71-modda. Banklarning hisobotlari Banklar Markaziy bankka moliyaviy va nazorat hisobotlarini taqdim etadi.
Bank o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda, tartibda va muddatlarda tuzadi hamda Markaziy bankka taqdim etadi.
Banklar Markaziy bankning talabiga ko‘ra konsolidatsiyalashgan, davriy, shuningdek bir martalik hisobotlarni taqdim etadi.
Bank Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobotlarning va boshqa ma’lumotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang. Banklar qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi hisobotlarni ham taqdim etadi.
(71-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 11.07.2008-y.). 72-modda. Banklar tomonidan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish Banklar moliyaviy hisobotlarni, banklar guruhining asosiy banki konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini auditorlik tashkiloti tasdiqlaganidan keyin Markaziy bank tomonidan belgilanadigan shaklda e’lon qiladi.
Banklar o‘z mablag‘lariga, kapitalga doir talablarning bajarilishiga, likvidlikka, tavakkalchiliklarning qiymatiga va boshqa muhim ko‘rsatkichlarga (normativlarga) doir axborotni oshkor etishi kerak.
LexUZ sharhi 73-modda. Bank operatsiyalariga doir hujjatlarni saqlash Banklar hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va muddatlarda o‘z idoraviy arxivida saqlashi shart.
LexUZ sharhi [OKOZ: 1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.06.00 Ayrim tashkilotlar auditining xususiyatlari]