Moliya-I-1 guruh yig’lishining B A Y O N N O M A S I № 7 fevral 2022 yil To’rtko’l shahri
Qatnashdilar: guruh rahbari va o’quvchilar
KUN TARTIBI: Har xil diniy oqimlarga kirib ketmaslik, nashri aniq bo’lmagan diniy yoki boshqa yo’nalishdagi adabiyotlardan foydalanmaslik, noqonuniy horijga chiqishning salbiy oqibatlari to’g’risida suhbat. Yo’l harakati xavfsizligi to’g’risida suhbat
Ushbu masala yuzasidan guruh rahbari so’zga chiqib, o'z so'zi davomida har xil diniy oqimlarga kirib ketmaslik, nashri aniq bo’lmagan diniy yoki boshqa yo’nalishdagi adabiyotlardan foydalanmaslik, noqonuniy xorijga chiqishdagi salbiy holatlar, davlat nazoratidan chiqishning qonuniy choralari to'g'risida batafsil tushunchalar berdi. Shuningdek, noqonuniy xorijga chiqib, davlatlarning turli ta'siriga tushib qolish va buning natijasida kelib chiqadigan jinoyatlar, ularga ko'riladigan jazolarni xalqaro huquq normalari, konstitutsiyaviy asoslari bilan aniq misollar yordamida izohlab berdi. Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijga chiqishning qonuniy hujjatlari hamda barcha shart-sharoitlar yaratilganligini tasdiqlangan hujjatlar asosida tushuntirib berdi. Yoshlarning xorijga chiqishlari Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan me'yorlar va belgilangan talab asosidaligini tushuntirdi. U o'z so'zi davomida turli mamlakatlardagi notinch vaziyatlarni aniq misollar bilan tushuntirgan holda yoshlarning xorijga chiqishlariga hech qanday to'siq yo'qligi, faqatgina belgilangan talab va xorijga chiqishdan maqsadlarning aniqligini o'rganilishi, ta'lim muassasasi ruxsati bilan bog'liq masalalar yuzasidan amalga oshirilishi mumkinligini hujjatlar asosida izohlab o'tdi. Shuningdek, yoshlarga bu borada o'quv guruhlarida tushunchalar berish kerakligi yuzasidan mas'ullarga ko'rsatmalar berdi. Xozirgi kunda xalqaro maydondagi vaziyatlar, bundan yoshlarning nechog'lik zarar ko'rayotganligini misollar bilan tushuntirdi. Shuningdek, noqonuniy xorijga chiqish natijasida turli zararli oqibatlar kelib chiqayotganligi yoki turli kasalliklarni mamlakatimizga olib kirayotganligi hamda buning natijasida talabalar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi “ommaviy madaniyat” xavfi kirib kelayotganligini aniq dalillar asosida hayotiy misollar bilan sodda qilib tushuntirib berdi.