Moliya 1-1 guruh yig’ilishining


Moliya-I-1 guruh yig’lishining



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə4/11
tarix07.06.2022
ölçüsü139,5 Kb.
#60877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Guruh bayonnomalari

Moliya-I-1 guruh yig’lishining
B A Y O N N O M A S I №
23dekabr 2021 yil To’rtko’l shahri


Qatnashdi : Guruh rahbari, 16 o’quvchi
Kun tartibi: Guruh o’quvchilari bilan odob-ahloq, yurish-turish, kiyinish, ozodalik, nutq madaniyati haqida suhbatlashish.
Ushbu masala yuzasidan guruh rahbari qisqagina ma’ruza qildi. U o’z ma’ruzasida shunday dedi: Ma’naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog’lom avlod tushunchasi bilan ham bog’lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo’lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi. Odobli o’quvchilardan mustahkam jamoa, mustahkam jamoalardan mustahkam jamiyat, mustahkam jamiyatdan barqaror mamlakat yuzaga keladi dedi.
U yurish-turish, ozoda tutish, chiroyli gaplar to’g’risida milliy qadriyatlarimiz bilan bog’lab, yurish turish, ozodalik, chiroyli gaplar, estetik did to’g’risida to’xtalib, hayotning go’zalligi va mazmuni shi bilan chambarchas bog’liqdir dedi. Kiyim bu faqat tashqi ko’rinish belgisi bo’lmasdan, balki bizning ichki madaniyatimizni ham belgilab beradi. Kiyim inson salomatligiga tayyorlangan liboslar teri nafas olish uchun qulay bo’lib, issiq va sovuq kunlarda mo’tadil saqlaydi. Tor kiyim chuqur va to’g’ri nafas olish, to’g’ri yurishni buzadi, tananing tayanch-harakat tizimi va umurtqa pog’onasi kasalliklariga sabab bo’ladi. Tor kiyim ichki a’zolarni siqib, uzoq vaqt bosim ko’rsatishi natijasida o’smirning jismoniy va emotsional holati buziladi hamda ichki a’zolar (jumladan, jinsiy a’zolar) rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Shu sababli uyda, texnikumda va boshqa jamoat joylarida maqsadga muvofiq ravishda kiyinish lozim. Shu bilan birga uyda, mahallada, ta’lim muassasasida, tanaffusda, o’zaro suhbat chog’ida o’zini tutish madaniyatiga rioya qilishi, avtobus va ko’chalarda saqich chaynamasligi, baland ovozda gapirmasligi, oila va mahalla a’zolari bilan yaxshi munosabatda bo’lishi faqatgina foyda keltiradi.
Ushbu masala yuzasidan guruh sardori Yunusbekova G ham o’z so’zlarini aytib o’tdilar.
Yig’ilish raisi: S.Ibraginov

Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin