Moliya 1-1 guruh yig’ilishining



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə1/11
tarix07.06.2022
ölçüsü139,5 Kb.
#60877
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guruh bayonnomalari

Moliya 1-1 guruh yig’ilishining




BAYONNOMASI N1

6 dekabr 2021 yil. To’rtko’l shahri


Qatnashdi: 16 o’quvchi.
Kun tartibi:



  1. Guruh o’quvchilari to’g’risida ma’lumotlar olish, shaxsiy varaqalar to’ldirish, guruh faollarini belgilash va ularning vazifalarini belgilab berish.

  2. O’quvchilarga texnika xavfsizligi to’g’risida tushunchalar berish.

  3. O’quvchilar davomadini tekshirib boorish.

Guruh rahbari S.Ibraginovguruhdagi o’quvchilar bilan tanishib chiqdi. Shaxsiy varaqalarga o’quvchilar o’zlari to’g’risida ma’lumotlarni yozdilar. Guruhda guruh faollari saylandi. Bir ovozdan



  1. Yunusbekova Gulzira -- guruh sardori.

  2. Nazarberdiyev Muxammad -- siyosiy axborot uchu ma’sul.

  3. Xudaybergnova Elmira – sanitariya tashkilotchisi.

  4. Xudaynazarov Suhrob – Yoshlar ittifoqi yetakchisi

Yunusbekova Gulzira guruh sardori qilib tayinlandi. Bundan tashqari har bir faolning bajaradigan vazifalari bilan tanishtirdi.

Guruh sardorining vazifasi:


- o’quvchilarning davomadini tekshirish har kuni;

  • o’quvchilarning bilim samaradorligini oshirish;

  • o’quvchilarning tartib intizomi to’g’risida ma’lumot berish;

  • guruh faollari ishining tahlil qilish;

  • guruh rahbariga ma’lumotlar berib borish.

Siyosiy axborot uchun ma’sul ish rejasi:

  • siyosiy axborotlardan xabardor bo’lish, har doim;

  • siyosiy axborotlarni o’quvchilarga yetkazish, har doim;

Sanitariya bo’yicha faol o’quv xonasining tozaligiga, o’quvchilarning kiyinishi va ularga sanitariya maslahatlarini berib borishi lozim.
Yuqoridagi guruh faollariga qayd qilingan vazifalar bajarilishi shart.
Ikkinchi masala bo’yicha, tеxnika xavfsizligi, uning mazmuni haqida, xavfli ishlab chiqarish omillari texnologik liniyalar, mеxanizm va mashinalardan foydalanishga qo’yiladigan xavfsizlik tеxnikasi talablari va xavfsizlik qoidalari va unga amal qilishliklari to’g’risida tushunchalar berildi. Bundan tashqari elеktr xavfsizligi, elеktr toki ta’sirida ro’y bеrishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish, elеktr toki ta’sirining eng xavfli tomoni, elеktr toki xavfiga qarshi tashkiliy va tеxnik chora-tadbirlar to’g’risida tsuhunchalar berib o’tildi.
O’quv xonalarida texnik vositalaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalari va unga amal qilishliklari to’g’risida, elеktr xavfsizligi, elеktr toki ta’sirida ro’y bеrishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish to’g’risida tushunchalar berib o’tdi.
Uchinchi masala bo’yicha guruh rahbari o’quvchilar davomadini har kuni guruh rahbari va guruh sardori tomonidan yuritilishini, davomad jadvali ishlab chiqilishini aytib o’tdi va sababsiz dars qoldirmaslikni qattiq tayinladi.



Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin