Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


-bob. Kredit tashkilotining iste’molchi bilan munosabatlarni tashkil etishi



Yüklə 52,44 Kb.
səhifə4/9
tarix03.03.2023
ölçüsü52,44 Kb.
#86468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3262 30.06.2020 (1)

3-bob. Kredit tashkilotining iste’molchi bilan munosabatlarni tashkil etishi
1-§. Kredit tashkiloti tomonidan iste’molchi bilan munosabatlarni amalga oshirishning asosiy qoidalari
22. Iste’molchida kredit tashkiloti xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha taraflarning o‘zaro munosabatlari yuzasidan savollar yuzaga kelganda, kredit tashkiloti iste’molchiga ushbu savollarning mohiyati bo‘yicha asosli javob va boshqa tegishli tushuntirishlar berishi shart.
Bunda kredit tashkiloti iste’molchilarga qarz to‘lashdan bo‘yin tovlash va (yoki) uni to‘lamaganlik uchun javobgarlikdan qochishning usul va yo‘llarini qo‘llash, shuningdek, boshqa shunga o‘xshash masalalar yuzasidan (shu jumladan, boshqa moliya tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha ham) maslahat berish bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli emas.
23. Kredit tashkiloti faoliyatida insofsiz xizmat ko‘rsatish amaliyotlarining qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:
iste’molchi boshqa kredit tashkiloti bilan shartnoma tuzishiga to‘sqinlik qilish maqsadida kredit tashkiloti tomonidan kredit byurosiga va (yoki) boshqa tashkilotlarga noto‘g‘ri axborot berish;
iste’molchi uchun maqbul shartlarda rasmiylashtirilgan boshlang‘ich qarzni qaytarish maqsadida uni boshqa kredit shartnomasini tuzishga rag‘batlantirish;
iste’molchilarning qarzi miqdorini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirganligi uchun kredit tashkiloti xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirish.
24. Iste’molchilarga kreditlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatayotganda kredit tashkilotlari kreditlash javobgarligining halollik, shaffoflik, ishonchlilik, sherikchilik munosabatlari, iqtisodiy manfaatlar va imkoniyatlarni hisobga olish tamoyillariga rioya qilishlari shart.
25. Kredit tashkiloti:
kredit bo‘yicha nominal va real foiz stavkalarni kredit berish sanasidagi e’lon qilingan foiz stavkalari ko‘rsatkichlaridan oshirmasligi;
kredit shartnomasi tuzilgunga qadar mazkur Nizomning 18 va 19-bandlariga muvofiq axborotni iste’molchiga ma’lum qilishi;
kredit shartnomasi tuzilgunga qadar qarz oluvchining to‘lovga qobiliyatliligi puxta o‘rganishi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq iste’molchidan undirilishi taqiqlangan qo‘shimcha yig‘imlar, vositachilik haqlari va boshqa to‘lovlarni kredit shartnomasi shartlariga kiritmasligi;
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
kredit shartnomasida shartnoma tuzilgandan keyin va mijoz tomonidan pul mablag‘lari olingunga qadar bo‘lgan davrda iste’molchining kredit olishdan bepul asosda voz kechish huquqini nazarda tutishi;
kredit shartnomasida jarima sanksiyalarini undirmagan holda istalgan vaqtda iste’molchining kreditni muddatidan oldin so‘ndirish huquqini nazarda tutishi;
kredit qarzdorligi bo‘yicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi va neustoykalarning (penya, jarimalar) eng ko‘p umumiy summasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdordan oshib ketmasligini nazorat qilishi;
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
kredit shartnomasining shartlariga qarz oluvchining huquqlari cheklanishiga va/yoki majburiyatlari oshirilishiga olib keluvchi o‘zgartirishlarni bir tomonlama kiritilishiga yo‘l qo‘yimasligi lozim.
26. Kredit tashkilotlariga:
mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya undirish va neustoyka (shtraf, penya), javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlarni muddatidan ilgari qoplash uchun neustoyka undirish;
jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar ta’minotiga ko‘chmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish;
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar berish va kreditlar bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
ilgari olingan kreditlar bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
27. Iste’molchi-jismoniy shaxs kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish shaklini o‘zi mustaqil tanlash huquqiga ega.
28. Kredit tashkiloti tomonidan to‘lov shakliga qarab (naqd pul bilan yoki naqd pulsiz hisob-kitoblar) kredit tashkilotining xizmatlari uchun har xil narxlar (tariflar) belgilash taqiqlanadi.
29. Iste’molchilarga nisbatan kredit tashkiloti tomonidan kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat o‘zlarining kassalari orqali va (yoki) naqd pul shaklida to‘lash lozimligi bo‘yicha talab belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
30. Iste’molchi-jismoniy shaxs yashash joyidan qat’i nazar, o‘zi tanlagan kredit tashkilotiga kredit olish uchun murojaat etishga haqli.
31. Kredit tashkiloti qarz oluvchining va (yoki) garovga qo‘yuvchining sug‘urta kompaniyasi va (yoki) baholovchini tanlash huquqini cheklamasligi lozim.
32. Kredit tashkiloti kredit operatsiyalarini amalga oshirishda quyidagilarga rioya etishi lozim:
kredit shartnomasida kredit mablag‘larini berish muddati va shartlarini aniq ko‘rsatish;
kredit shartnomasida kredit mablag‘larini berish majburiyatini bajarmaganligi yoki o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun kredit tashkiloti qarz oluvchi oldida kreditor sifatida o‘z javobgarligini aks ettirish.
33. Kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvali kredit shartnomasining ajralmas qismi hisoblanib, kredit tashkiloti va qarz oluvchi tomonidan imzolanishi, shuningdek, qoida tariqasida kredit shartnomasi matnida ilovaga (kreditni qaytarish jadvaliga) havola bo‘lishi kerak.
34. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni qarz oluvchiga haqiqatda berilgan kredit asosiy summasining qoldig‘iga nisbatan kredit shartnomasida belgilangan nominal stavka bo‘yicha hisoblashi kerak.
Bunda, kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi qarz oluvchining hisobvarag‘iga yoki qarz oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan boshqa hisobvaraqqa o‘tkazilgan yoxud qarz oluvchiga naqd pul ko‘rinishida berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
35. Kredit tashkiloti qarz oluvchiga kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortgan taqdirda, ushbu kredit bo‘yicha mablag‘lar berishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qarz oluvchiga kredit berish to‘xtatilganligi va uning sabablari yuzasidan yozma xabarnoma yuborishi shart.
36. Kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi turi (o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchi foiz stavkasi) hamda kreditning asosiy summasi va foizlarini to‘lash usuli (differensial yoki annuitet) tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq kredit shartnomasida nazarda tutilishi kerak.
37. Kredit tashkiloti kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirishni kredit shartnomasida va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiradi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Kredit bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida kredit tashkiloti qarzdorlikni so‘ndirish zarurligi va kredit bo‘yicha majburiyatlar bajarilmasligining oqibatlari haqida tegishli tarzda qarzdorni xabardor qiladi.
Qarzdorlik to‘g‘risidagi xabarnoma asosiy qarz summasi, hisoblangan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (penya, jarima), boshqa to‘lovlar (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatilganda, ushbu xabarnoma qarzdorlik miqdori to‘g‘risida qarzdor uchun qisqacha axborotni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xabarnomani mahalliy vaqt bilan soat 20-00 dan 8-00 gacha qo‘lga topshirish va u haqda telefon vositalari orqali og‘zaki eslatmalar qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
38. Qarzdordan kreditning joriy to‘lovi uchun kreditni qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan ko‘p mablag‘ kelib tushsa, kredit tashkiloti kelib tushgan mablag‘ning ortiqcha qismini qarz oluvchining kreditining (qarzning) asosiy qarzini so‘ndirishga yo‘naltiradi hamda kredit (qarz) summasini qayta hisoblaydi, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa.
Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan so‘ng kredit bo‘yicha moliyalashtirishni boshlash muddatlari yoki shartnomada ko‘zda tutilgan o‘zgaruvchan foiz stavkasi o‘zgarishi, kredit shartnomasining shartlari tomonlar o‘rtasida qayta ko‘rib chiqilishi (shu jumladan, kreditning restrukturizatsiya qilinishi), qarz oluvchi tomonidan kredit qisman muddatidan oldin so‘ndirilishi munosabati bilan kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish sanalari va muddatlari yoki oraliq kredit to‘lovlarining miqdorlari o‘zgarganda kredit tashkiloti kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirishi va qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.
Bunda, kreditni qaytarish jadvali yangidan rasmiylashtirilishi bilan undan oldin mavjud bo‘lgan kreditni qaytarish jadvali o‘z kuchini yo‘qotadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida qayd etilishi shart.
39. Mikrokredit tashkiloti qarz oluvchi tomonidan shartnomaga asosan kredit (qarz) bo‘yicha qarzdorlik summasini to‘lash majburiyati to‘liq bajarilgan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmagan holda mazkur qarz bo‘yicha:
garovda turgan mulkni taqiqdan chiqarish;
garovda bo‘lgan mol-mulkka nisbatan kredit tashkilotining huquqlari to‘g‘risidagi yozuvni garov reyestridan chiqarish choralarini ko‘rishi shart.

Yüklə 52,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin