25.Молия бозори статистикасининг предмети, методлари ва бозор иқтисодиёти шароитида вазифалари ҳақида нималарни биласиз?
Moliya bozori stat. Predmeti.metodi va vazifalari
Davlat budjet daromadlari va xarajatlarini tuzish bo'yicha to‘planadigan ma’lumotlar, uni tuzishda bevosita qatnashish, eng asosiysi, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining bajarilishi va dinamikasining statistik tahlili, budjet defitsiti va kamomadi hamda ularga ta’sir qiluvchi omillami statistik baholash va boshqa ishlar moliya statistikasi deyiladi. Ayrim kitob va
darsliklarda moliya institutlaridaf(banklar, sug‘urta va lizing kompaniya-
lari, fond va valuta bozori organlari va h.k)bajariladigan hisob- kitob ishlari moliya statistikasi deb talqin qilinadi.Moliya statistikasining o‘rganish obyekti barcha moliya operatsiya va bitimlari (kengroq moliyaviy loyiha va dasturlar) dir, predmeti deganda esa shu operatsiya va bitimlarning samaradorligini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar hamda bitim qatnashchilarining foiz, norma, koeffitsiyent, chegirma va ustama diskont hamda dividend, renta va
baho yoki kurs shakllarida hisoblanadigan daromad va xarajatlarini hisoblash, shuningdek, tahlilini o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisi tushuniladi. Moliya statistikasi bank-kredit resurslarini, stavkalarini, lizing summalarini, investitsiyalaming loyihaviy va haqiqiy samaradorli-
gini, fond, sug‘urta, valuta bozoridagi manfaat, yo'qotish va bosh-
qalami o'rganadi. Moliya, kredit, sug‘urta, lizing, investitsiya hamda
boshqa organlaming buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotiga oid
ma’lumotlar moliyaviy bozomi statistik tahlil qilishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.Moliya stat.ning umumiy metodlari statistik kuzatish, guruhlash, jamlash, statistik jadvallar va
grafiklar, mutlaq, nisbiy o'rtacha miqdorlarni hisoblash metodlari, variatsiya metodi, dispersion va korrelatsion tahlil qilish, tanlab kuzatish, indeks va dinamik qatorlarni tahlil qilish va boshqa metodlardir.Hozirgi zamon moliya statistikasi 0 ‘zbekistonda vazirliklar va
qo‘mitalarga (Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq
qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar) tegishli boshqarma
bo‘limlari va davlat statistika organlari orqali tashkil qilingan.0 ‘zbekistonda hozirgi kunda bu tasnif-
ning asosiy bo'limlari sifatida quyidagi guruhlar ajratiladi:
1. Moliya statistikasining yig‘ma ko‘rsatkichlari:
— yig'ma moliyaviy balans ko‘rsatkichlari;
— to‘lov balans ko‘rsatkichlari;
— milliy hisoblar tizimining moliyaviy ko‘rsatkichlari;
— 0 ‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning taqqoslama
ko'rsatkichlari;
xalqaro moliya statistikasi ko‘rsatkichlari.