Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]


-§. Iste’molchiga beriladigan axborotning minimal hajmi



Yüklə 52,44 Kb.
səhifə3/9
tarix03.03.2023
ölçüsü52,44 Kb.
#86468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3262 30.06.2020 (1)

2-§. Iste’molchiga beriladigan axborotning minimal hajmi
15. Kredit tashkilotining axborot stendlarida quyidagi axborotlar joylashtirilishi shart:
kredit tashkilotining to‘liq nomi, manzili, filiallari manzillari, ish vaqti, bog‘lanish uchun aloqa telefonlari va elektron pochta manzili;
iste’molchilarga moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi, shartlari va qiymati;
kredit tashkiloti operatsiyalari bo‘yicha tariflar, foiz stavkalari va vositachilik haqlari to‘g‘risida.
16. Kredit tashkiloti iste’molchini moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi haqida xabardor qilishi, shuningdek, iste’molchining talabiga ko‘ra, mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan axborotni taqdim etishi shart.
Taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi axborotni berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Kredit tashkiloti iste’molchi bilan tuziladigan shartnoma shartlariga iste’molchining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan o‘zgartirishlarni kredit tashkiloti tomonidan bir tomonlama kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar kredit tashkiloti iste’molchiga quyidagi axborotni taqdim etadi:
kreditning eng ko‘p miqdorini;
kreditdan foydalanish muddati;
foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek iste’molchi murojaat qilgan sanadagi kreditning to‘liq qiymati (shartnoma tuzish paytida uning mutlaq qiymatini, ya’ni kredit yoki qarzning asosiy qiymati, foizlari, komission va boshqa to‘lovlar, shu jumladan amaldagi tariflar bo‘yicha uchinchi shaxs foydasiga to‘lanadigan to‘lovlarni, agar bunday to‘lovlar qarzdorning majburiyati bo‘yicha shartnoma shartlaridan kelib chiqadigan bo‘lsa, ularni alohida ko‘rsatgan holda ma’lumot taqdim etadi);
vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa to‘lovlarning batafsil ro‘yxati va miqdorlari;
kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda iste’molchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
garovga qo‘yuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
kredit tashkiloti hamda iste’molchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida iste’molchining huquqlari, shuningdek, kredit tashkiloti moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘zda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi ma’lumotlar;
iste’molchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, kreditni taqdim etish va undan foydalanish muddatlari;
kredit olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati;
kredit ta’minotiga qabul qilinadigan garov turlari (agar garov talab qilinsa).
19. Kredit tashkiloti iste’molchi kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bog‘liq tavakkalchiliklar to‘g‘risida, shu jumladan, iste’molchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qo‘llaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida iste’molchining harajatlari summasi oshishi ehtimoli to‘g‘risida axborot beradi.
20. Kredit tashkiloti so‘roviga javoban iste’molchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida iste’molchi ogohlantirilishi zarur.
21. Iste’molchi kredit olish uchun mikrokredit tashkilotiga murojaat qilganida, mikrokredit tashkiloti mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Kreditning asosiy shartlari to‘g‘risidagi axborot varaqasini (bundan buyon matnda Axborot varaqasi deb yuritiladi) iste’molchi bilan birgalikda to‘ldiradi va iste’molchiga bepul tarzda taqdim etadi.
Axborot varaqasi kredit olish uchun buyurtmanoma hisoblanmaydi.

Yüklə 52,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin