Молия бозори статистикаси фани якуний назорат саволлари


Пул массаси, пул мультипликатори нима?



Yüklə 92,09 Kb.
səhifə21/29
tarix03.12.2023
ölçüsü92,09 Kb.
#171819
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Молия бозори ста жавоблари

26.Пул массаси, пул мультипликатори нима?
Pul massasi.
Pul massasi deganda bir mamlakat ichida jismoniy va yuridik
shaxslarning naqd pul va naqd pulsiz qilinadigan hisob-kitob
mablag‘lari yig‘indisi tushuniladi. Umumiy pul massasi (M) alohida
agregatlardan tashkil topadi. Pul agregati deganda to‘lov vositalarini likvidlik darajasi bo'yicha maxsus tasnifi yokijamg‘arilayotgan
va xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari tushuniladi.Pul agregatlarining soni mamlakat iqtisodiyoti va
pul massasini boshqarish xususiyatlari inobatga olingan holda turli-
chadir. Masalan, AQSH va Rossiyada pul massasi 4 agregatga,
Yaponiyada — 3, Angliyada — 5, Shveysariya va Germaniyada — 3,
Fransiyada — 10 agregatga bo‘lingan.
Umumiy ko'rinishda pul massasi quyidagi parametrdan tashkil
topadi:
Mo — agregat aylanmadagi barcha (aholi qoiidagi, korxona va
tashkilotlar kassasidagi) naqd pulni o‘z ichiga oladi.
M, — agregatga barcha naqd (M0) pul va foiz to‘planmaydigan
depozitlar qoldig‘i summasi kiradi.
M 2 — bu agregat o‘z ichiga M l agregatini va muddatli depozit-
lami oladi. Muddatli depozitlar aholini muddatli (3 yilgacha) hisob-
lardagi qo‘yilmalari hamda aholi va korxonalaming tijorat banklari-
da ochilgan hisob raqamlaridagi qoldiq mablagiaridan tashkil topadi.
M3 — bu agregatni aniqlash uchun M2 agregati massasiga maqsad-
li zayomlar, sug‘urta polislari, sertifikatlar, banklar zaxirasi, uch
yildan ko‘p muddatga qo‘yilgan aholi pullari, budjet, kasaba
uyushmasi, ijtimoiy va boshqa tashkilotlar hisobidagi mablag'lar
qo‘shiladi.
M4 — bu agregat M3 agregatiga aksiya, obligatsiya va veksellar
qiymatini qo'shish bilan aniqlanadi.
M5 — agregat o‘z ichiga M4 agregatdagi mablag‘lar va aholi,
korxona hamda tashkilotlaiga qarashli bo‘lgan chet el valutasini oladi.


Yüklə 92,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin