahalliy veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast kafolati asosida qo‘yilgan va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash 11599 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan, shuningdek qayta tasniflangan, 11521 hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11519 Sud jarayonidagi import bilan bog‘liq veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan sud ishi qo‘zg‘atilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11501, 11505, 11511 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan import bilan bog‘liq veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan va/yoki akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘langan veksel/trattalarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11521 Sud jarayonidagi mahalliy veksellar
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan va ushbu yuzasidan sud ishi qo‘zg‘atilgan mahalliy veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 11509, 11515 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolatlari asosida qo‘yilgan mahalliy veksellarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida qo‘yilgan, to‘lab berilgan mahalliy veksel/trattalarning va/yoki qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira 11599 hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: akkreditiv va/yoki trast hujjatlari kafolati asosida import bilan bog‘liq va mahalliy veksellar bo‘yicha undirib olinmaslik ehtimoli borligi natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11700 Bankning to‘lanmagan akseptlari bo‘yicha mijozlarning majburiyatlari
11701 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklidagi veksel/trattalarning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11705 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11800 REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11801 REPO bitimlari bo‘yicha Markaziy bankdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11803 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11805 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11807 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11809 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11811 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar

Yüklə 267,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin