Moliya 1-1 guruh yig’ilishining


Terrorizm hudud tanlamaydi



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə7/11
tarix07.06.2022
ölçüsü139,5 Kb.
#60877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guruh bayonnomalari

Terrorizm hudud tanlamaydi

Ushbu masala yuzasidan guruh rahbari S.Ibraginovma’ruzasi tinglandi. U o’z ma’ruzasida shunday dedi:


Bizningcha, zamondoshimiz bo’lmish odamlarni, Siz kabi yoshlarni iymonli sifatida quyidagicha tavsiflashimiz mumkin: e’tiqodli, o’zining aniq maslagiga ega, taqvodor, hamiyatli, oriyatli, or-nomusli, sharm-hayoli, vijdonli, andishali, insofli, kamtarin, halol va pok, to’g’ri so’z kabi fazilatlar sohibidir.


Demak, insoniylikning muhim shartlari - diyonatlilik, mehr-shafqatlilik, poklik va halollikni iymon tushunchasi o’z ichiga oladi. Chunki, faqat iymon sohibi bo’lgan insondagina diyonat, mehr-shafqat, poklik va halollik bo’ladi. Iymonsiz kishilardan uni kutish mumkin emas. Ana shu va boshqa fazilatlar bo’lmagani uchun ham ba’zi odamlarga nisbatan iymonsiz so’zini ishlatamiz
Ekstremizmning mazmun-mohiyati. «Ekstremistik» so'zi esa «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish» ma'nolarini bildiradi.Ja'mi-yatda qabul qilingan qadriyatlar va me'yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, keskin qarashlafva choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Turli ekstremistik guruhlarning o'zaro munosabatida doimiy kelishmovchilik va janjallar, voqelikning keskin o'zgarishi sharoitida ular bo'linib ketadigan guruhlar o'rtasidagi «revolyutsionerlikda» musobaqalashuv kuzatiladi. Ularga yopiq sektalarga xos mistik tildan, e'tiqodga da'vat qilish yoki undan «chetlashish», «shakkoklik» uchun jazolash kabi uslublardan foydalanish xosdir. Yashirin «armiya»larning ichki tarkibi, odatda, «kommandos» (italyan terrorchilarida — «kolonnalar», «musulmon birodarlar»da - «jovalalar») deb ataladigan tezkor birliklardan tashkil topadi. Ular bir-birlarini faqat laqablari orqaligina biladigan uch yoki besh kishilik guruhlardan iborat piramida shaklida tuziladi. Ularning tashkiliy tuzilmasi barcha davlatlarda deyarli bir xil. «Jangovar guruh» tashkilot a'zolarining asosiy ehtiyojla-rini qondirish, jangarilar tashqariga chiqmaydigan bevosita yopiq ijtimoiy muhitni yaratishdek ko'plab vazifani bajaradi. Bir so'z bilan aytganda, jangovar guruh terror xurujini uyushtirishdek asosiy vazifasidan tashqari uning tarkibidagi kishilar uchun ijtimoiy muhit vazifasini ham bajaradi.
Ekstremistik va terroristik tashkilotlarga yangi a'zolarning qo'shilishi, ko'pincha, dinga kiritish, qabul qilishdek shaklu shamoyil kasb etadi hamda bir qancha tanlov va sinov bosqichlarini o'z ichiga oladi. Ekstre­mistik harakatlarning eng quyi tabaqasi ko'pincha siyosiy tusga ega bo'lmagan, mayda zo'rlik va jinoyatlar sodir etadigan unsurlar bilan bog'liq bo'ladi. Bunday zo'rlikning siyosiylashtirilishi terrorizm tomon qo'yilgan birinchi qadam bo'ladi. O'z doirasiga yangi kimsalarni tortar ekan, terrorchilik guruhi yoki uning rahbariyati so'zsiz bo'ysunishni va «ish»ga mutaassibona sadoqatni talab qiladi. Keyinroq esa yollanuvchilar «hamma narsani biluvchi» va ularga yo'lboshchilik qiluvchi sarbonga duch keladilar.Bu so’zlaridan keyin guruh rahbarimiz diniy ektremizmga qarrshi chora-tadbirlar to’g’risida qisqacha to’xtalib, o’quvchilarga turli guruhlardan ogoh bo’lishnini so’radi.

Yig’ilish so’ngida guruh rahbari o’quvchilarga kutubxonadan “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari kitobini olib o’qishni buyurdi


Guruh rahbari: F. Sultanova


Kompyuter injiniring 3-21 guruh yig’ilishining





Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin