1. Siz mikrokredit tashkilotni va ularning xizmatlarini tanlashda erkinsiz.
2. Siz kredit shartnomasi yoki boshqa shartnoma va bitimlarni imzolashdan bosh tortishga haqlisiz.
3. Siz kredit shartnomasi tuzishda shartnomani davlat tilida rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga egasiz.
4. Siz kredit shartnomasi loyihasini mikrokredit tashkiloti tashqarisida tanishib chiqish va maslahatlashish uchun olishga haqlisiz.
5. Siz kreditning shartlari va qiymati to‘g‘risida, to‘lovlar va hisob-kitoblar tartibi to‘g‘risida (foizlar, jarima va penyalar), kredit shartnomasi bo‘yicha Sizning huquqlaringiz va majburiyatlaringiz to‘g‘risida, kredit shartnomasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar va javobgarliklar to‘g‘risida, shuningdek Sizga tushunarsiz bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan mikrokredit tashkilotidan to‘liq va batafsil ma’lumot olishga haqlisiz.
6. Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin, biroq pul mablag‘lari haqiqatda olingunga qadar Siz kredit olishdan biron-bir to‘lovlarsiz voz kechish huquqiga egasiz. Mikrokredit tashkiloti xodimlari haq evaziga kredit olish yuzasidan ko‘maklashishga haqli emas.
Agar Sizda shikoyatlar mavjud bo‘lsa, u holda Siz murojaatingizni (telefon ra�ami ko‘rsatiladi) raqamli telefonga yoki (mikrokredit tashkilotining pochta manzili ko‘rsatiladi) manzilga yoki (mikrokredit tashkilotining elektron pochtasi manzili ko‘rsatiladi) elektron manzilga jo‘natishingiz mumkin.
Axborot varaqasining to‘g‘riligi va haqiqiyligi tasdiqlanadi.
_______________________________________________________
(F.I.O. va mikrokredit tashkiloti mutaxassisining lavozimi)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3262/1091-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)