Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]



Yüklə 52,44 Kb.
səhifə2/9
tarix03.03.2023
ölçüsü52,44 Kb.
#86468
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3262 30.06.2020 (1)

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
iste’molchilar — kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlaridan foydalanish istagida kredit tashkilotiga murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy va yuridik shaxslar;
kredit — kredit tashkiloti tomonidan berilayotgan kredit, mikroqarz yoki mikrokreditlar;
murojaat — iste’molchi (yoki uning vakili) tomonidan og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda kredit tashkilotiga yuborilgan ariza, shikoyat yoki taklif.
2. Iste’molchilar kredit tashkilotini va ular tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlarni erkin tanlash huquqiga ega.
Kredit tashkiloti tomonidan bir xizmatning iste’molchiga qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatilishi taqiqlanadi.
3. Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari kredit tashkiloti va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq ko‘rsatiladi.
Shartnomalarning matni iste’molchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompyuter vositasida bosib chiqarishda 12 o‘lchamli shriftdan kam bo‘lmagan yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Shartnomalarning matni davlat tilida tuziladi. Iste’molchi va kredit tashkiloti o‘zaro kelishivuga muvofiq shartnoma matni boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.
2-bob. Iste’molchiga axborot berishning minimal talablari
1-§. Ma’lumotlar berishning umumiy minimal talablari
4. Kredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar iste’molchiga oshkor etilishi lozim.
Moliyaviy xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tijorat sirini o‘z ichiga olmasligi zarur.
5. Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlarini taqdim etish shartlari, ushbu shartlarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlar kredit tashkilotining axborot stendlarida joylashtirib borilishi, shuningdek kredit tashkilotining rasmiy veb-saytida (mavjud bo‘lsa) e’lon qilinishi kerak.
6. Iste’molchilarga kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.
7. Iste’molchi kredit tashkilotining moliyaviy xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomasini (kredit, mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing va boshqalar bo‘yicha) imzo qo‘ymasdan oldin tanishib chiqishi uchun o‘zi bilan olib ketishga haqli.
Kredit tashkiloti iste’molchini shartnomaga imzo qo‘ymasdan oldin tanishib chiqishi uchun o‘zi bilan olib ketishga haqli ekanligi to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
8. Kredit tashkiloti tomonidan iste’molchilarga kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat tilida yetkazilishi lozim. Bunda kredit tashkiloti moliyaviy xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqa tillarda ham taqdim etishga haqli.
Kredit tashkilotining moliyaviy xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.
9. Iste’molchilarga kredit tashkiloti tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar to‘liq va to‘g‘ri tushuntirilishi lozim.
10. Mikrokredit tashkiloti tomonidan kredit bo‘yicha xizmat ko‘rsatish davrida iste’molchining og‘zaki yoki yozma so‘rovi olingan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda bir oyda bir marta bepul taqdim etiladi:
kreditlash limiti;
kredit bo‘yicha to‘langan pul mablag‘lari summasi;
asosiy summa bo‘yicha qarz qoldig‘i;
navbatdagi to‘lovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (to‘lovlar jadvali);
kreditni muddatidan oldin qisman yoki to‘liq so‘ndirish istagi bildirilgan taqdirda to‘lash lozim bo‘lgan summalar miqdori;
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;
kelib tushayotgan pul mablag‘lari kredit bo‘yicha qarzni so‘ndirishga yo‘naltirilishi haqida axborotlar.
11. Kredit tashkiloti iste’molchining talabiga ko‘ra, quyidagi hujjatlarning kredit tashkiloti tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta xizmatni ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha bir marta) beradi:
kredit tashkiloti va iste’molchi tomonidan imzolangan moliyaviy xizmatni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani;
iste’molchi tomonidan berilgan ariza (agar qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy bo‘lsa yoki kredit tashkilotining ichki qoidalariga asosan kredit tashkiloti moliyaviy xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish chog‘ida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart bo‘lganda);
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
iste’molchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, to‘lov topshiriqnomasi, elektron to‘lov vositasiga pul mablag‘lari o‘tkazilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma);
kredit shartnomalari bo‘yicha iste’molchi tomonidan majburiyatlari to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (ma’lumotnoma).
Kredit tashkiloti iste’molchining talabiga ko‘ra, mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin.
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit tashkiloti tomonidan iste’molchiga bu haqda asosli ravishda yozma xabar berilishi lozim.
12. Kredit tashkiloti iste’molchilarga ma’lumot berish uchun kredit tashkiloti moliyaviy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzish chog‘ida ular bilan bog‘lanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bog‘lanish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
13. Iste’molchining tegishli so‘rovi kredit tashkilotida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida kredit tashkiloti xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma, iste’molchi tomonidan berilgan ariza va iste’molchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari bo‘yicha iste’molchi tomonidan majburiyatlari to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
14. Kredit tashkiloti iste’molchiga yoki uning vakiliga kredit tashkiloti moliyaviy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusxasini taqdim etishi kerak.

Yüklə 52,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin